Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja


Download 249.89 Kb.
bet55/64
Sana04.05.2023
Hajmi249.89 Kb.
#1425270
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Nazorat uchun savollar:
1.Nafas a’zolarini anatomo-fiziologik xususiyatlarini aytin’.
2.Ko‘krak qafasining lat yeyishi, o‘mrov suyagi, qovurg‘alar sinishi, gemotoraks, pnevmotoraks, turlari, klinik belgilari, davosi, bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari qanday?
3.Kalla-miya shikastlari: bosh miyaning chayqalishi, lat yeyishi, bosilishi. Klinik belgilarini ayting.
4.Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tamoyillari qanday?.
5.Bemorlarni transportirovka qilish xususiyatlari. Davolash. Parvarish qilish xususiyatlarini ayting?

Tema: Qon-tomirlarning xirurgik kasalliklarida
hamshiralik ishi
Reja:
1.Yurak va qon-tomirlarning anatomo-fiziologik xususiyatlari.
2.Obliterasiyalovchi endoarterit, obliterasiyalovchi ateroskleroz va venalarning varikoz kengayishi. Kelib chiqish sabablari. Klinik belgilari, diagnostikasi. Davolash usullari.Asoratlari. Bemorlarniparvarish qilish.
3.Tromboz va emboliyalar haqida tushuncha.
4.Trofik o‘zgarishlar. Nekroz. Quruq va nam gangrena. Oqma yaralar.
Mazmuni:
Obliteratsiyalovchi endoarterit — arteriya tomirlarining asta-sekin bitishi bilan ohadigan kasallikdir. Oyoq tomirlari ko‘proq zararlanadi. Aksariyat yosh erkak kishilar kasallanadi. Oyoqlarning sovqotishi, nerv- asab travmasi, tamaki chekish, surunkali zaharlanish unga moyillik chaqiradigan omillardan hisoblanadi. Avvaliga tomirlar spazmi, keyin tomir devorida biriktiruvchi to‘qimaning o‘sib, qalin tortishi ko‘rinishi- dagi morfologik o‘zgarishlar ro‘y tjeradi. Obliteratsiyalovchi ateroskleroz yoshi ulg‘aygan kishilarda umumiy ateroskleroz zaminida vujudga keladi va oyoq tomirlarining biriktiruvchi to‘qimasining o‘sib, qalin tortishi va ularning aterosklerotik zararlanishi hisobiga morfologik o‘zgarishlari bilan xarakterlanadi.
Obliteratsiyalovchi endoarterit bilan obliteratsiyalovchi atero- sklerozning klinik manzarasi bir-biriga ko‘p jihatdan o‘xshaydi. Bemor avvaliga z&rarlangan oyoqning sovqotayotganidan, chumoli o‘rma- layotgandek sezgi paydo bo‘lganidan noliydi. So‘ngra bunga boldir mushaklarining og‘rig‘i qo‘shiladi. Dastlab bu og‘riqlar yurganda paydo bo‘ladi, to‘xtaganda esa yo‘qoladi, bu „galma-gal oqsoqlanish“ simp- tomi deyiladi.
Kasallikning ilk davri ko‘zdan kechirilganda terining rangsizlanganligi qayd qilinadi. Teri po‘st tashlaydi, tirnoqlar mo‘rt bo‘lib qoladi, oyoq paypaslanganda sovuq bo‘ladi, oyoq panjasi dorzal arteriyasi va katta boldirning orqa arteriyasida puls yo‘qoladi. Kasallikning rivojlangan davrida qo‘shimcha ravishda son arteriyasida pulsatsiya yo‘qligi qon almashinishi buzilishidan darak beradi. Keyinchalik oyoq panjasining bosh barmog‘ida kichkina yaracha paydo bo‘ladi, u kattalashadi va barmoq gangrenasiga, so‘ngra oyoq panjasi gangrenasiga aylanadi.
Davosi. Qon ta’minotini yaxshilashga qaratilgan. Bemorga ko‘p harakat qilmaslik tavsiya etiladi. Dorilardan spazmolitiklar va tomir kengaytiruvchi vositalar: diprofen, paxikarpin, padutin yoki angiotrofm, vitaminlardan Bp B6 va askorbin kislota buyuriladi. Buyrak atrofi to‘qimasiga novokainli blokada qilish va barokamerada davolash yaxshi samara beradi. Konservativ davo yetarlicha natija bermaganda davolashning operatsiya usullari tatbiq qilinadi. Tomirning chegaralan-gan joyida morfologik olzgarishlar yuz berganda tromb tomirning intim qavati bilan birga olib tashlanadi (intimtrombektomiya), transplantat yordamida aylanma anastamoz qo‘yiladi yoki tomirning shu qismi rezeksiya qilinib, tomir transplantatni ko‘chirib o‘tkazish yo‘li bilan qon ta’minoti tiklanadi.
Endoarterit bo‘lgan bemorlarni parvarishlash xususiyati
Bemorlarni psixologik tayyorlash-operatsiyani yaxshi o‘tishiga ishonch hosil qilish. Operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olishga qaratiladi — (jarohatdan qon ketish, jarohatni yiringlashi.) Bunday bemorlar avvalombor chekishni tashlashi lozim. Chekish tomirlar spazmini keltirib chiqaradi. Oyoqlarni issiq va toza tutmoq zarur. Poyabzali erkin, yumshoq va iliq bo‘lishi kerak. Salgina shikast va shilinish trofik yarani keltirib chiqaradi. Kuchli og‘riq bo‘lganda vrach ko‘rsatmasiga binoan analgetiklar qilinadi
Xirurgiya hamshirasi — bu xirurgik bemorlarni parvarishi bo‘yicha umumiy kursni tugatgan, o‘z mamlakatida amaliy parvarishni amalga oshirish uchun huquq va vakolatlari bo‘lgan mutaxassisdir.
Xirurgiya hamshirasining shifoxonada amalga oshiradigan aniq vazifalari quyidagilardan iborat
1.Sog‘liqni saqlash va ta’minlash: bemor yaxshi kayfiyatda davolanishi uchun muhit yaratish; bemor muolajasini xavfsiz, tez va aniq olishini ta’minlash; bemorga suhbatdosh bo'lish.
2.Bemor muolajasi va tekshiruvida shifokorga yordam berish: bemorning kasallik belgilarini ko‘zdan kechirish; monitorni (puls, bosim, harorat va h.k.) yozib borish; kuzatilayotgan apparatda to‘satdan paydo bo‘ladigan o‘zgarishlarni ko‘rishi bilan shifokorga yetkazish; apparatni tayyorlash, tekshiruvdan o‘tkazish va ishlatish; muolajalar, tekshiruvlar, operatsiya maqsadini bemorga tushuntirish; dori va shprislarni tayyorlash, qabul qilish, tasdiqlash va ishlatilishini tushuntirish; qayta ishlovda shifokorga yordam berish
3. Shu jumladan: bemor, uning oilasi va muolajani olib borayotgan jamoa o‘rtasida iliq munosabatlarni saqlashga intilish; mutaxassis sifatida professional darajasini oshirishga intilish; muolajani olib borayotgan personal bilan hamkorlik qilish, hamshiralik bolimi ahamiyatini bilgan holda xizmat vazifasini bajarish.
Hamshira quyidagi amaliy ko‘nikmalarni bajara olishi lozim bo‘ladi: qo‘l va operatsiya maydonini zararsizlantirish, sterillash, bemorni narkozdan so‘ng parvarishlash, infuziya va transfuziya, qon guruhi, Rh omilni va biologik moslikni aniqlash, bog‘lov usullari, qorin va plevra bo‘shlig‘ini punksiya qilish, yiringli bo'shliqlarni ochish, jaro- hatni drenajlash, qovuqni kateterlash, sistoskopiyaga steril asboblar tayyorlash.
Reabilitatsiya va dispanserizatsiyada faol qatnashish. Yallig‘lanishga qarshi dori-darmonlarni qo‘llash, fizioterapevtik davolash, ampu tatsiyadan keyingi cho’ltoqni, iliostoma, kolostoma, gastrostoma, epitsistostomani parvarish qilish.
Hamshira bilishi kerak bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarga — narkotik vositalar yuborish; ingalator qo‘llash; jgut qo‘yish; qon ketgan vaqtda uni to'xtatish; ko‘krak qafasini massaj qilish; kislorod berish; oshqozonni yuvish; tibbiyot hujjatlarini to‘ldirish; huqnaning turli usullarini qo‘llash, sun’iy nafas oldirish; analgetiklarni qo‘llash; aseptik bog‘lam qo‘yish; antigistomin preparatlarini qo‘llash; yurakni bilvosita massaj qilish; tiltutqichini qo‘llash; og'ir bemorlarni parvarishini to‘g‘ri tashkil qi-lish; shifokor tomonidan buyurilgan davolash va tekshirish muolajalarini to‘g‘ri va aniq bajarish; jarohatlanishni oldini olish hamda yotoq yaralarini to‘g‘ri parvarish qilish va h.k. kiradi.

Download 249.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling