Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja
Download 249.89 Kb.
|
lekciya uzbekcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pilorus stenozi.
Qonab turgan yara. Qator hollarda yara qon tomirini yemirishi mumkin, bu ko‘p qon ketishiga sabab bo‘ladi.
Klinikasi. Ko‘p qon ketganda bemor kofe quyqasi rangida ko‘p qusadi (kislotali me’da suyuqligi ta’sirida o‘zgargan qon), najas qatronsimon bo‘ladi (bu ham qon aralashib kelgani uchun), peristaltika kuchayadi (Gordon-Teyler simptomi). Bemorning ahvoli tezda yomonlashadi, dam-badam hushidan ketib turadi. Terisi oqaradi, tomiri tez-tez uradi, to‘liqligi sust bo‘ladi, arterial bosimi pasayadi. Birinchi yordam, transportirovka qilish, davolash. Bemor gorizontal vaziyatda yotqiziladi, qorniga sovuq muolajalar buyuriladi. Faqat yotqizilgan holatda transportirovka qilinadi. Davo konservativ tadbirlardan boshlanadi: tamomila tinch sharoit yaratiladi, qorniga muz xaltachalar qo‘yiladi, narkotiklar beriladi. Venaga 10% li kalsiy xlorid eritmasi va epsilon aminokapron kislota, muskul orasiga vikasol yuboriladi. Oz-ozdan tomchilab qon quyiladi. Konservativ davo natija bermaganda operatsiya qilinadi – me’dani rezeksiya qilib, qonaydigan yara sohasi olib tashlanadi. Pilorus stenozi. Pilorus stenozi yoki chandiqli torayishi me’daning pilorik qismida yoki o‘n ikki barmoqli ichakda yuz berishi mumkin. Shu sohada joylashgan yara bitgan taqdirda chandiqli bujmayish sodir bo‘ladi, natijada me’daning chiqish bo‘limi torayib qoladi. Klinikasi. Bemorlar ovqatdan so‘ng me’da sohasidagi og‘irlik va to‘lib ketish sezgisidan nolishadi. Ovqat yeyilgandan so‘ng bir necha soat o‘tgach, hazm bo‘lmagan ovqat qusib tashlanadi, bemor ozadi, suvsizlanadi. Tashxis rentgenologik yoki gastroskopik yo‘l bilan aniqlanadi. Davosi – me’da rezeksiya qilinadi. Me’da shirasining kislo- taligi pasayib holsizlangan va zaiflashgan bemorlarda istisno tariqasida gastroenteroanastomoz operatsiyasini qilish mumkin. Bu – me’da bilan ingichka ichakning boshlang‘ich qovuzlog‘i o‘rtasida anastomoz vujudga keltirishdan iborat. Download 249.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling