Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja


Download 249.89 Kb.
bet56/64
Sana04.05.2023
Hajmi249.89 Kb.
#1425270
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Venalarning varikoz kengayishi, asosan, oyoqlarda paydo bo‘ladi va odatda, katta teriosti venoz sistemasini zararlaydi. Kasallikning asosiy sabablari endokrin regulatsiyasi va tomirlar innervatsiyasi\buzilishlari, vena devori elastik va mushak elementlarining nobopligi (issiq sexlarda, kirxonalarda, novvoyxonalarda) moyillik tug‘diradigan omillardan hisoblanadi.
Bemorlarda varikoz kengaygan oyoqning tez charchashi, og‘irlik sezgisi bezovta qiladi. Tik turganda boldir va oyoq panjasi shishadi, shuningdek, boldirning orqa sohasida teriosti venalari egri-bugri tusda kengayib, ko‘kargan holda aniq-ravshan ko‘rinib turadi. Og‘ir turlarida teri yupqalashadi, po‘st tashlaydi, ekzema va tuzalmaydigan yaralar paydo bo‘ladi.
Davosi. Konservativ va operatsiya usullarida olib boriladi. Konservativ davo qilishda elastik bintlar taqish, elastik bintlar qo‘yish taklif etiladi.
Kichkina varikoz kengayishlarda venaga sklerozlaydigan moddalar yuboriladi. Vena sklerozlanadi va uning bo‘shlig‘i obliteratsiyalanib bitadi.
Katta varikoz kengaygan venalarga operatsiya yo‘li bilan davo qilinadi. Bunda kengaygan vena zond yordamida olinadi (Bebok operatsiyasi) ochiq usulda qirqiladi (Madelung operatsiyasi), katta teriosti venasi quyilish sohasidan bog‘lab qo‘yiladi (Troyanov-Trendelenburg operatsiyasi) va ichkariga kiradigan venalar guruhi boldir to‘pig‘i ustidan bog‘lanib kesiladi (Linton operatsiyasi).
Varikozi bolgan bemorlarni parvarishlash xususiyati
Bemorlarni psixologik tayyorlash. Natija yaxshi bo‘lish maqsadida davolovchi fizkulturadan foydalanishni tushuntirish. Operatsiyadan keyin nafas mashqlarini bajarish. 2—3 kundan keyin bemorlarga o‘tirish. yurishga ruxsat etiladi. Keyinchalik ikkala oyoqni boglash, elastik bintlardan foydalanish kerak. Choklar operatsiyadan keyin 7—8 kunida olinadi. Elastik bintdan 8—12 hafta mobaynida foydalaniladi. Kasalxona- dan keyin bemorga suzish, chang‘ida yurish tavsiya etiladi.
Flebit va tromboflebit Flebit deganda, venaning yalli,lanish jarayoni tushuniladi, jarayon venaning tashqi devoridan ham, ichki devoridan ham boshlanishi mumkin. Flebitga vena atrofidagi toqimalarning yallig‘lanishi, shuningdek, venaga ta’sirlantiradigan moddalar (gipertonik eritmalar, antibiotiklar va h.k.) yuborish sabab bo‘ladi. Venaning yallig‘lanish jarayonida qon iviydi (tromb), bu tromboflebitga olib keladi. Flebit va tromboflebit qaysi vena shikastlanganiga qarab yuza va chuqurbo‘lishi mumkin.
Yuza venalar yallig‘langanda ularning ustidagi teri qizaradi, yum- shoq to‘qimalar infiltratsiyaga uchraydi, mahalliy og‘riq reaksiyasi ko‘- riladi, Tromboflebitda tomirning ayrim qismlari zichlashgan bo‘ladi. Chuqtir venalar shikastlanganda bemorning oyog‘i shishadi. Mahalliy klinik alomatlar bilan birga haroratning yuqoriligi, et uvishishi qayd qilinadi.
Davosi. Bemor o‘rinda qimirlamasdan yotishi va shifokor nazoratida bo‘lishi zarur. Bunda oyoqlar baland qilib qo‘yiladi. Antibiotik, antikoagulantlardan geparin, neodikumarin, pelentan va boshqalar buyurib, har kuni protrombin indeksi, albatta, nazorat qilib turiladi. Oyoqqa Vishnevskiy malhami surtilgan kompress yoki geparin malhami surtilgan bog‘lam qo‘yiladi.
Kasallikning o‘tkir davrida massaj qilish yaramaydi, chunki tromb uzilib o‘pka tomirlariga tiqilib qolishi mumkin.

Download 249.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling