Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja


Download 249.89 Kb.
bet57/64
Sana04.05.2023
Hajmi249.89 Kb.
#1425270
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Tromboz va emboliya Qonning ivish sistemasi buzilganda yoki tomir devori shikastlanganda qonda uning qator tarkibiy qismlari, fibrin va eritrotsitlar cho‘kadi, ular o‘zaro yopishib, tomir yo‘lini bekitib qo‘yadigan kompakt massa hosil qiladi. Bu massa tromb, tomirning tiqilib qolishi esa tromboz deb ataladi. Odatda, tromb hosil boiishi asta-sekin ro‘y beradi, bu yangidan kengaygan, kollaterallar degan nom olgan mayda tomirlar orqali aylanma qon aylanish paydo boiishi uchun sharoitlarni vujudga keltiradi.
Trombning bir qismi asosiy massadan uzilib chiqib, embolga aylanadi. Keyinchalik embol tomir bo‘shlig‘ini qon oqimi orqali bekitib qo‘yishi tufayli emboliyani keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, emboliyani yog‘ bo‘lakchalari, havo pufakchalari, jarohatda yoki infek- siyalarda tomir bo‘shlig‘iga tushgan mikrob to‘plamlari ham keltirib chiqarishi mumkin. Emboliyada qon aylanishi to‘satdan buziladi, kollaterallar rivojlanishga ulgura olmaydi, natijada to‘qimalar yoki a’zoning tegishli qismi tez orada nekrozga uchraydi. Bosh miya, yurak va o‘pka tomirlarining emboliyalari, ayniqsa, xavfli bo‘lib, kishining to‘satdan o‘lib qolishiga sabab bodishi mumkin.
Kasallikning klinik belgisi tromb hosil bo‘lishi tezligiga, tomirning katta-kichikligi va kollaterallar miqdoriga bog‘liq. Venalar trombozida qon aylanishining buzilishi, qon dimlanishi hodisalari (zararlangan vena sohasida sianoz, shish, og‘riq) bilan ta’riflanadi. Arteriyalar trombozida qon tomir yo‘li batamom bekilib, qon aylanishining buzilishi asta- sekin ro‘y beradi va keyinchalik gangrenaga olib kelishi mumkin. Arteriyalar emboliyasida to‘satdan keskin og‘riq turadi, oyoqlar sovqotadi, tomir urmay qoladi va gangrena paydo bo‘ladi. Bosh miya, o‘pka, yurak emboliyasida ularning funksiyasi to‘satdan to‘xtab qoladi. Emboliya qisman yuz berganda a'zolarning ishi batamom to‘xtamaydi va davo to‘g‘ri olib borilsa, bemor hayotini saqlab qolish mumkin. \
Davosi. Konservativ tadbirlar tomir spazmini yo‘qotishga qaratilgan papaverin, novokain va antikoagulantlardan geparin, palentan, nekodi- kumarin, fibrinolizin va boshqalarni yuborishga qaratilgan. Oyoq tomirlari trombozida oyoqni baland ko‘tarib, mutlaq tinch holatda qo‘yiladi. Yirik arterial tomirlar emboliyasida zudlik bilan embolektomiya ope- ratsiyasi o‘tkaziladi.Nekroz ichki va tashqi omillar ta’sirida to‘qimalarda qon ta’minoti va oziqlanishning buzilishi natijasida hosil bo‘ladi.
Nekrozga sabab boiadigan tashqi omillarga:
-to‘qima (mushaklar, nervlar, tomirlarjni chuqur shikastlantiruvchi o‘tkir jarohatlar;
t-o‘qimalarning jgut yoki gipsli bogiam ostida uzoq vaqt bosilib yotishi;
-ichaklarning churra darvozasida ezilishi;
-termik va kimyoviy omillarning ta’siri (sovuq urishi, kuyish) kiradi. Ichki omillarga: qon tomiri emboli, trombi, tomirlarni obliteratsiyalovchi endarteriit yoki aterosklerozdan torayib bekilib qolishi, mikroblarning zaharlari (gazli gangrena) ta’sirida kelib chiqadigan yaralar.
Gangrenaning quruq va ho‘l turlari farq qilinadi.

Download 249.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling