Temir-beton karkasli bino va inshootlar haqida umumiy ma’lumotlar Reja


-rasm. Silindr shaklidagi sig’imlarning devor panellari


Download 88.92 Kb.
bet10/10
Sana02.06.2024
Hajmi88.92 Kb.
#1837437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Temir-beton karkasli bino va inshootlar haqida umumiy ma’lumotlar

2.4-rasm. Silindr shaklidagi sig’imlarning devor panellari:
a – umumiy ko’rinishi; b – armaturalash sxemasi;
1 – tutashtiruvchi armaturalar; 2 – metall to’rlar; 3 – qo’shimcha vertikal armaturalar.

Silindr shaklidagi yig’ma temir-beton sig’imning devor panellari montaj qilib bo’linganidan so’ng, ularning ichki sirti sement qorishmasi bilan suvoq qilinadi va devorning tashqi perimetri bo’yicha montaj qilingan devor panellarini siqib turish uchun oldindan zo’riqtirilgan xalqasimon armaturalar o’rnatiladi. Oldindan zo’riqtiriladigan armaturalar Bp-II sinfdagi yuqori mustahkamlikdagi po’lat simlardan qabul qilinsa, ular orasidagi minimal masofa 10 mm dan kichik bo’lmasligi kerak. Ular maxsus mashinalarda cho’zib oldindan zo’riqtiriladi. Agar oldindan zo’riqtiriladigan armaturalar A – IV yoki A – V sinfdagi armatura sterjenlaridan qabul qilinsa, ular orasidagi masofalar 200-250 mm bo’lishi kerak. Bunday armatura sterjenlari odatda elektrotermik usulda oldindan zo’riqtiriladi. Bunda xalqasimon sterjenlar uzunligi bo’yicha bir nechta elementlarga ajratiladi va har bir sterjen uchlariga maxsus “korotishlar” payvandlanadi. Ularning biri rezbali, ikkinchisi esa ankerli tirgakka payvandlangan silliq sirtli bo’ladi va ushbu joylarda alohida armatura elementlari o’zaro bir-biri bilan tutashtiriladi (2.5-rasm).



2.5-rasm. Elektrotermik usulda zo’riqtiriladigan armatura sterjenlarining detallari:
a – silindr shaklidagi sig’im devorlarida zo’riqtiriladigan armaturalarning joylashuvi; b – armatura elementi; v – ankerli tirgak konstruksiyasi;
1 – sig’im devori; 2 – armatura sterjeni; 3 – ankerli tirgak; 4 – katta diametrli korotish; 5 – rezbali korotish; 6 – tortqi bolt; 7 – tirgak plastinka.


Gorizontal armatura sterjenlari elektrotermik usul bilan qizdirilganida ular biroz uzayadi va ushbu holatda gayka yordamida tirgakda ushlab turiladi. Qizdirilgan sterjenlar asta-sekin sovishi natijasida ularning uzunligi kichrayib, sig’im devorlarini siqa boshlaydi, natijada xalqasimon armaturalarda cho’zuvchi zo’riqishlar hosil bo’ladi. Bu esa sig’im devorlarida darzlarning hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. Shundan so’ng armaturalangan sig’im devorlarining tashqi sirti bir necha bor torkret-beton bilan qoplanadi. Ushbu qoplama zo’riqtirilgan armaturalar uchun himoya qatlami vazifasini bajaradi va uning qalinligi 25 mm dan kichik bo’lmasligi kerak.
Download 88.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling