Temir-beton karkasli bino va inshootlar haqida umumiy ma’lumotlar Reja


Download 88.92 Kb.
bet1/10
Sana02.06.2024
Hajmi88.92 Kb.
#1837437
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Temir-beton karkasli bino va inshootlar haqida umumiy ma’lumotlar


Temir-beton karkasli bino va inshootlar haqida umumiy ma’lumotlar
Reja

  1. Temir-beton karkasli bino va inshootlar haqida imumiy ma’lumotlar

  2. Karkasli bino va inshootlarning qovurg’ali konstruksiyalari?

  3. Temir beton sig’imlar va ularning hisobi?

Asosiy yuk ko’taruvchi konstruksiyalari temir-beton ramalardan iborat bo’lgan bino va inshootlar temir-beton karkasli bino va inshootlar deyiladi.


Ramalar o’z tuzilishiga ko’ra o’zaro bog’langan vertikal va gorizontal elementlardan tashkil topadi. Demak, temir-beton ramalar o’zaro bog’langan vertikal ustunlar va gorizontal to’sinlar (rigellar) majmuasidan iborat ekan.
Bunday bino va inshootlarda barcha asosiy yuklarni karkaslar qabul qiladi. Shu sababli karkasli binolarda bino devorlari o’z-o’zini ko’taruvchi konstruksiya elementlari hisoblanadi.
Suv xo’jaligi qurilishida akveduklar, konsolli suv tashlagichlar, o’tish ko’priklari, nasos stansiyasi binolari va boshqa shunga o’xshash inshootlar karkasli sxema asosida quriladi. Bundan tashqari ko’pincha suv saqlaydigan temir-beton sig’imlar va bosimli suv minoralari xam karkasli qilib quriladi.
Ҳar qanday karkasli bino va inshootlar etarli darajada fazoviy bikrlikka ega bo’lishi kerak. Ya’ni, ular turli xildagi yuklar ta’sirida gorizontal yo’nalish bo’yicha konstruksiyaning deformasiyalanishiga qarshilik ko’rsata olishi kerak.
Inshootlar o’ziga ta’sir etadigan gorizontal yuklarni qanday tarzda qabul qilishiga qarab karkasli bino va inshootlar ramali yoki rama-bog’lamli tizimda bo’lishi mumkin.
Ramali tizimdagi inshootlarda gorizontal yuklarni asosan ramalar va ularni birlashtiruvchi qovurg’ali konstruksiyalar qabul qiladi. Odatda ular temir-beton plitalar va to’sinlardan tashkil topadi.
Ramali tizim asosan akveduklarda, konsolli suv tashlagichlarda, ko’priklarda, o’tish yo’laklarida va suv saqlash sig’imlarida keng qo’llaniladi.
Rama-bog’lamli tizim esa ko’pincha ko’prikli kranlar o’rnatilgan nasos stansiyalarining va GESlarning karkasli binolarini qurishda keng qo’llaniladi. Bunda ko’prikli kranlarning ish jarayonida hosil bo’ladigan gorizontal yuklarni asosan yopmalar va vertikal bog’lamlarni o’zaro birikishidan hosil etilgan yagona fazoviy tizim ramalari qabul qiladi.
Кarkasli bino va inshootlarga ta’sir etuvchi vertikal va gorizontal yuklarni asosan ramalar qabul qiladi. Aksariyat hollarda tashqi yuklar temir-beton plitalar va to’sinlardan tashkil topgan qovurg’ali konstruksiyalar orqali ramalarga uzatiladi. Binolar va suv saqlash sig’imlarida – yopmalar, akveduk va konsolli suv tashlagichlarda – novlar, ko’priklar va o’tish yo’laklarida esa – oraliq qurilmalari yuk uzatuvchi elementlar hisoblanadi.
Bino va inshootlarning temir-beton karkaslari ko’pincha statik noaniq tizim deb hisoblanadi. Shuning uchun ham haroratning o’zgarishidan, betonning kirishishidan va poydevorlarning notekis cho’kishidan ularda qo’shimcha zo’riqishlar yuzaga keladi.
Odatda ushbu zo’riqishlarni kamaytirish uchun temir-beton inshootlar uzunligi va kengligi bo’yicha harorat – kirishish va cho’kish choklari bilan alohida qismlarga, ya’ni alohida deformasiyalanish bloklariga ajratib qo’yiladi. Bunda harorat – kirishish choklari orasidagi masofalar ochiq yig’ma va bir butun quyma (monolit) inshootlarda manfiy harorat -400S dan yuqori bo’lgan hollarda mos ravishda 40 va 30 m dan katta bo’lmasligi kerak.
Yig’ma va bir butun quyma tarzda quriladigan bir qavatli isitiladigan temir-beton karkasli nasos stansiyasi binolari uchun harorat – kirishish choklari orasidagi masofalar mos ravishda 72 va 60 m gacha qabul qilinadi. Ҳarorat – kirishish choklari odatda bino va inshootlarning er ustki qismlarini poydevorigacha bir-biridan ajratib turadi.
Qurilishning industriyalashtirishni asosiy yo’nalishlaridan biri konstruktiv elementlarni turkumlashtirish va konstruksiyalarning asosiy o’lchamlarini hamda bino va inshootlarning konstruktiv sxemalarini unifikasiyalashdan iboratdir.
Turkumlashtirish deganda, yalpi qurilishda keng qo’llaniladigan qurilish amaliyotida tekshirilgan va eng samarali deb topilgan konstruksiya turlarini tanlashga aytiladi.
Unifikasiyalash deganda esa bino va inshootlarning hajmiy-rejalash ko’rsatkichlarini hamda konstruksiya o’lchamlarini va sonini ma’lum darajada cheklashga, ya’ni ularni umumlashtirishga aytiladi.
Ҳajmiy – rejalashning asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat: L – oraliq masofa, B – kolonnalar qadami va H – balandlik. Кonstruksiya elementlarining o’lchamlari yagona modul sistemasi (EMS) bo’yicha belgilanadi. Bunda bino va inshootlarning hajmiy – rejalashtirish va konstruktiv elementlarining o’lchamlarini asosiy modul M=100 mm asosida koordinasiyalash qoidalari tushuniladi. Demak, konstruksiya o’lchamlari asosiy modul yoki hosilalariga karrali qilib belgilanadi. Qurilish amaliyotida konstruksiya o’lchamlarini modul asosida qabul qilinishi bino va inshootlarning namunaviy (tipovoy) konstruktiv echimlarini ishlab chiqishga keng imkon beradi.



Download 88.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling