Temir-beton karkasli bino va inshootlar haqida umumiy ma’lumotlar Reja


-rasm. Silindr shaklidagi yig’ma temir-beton sig’imning detallari


Download 88.92 Kb.
bet9/10
Sana02.06.2024
Hajmi88.92 Kb.
#1837437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Temir-beton karkasli bino va inshootlar haqida umumiy ma’lumotlar

2.3-rasm. Silindr shaklidagi yig’ma temir-beton sig’imning detallari:
a – devor konstrksiyasi; b – sig’im devorining uning tubi bilan bikr qilib tutashtirish sxemasi; v – sig’im devorining uning tubi bilan qo’zg’aluvchan qilib tutashtirish sxemasi;
1 – “torkret-betondan” himoya qatlami; 2 – zo’riqtirilgan xalqasimon armatura; 3 – devor panellari; 4 – sig’im tubi; 5 – mayda donachali beton; 6 – tekislovchi qorishma qatlami; 7 – bitum mastika; 8 – asbest sementli qorishma.

Yig’ma temir-beton sig’imlarda devor panellarining nominal kengligi odatda 3,14 yoki 1,57 m qabul qilinadi (2.4, a-rasm). Chunki bunda inshootni qurish uchun uning perimetri bo’ylab joylashtiriladigan devor panellarining soni butun chiqadi. Ya’ni, panellar soni D yoki 2 D ga teng bo’ladi. (Bu erda D – sig’im diametri). Devor panellarining konstruktiv kengligi esa ularning nominal o’lchamlaridan 140 mm ga kichik qabul qilinadi, ya’ni, mos ravishda 3 va 1,43 m bo’ladi. Devor panellari orasidagi kengligi 140 mm bo’lgan tirqishlar montaj vaqtida mustahkamligi devor panellarini tayyorlash uchun qo’llaniladigan beton mustahkamligidan kichik bo’lmagan beton qorishmasi bilan to’ldirib chiqiladi. Silindr shaklidagi sig’imlarda devor panellarining qalinligi 120....200 mm oralig’ida 20 mm ga karrali qilib qabul qilinadi. Silindr shaklidagi temir-beton sig’imlarning radiusi bo’lsa, devor panellari ko’ndalang kesimining tashqi konturi yoy, ichki konturi esa to’g’ri chiziq ko’rinishida bo’ladi. Agar sig’im radiusi bo’lsa, devor panellari ko’ndalang kesimining tashqi va ichki konturlari asosan yoy shaklida qabul qilinadi. (2.4, a-rasm).


Sig’imlarda oldindan zo’riqtirilgan gorizontal ishchi armaturalar devorlarning tashqi sirti bo’yicha joylashtiriladi. Devor panellari esa o’z navbatida ikki tomonlama metall to’rlar bilan armaturalanadi. (2.4, b-rasm). Sterjenlarning ko’ndalang kesimlari va ular orasidagi masofalar konstruktiv mulohazalar asosida belgilanadi. Devor panellarining chetlaridan chiqib turgan armaturalar, ularni montaj qilish vaqtida o’zaro payvandlab biriktiriladi. Bu esa devor panellarini loyihadagi vaziyatini egallashga va oldindan zo’riqtirilgan gorizontal ishchi armaturalarni o’rnatgunga qadar harorat-kirishish yoriqlarining hosil bo’lishini oldini oladi.
Yig’ma devor panellaridagi vertikal armaturalar ularning mustahkamligini ta’mirlash hamda tayyorlash, tashish va montaj qilish vaqtidagi darzbardoshlik shartlari bo’yicha qabul qilinadi. Devor panellarining quyi qismlariga qo’shimcha ravishda vertikal sterjenlar qo’yiladi. Ushbu sterjenlar vertikal yo’nalishdagi eguvchi momentlarni qabul qilish uchun xizmat qiladi.
Silindr shaklidagi temir-beton sig’imlarda yig’ma devor panellari inshoot tubi bilan bikr (2.3, b-rasm) yoki qo’zg’aluvchan (2.3, v-rasm) qilib biriktirilishi mumkin. Agar devor panellari inshoot tubi bilan bikr qilib biriktirilsa hech qanday siljishlarga yo’l qo’yilmaydi. Shuning uchun ham inshoot tubi va devor panellari orasidagi tirqishlar mayda donachali mustahkam beton qorishmalari bilan zichlab to’ldiriladi. Agar devor panellari va inshoot tubi o’zaro qo’zg’aluvchan qilib biriktirilsa, biriktirilayotgan elementlar orasidagi tirqishlar bitum mastikasi bilan to’ldiriladi. Devor panellari inshoot tubi bilan bikr qilib biriktirilsa, elementlarni o’zaro biriktirish tirqishlarining chuqurligi hisoblash yo’li bilan aniqlanadi, lekin biriktirish tirqishlarining chuqurligi devor panellari qalinligidan kamida 1,5 marta katta bo’lishi kerak.


Download 88.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling