Temir-beton karkasli bino va inshootlar haqida umumiy ma’lumotlar Reja


TEMIR-BETON SIG’IMLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR


Download 88.92 Kb.
bet6/10
Sana02.06.2024
Hajmi88.92 Kb.
#1837437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Temir-beton karkasli bino va inshootlar haqida umumiy ma’lumotlar

TEMIR-BETON SIG’IMLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR

Temir-beton sig’imlar (rezervuar) turli xildagi suyuqliklarni (ichimlik suvi, oqava suvlari, yoqilg’i – moylash mahsulotlari, eritmalar va h.k.) saqlashga mo’ljallangan inshootlar bo’lib, qishloq va suv xo’jaligi hamda sanoat qurilishida keng qo’llaniladi. Mazkur o’quv qo’llanmada faqat qishloq va yaylov suv ta’minoti tizimlarida keng qo’llaniladigan suv saqlashga mo’ljallangan temir-beton sig’imlar haqida asosiy ma’lumotlar keltiriladi.


Suv ta’minoti inshootlari sifatida aksariyat hollarda rejadagi ko’rinishlari aylana va to’g’ri to’rtburchak bo’lgan silindr va prizma shaklidagi temir-beton sig’imlardan keng foydalaniladi. Suv saqlash sig’imlarining o’ziga xos jihatlari shundan iboratki, ularda saqlanayotgan suv qishin-yozin musbat haroratda bo’lishi kerak. Demak, suv saqlash sig’imlarini qish oylarida isitish talab etiladi. Shu bois ham suv saqlash sig’imlari tabiiy yoki sun’iy usullarda isitilishi mumkin. Sun’iy usullarda (elektr tent yoki boshqa isitish uchkunalari yordamida) isitish iqtisodiy jihatdan ancha serharajat usul hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu usuldan qurilish amaliyotida deyarli foydalanilmaydi. Foydalanilsa ham faqat ayrim shimoliy rayonlarda qahraton qish oylaridagina foydalaniladi.
Aksariyat temir-beton sig’imlarni isitish uchun eng arzon tabiiy isitgichlar vazifasini gruntlar o’taydi. Demak, quriladigan temir-beton sig’imlarni tabiiy usulda isitish uchun ular ma’lum bir qalinlikda gruntlar bilan ko’milgan bo’lishi kerak. Temir-beton sig’imlarni grunt bilan ko’mishda, ularni qalinligi qurilishni qaysi hududda barpo etilishiga qarab 0,6...1,0 m atrofida qabul qilinadi. Bundan kelib chiqqan holda aksariyat temir-beton sig’imlar er sathidan ma’lum bir masofada pastga joylashtirilishi kerak. Ba’zi hollarda tuproq ishlarining hajmini va sarf harajatlarini kamaytirish maqsadida ular er satxidan shunday chuqurlikda joylashtiriladiki, bunda sig’imlar quriladigan xandaklardan kavlab chiqariladigan gruntlarning hajmi temir-beton sig’imlarni to’liq ko’mish uchun etarli bo’lishi kerak.
Temir-beton sig’imlar o’z konstruksiyasiga ko’ra bir butun quyma, yig’ma va yig’ma-quyma tarzda qurilishi mumkin. Ular asosan muzlashga bardoshliligi F100...F200 markali, suv o’tkazmasligi bo’yicha markasi W4...W8 va mustahkamligi esa B15...B35 sinfdagi og’ir betonlardan tayyorlanadi. Betonlarning mustahkamlik sinflari va markalari temir-beton sig’imlarga ta’sir etadigan atrof-muhit ta’sirlarini va ulardan foydalanish jarayonidagi texnologik talablarni e’tiborga olgan holda belgilanadi.
Temir-beton sig’imlarni qurish uchun beton tanlashda, inshoot quriladigan hududdagi er osti suvlarining satxi, ularning sho’rlanganlik darajasini aniqlash bilan bir qatorda qurilish maydonchasidagi gruntlarning ham kimyoviy tarkibi va sho’rlanganlik darajalari aniqlangan bo’lishi kerak. Shu bois ham bundan kelib chiqqan holda betonlarning korroziyasiga qarshi kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Ichimlik suvi saqlanadigan temir-beton sig’imlarni loyihalashda suv sifatini buzilmasligini ta’minlash, inshootning xizmat muddatini oshirish va uning ishonchliligini kafolatlash maqsadida qo’llaniladigan betonlar asosan zich strukturali bo’lishi kerak. Bunga asosan betonlar tarkibini eng ilg’or usullar yordamida to’g’ri loyihalash va yuqori samarali plastifikasiyalovchi qo’shimchalar (masalan, modifikasiyalangan lignosulfonatlar “L-2” yoki superplastifikasiyalovchi boshqa qo’shimchalar) yordamida tayyorlangan betonlarni qo’llash yo’li bilan erishiladi.



Download 88.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling