Temir-beton karkasli bino va inshootlar haqida umumiy ma’lumotlar Reja


Silindr shaklidagi sig’imlarning konstruktiv echimlari


Download 88.92 Kb.
bet7/10
Sana02.06.2024
Hajmi88.92 Kb.
#1837437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Temir-beton karkasli bino va inshootlar haqida umumiy ma’lumotlar

2.2. Silindr shaklidagi sig’imlarning konstruktiv echimlari
Suv saqlash sig’imlarining hajmi suv ta’minoti tizimidagi iste’molchilarning turi va hajmiga bog’liq holda texnologik hisoblashlar yo’li bilan aniqlanadi. Sig’imlarning shakli va gabarit o’lchamlari esa amaldagi mavjud konstruktiv echimlarni texnik-iqtisodiy jihatdan tahlil etgan holda aniqlanadi.
O’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, suv saqlash sig’imi 2...3 ming m³ gacha bo’lgan temir-beton sig’imlarni silindr shaklida va suv saqlash sig’imi 5...6 ming m³ dan katta bo’lgan temir-beton sig’imlarni esa prizma shaklida qurish katta iqtisodiy samara keltirar ekan. Ҳozirgi zamon qurilish amaliyotida har tomonlama texnik-iqtisodiy jihatdan asoslangan va o’lchamlari unifikasiyalangan suv saqlash sig’imlarining asosiy loyiha variantlari ishlab chiqilgan. Bunday loyihalarda ularning suv saqlash sig’imlari va balandliklari eng maqbul tarzlarda unifikasiyalangan bo’ladi. (2.1-jad.)
2.1.-jadval
Silindr shaklidagi suv saqlash sig’imlarining unifikasiyalangan o’lchamlari

Кo’rsatkichlar

Suv saqlash sig’imi, m³

100

150

250

500

1000

2000

3000

6000

Diametri, m

6,5

8

10

12

18

24

30

42

Balandiligi, m

3,6

3,6

3,6

4,8

4,8

4,8

4,8

4,8

Silindr shaklidagi suv saqlash sig’imlari asosan bir butun quyma va yig’ma temir-betondan yasaladi. Sig’imi unchalar katta bo’lmagan va soni cheklangan holda quriladigan sig’imlarni bir butun quyma tarzda qurish iqtisodiy jihatdan ancha maqsadga muvofiq bo’ladi. Yalpisiga katta masshtabda quriladigan suv saqlash sig’imlarini esa yig’ma temir-betondan qurish eng maqbul variant hisoblanib, katta iqtisodiy samara keltirishi mumkin.


Bir butun quyma temir-beton sig’imlar o’z konstruksiyasiga ko’ra quyidagi asosiy konstruktiv elementlardan tashkil topadi: yassi to’sinsiz ustyopmadan, kolonnalardan, silindr shaklidagi silliq devordan va inshoot tubidan (1.1-rasm).
Sig’imi nisbatan kichik bo’lgan silind shaklidagi sig’imlarning darzbardoshligi asosan inshoot elementlarini oldindan zo’riqtirmasdan ta’minlanadi. Sig’imi 500 m³ dan katta bo’lgan temir-beton sig’imlarda esa elemantlar albatta oldindan zo’riqtirilib, ularda sun’iy ravishda zo’riqishlar hosil etilishi kerak. Bunday hollarda beton siqilgan, armaturalar esa cho’zilgan holatda bo’ladi. To’sinsiz ustyopmalar o’zining konstruktiv balandligini kichikligi va ostki qismining silliqligi bilan alohida ajralib turadi. Bu esa sig’imda saqlanayotgan suyuqlik ustidan havoni vaqti-vaqti bilan shamollatib turish imkonini beradi. Odatda bunday temir-beton sig’imlar zaminga juda katta chuqurliklarda ko’milmaydi.


Download 88.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling