2-BOB.AMALIY QISM.
2.1.Yuk tashish bo`yicha ko`rsatilgan xizmatdan MTU daromadi bashoratini ishlab chiqish.
Yuk tashish bo`yicha ko`rsatilgan xizmatlar bo`yicha MTU daromadlari (D) o`z ichiga “O`TY” AJ buyurtmasi bo`yicha tashishdan daromad (Dz), qo`shimcha yig`imlardan daromad (Dsb) va boshqa daromadlarni (Ddr) oladi:
D=Dz+Dsb+Ddr,mln.so`m
D=2462+1358+137=3957 mln.so`m
“O`TY” AJ buyurtmasi bo`yicha tashishdan daromadni bashoratlash (Dz), ishlab chiqarish xarajati bashorati (R) bilan tashish bo`yicha yalpi foydaning umumiy summa yig`indisiga (VP) teng:
Dz=R+Vp, mln.so`m
Dz=1434+1028=2462mln.so`m
Kvartal uchun ishlab chiqarish xarajatlari bashorati o`z ichiga MTU tashish bo`linmalarining kirgan hamma yuk tashish bo`yicha barcha xarajatlarni o`z ichiga oladi.
MTU bo`yicha ishlab chiqarish xarajatlari bashorati “Yuk va yo`lovchi tashish uchun xarajatlar taqsimoti” ma`lumotlari asosida amalga oshiriladi. Bu MTU da rejalashtirilgan kvartal uchun tuziladi.
Rejali kalkulyatsiyadan ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi holatlarda ishlatiladi.
MTU-10 eksplatatsiya tonna-km yuk tashishning rejali ishlab chiqarish tannarxi uchun aniqlanadi, bu esa o`z navbatida chetga chiqarish uchun ish va xizmat bo`yicha kelishilgan ta`riflarni shakllantirish uchun zarur.
Moliya buxgalteriya hisobini boshqarish, tashilgan yuk hajmini MTU moliyalashning umumiy summasini aniqlash uchun hisob ta`rifini shakllantirish zarur.
Kurs ishida MTU xarajatlarini bashoratlash, shu jumladan, ishlab chiqarish va davr xarajatlari berilgan.
2.1.1.“O`TY” AJ buyurtmasi bo`yicha tashishdan umumiy daromadi bashoratini ishlab chiqish.
Yuk tashish bo`yicha qo`shimcha yig`imlardan olingan daromad,hamda kelishilgan ish (xizmat) turiga qarab bashoratlanadi.Lekin bashoratlash bir xil.Bashorat bo`yicha daromad bu- ish (xizmat) uchun ta`rif bo`yicha bajarilgan ish (xizmat) hajmi bo`yicha ajratiladi.Qo`shimcha ish (xizmat) ga ta`rif bir birlik ish (xizmat) ni rentabellik koeffisiyenti ko`paytmasi orqali aniqlanadi.Rentabellik koeffisiyenti temir yo`l bo`yicha umumiy hisoblanib, MTU bo`yicha bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |