Temir yo‘l transporti moliyasi fanidan kurs ishi hisoboti


Temir yo’l transporti kompaniyasi xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy istiqbol rejasini ishlab chiqishning maqsadi va vazifalari


Download 139.97 Kb.
bet5/12
Sana18.06.2023
Hajmi139.97 Kb.
#1590070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
bxt3

1.4. Temir yo’l transporti kompaniyasi xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy istiqbol rejasini ishlab chiqishning maqsadi va vazifalari

Moliyaviy rejalashtirish vazifalari Moliya sohasida ham rejalashtirish deganda maqsadlarni shakllantirish, ustuvor yoʼnalishlarni aniqlash, ularga erishish metodlari va vositalarini shakllantirish jarayoni tushuniladi. Bozor iqtisodiyotiga oʼtish sharoitida shakllantirish axbo rot, yoʼnaltiruvchilik xususiyatlarini oʼzida jam laydi, bu indikativ shakllantirish deb ataladi.


Moliyaviy shakllantirishda asosiy faoliyatning ishlab chikarish dasturlarini, asosiy vositalarni qayta shakllantirish, byudjet, bank, pudratchi oldidagi majburiyatlarni bajarish, ijtimoiy sohani rivojlantirish bajarish uchun Va tashkil moliyaviy taʼminlash nazarda tutiladi. etish resurslar ishlarini bilan
Moliyaviy reja-prognozining asosiy vazifasi kutilayotgan tushumlar bilan pul malagʼlariga boʼlgan talabni balanslashtirish. Shuning uchun moliyaviy rejalashtirish jarayonida pul mablagʼlari tushumlarini oshirish imkoniyatlari oʼrganib chiqiladi, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish boʼyicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Qabul qilinadigan boshqaruv qarori ishonchli va yetarli darajada toʼliq boʼlgan moliyaviy maʼlumotlar tahliliga asoslanadi.
Temir yo’l kompaniyasi va uning korxonalarining moliyaviy reja- prognozi daromadlar va xarajatlar balansi shaklida tuziladi. U to’rtga bo’limdan iborat buladi.
1-bo’lim.
Daromadlar va mablaglarning tushishi - korxonaning barcha mablaglarini ko’rsatadi, unga maxsulot realizatsiyasi, qo’shimcha mablaglar jalb etish bo’yicha choralar qo’llash natijasida olingan barcha daromadlar kiradi. Rejalashtirilgan ishlab chiqarish faoliyatidan kutilayot gan natijalar quyidagicha tayevirlanadi: foyda (daromad) soligi to'lanmagan foyda, qimmat va boshqa korxonalardagi ulush uchun dividentlar (foizlar), amortizatsiya ajratmalari, arenda to’lovi, boshqa pul tushumlari.
2-bo’lim.
Xarajatlar va mablag’lardan ajratmalar o’z ichiga ishlab chiqarishni kengaytirish uchun xarajatlarni, DATK boshqaruvi prognozlarini, boshqa xarajatlarni oluvchi xarajatlar va ajratmalarni ko’rsatadi.
3-bo’lim.
Korxonananing bank bilan kreditlash bo’yicha o’zaro munosabatlari aloxida olingan kreditlarni va ularni to’plashni ko’rsatadi.
4-bo’lim.
Korxonaning byudjet va byudjetdan tashkari davlat fondlari bilan o’zaro munosabatlari. Ushbu bo’limning daromadlar qismida olingan assignovaniya fondlari, xarajatlar qismida esa byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga soliq, to’lovlari aks ettiriladi.
Moliyaviy reja shunday tuzilishi kerakki, o’z daromadlari va yuqori turuvchi organdan bo’ladigan prognoz qilinayotgan tushumlar evaziga barcha prognoz qilinayotgan xarajatlar, to’lovlar va prognoslar o’rnatilgan miqdorda koplanishi taʼminlanishi lozim. Moliyaviy reja ning to’griligi prognoz qilingan xarajatlar, to’lovlar va prognoslar summasini korxonaning pul mablaglari tushumlari bilan taqqoslash orqali tekshirib ko’riladi.
DATK moliyaviy rejasiga quyidagilar ilova qilinadi:
-asosiy faoliyatdan olingan daromad (sof foyda);
-amortizatsiya ajratmalari;
-foydalar;
-soliklar va tulovlar.
Korxona ixtiyorida qolgan foydaning ishlatilishi, yo’nalishlari va kapital ko’yishmalarni moliyalashtirish manbalari ko’rsatiladi.
DATK xujalik yurituvchi subyektlarining moliyaviy reja-prognozini ishlab chiqish tartibi
Korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati o’rtasidagi moslikni taʼminlash, uning rivojlanishining proporsionalli gini tekshirishning metodlaridan biri sanaladi.
Moliyaviy rejani ishlab chiqishda balansi metodidan foydala niladi. Ushbu metod orqali rejalashtirilgan resurslar va ularga talabning mavjudligining kelishuviga erishiladi.
Moliyaviy rejani ishlab chiqishda moddiy boyliklar xarajatlari normasi va sifat ko’rsatkichlarining darajasi tekshirib ko’riladi, qanchalik ularning rejalashtirilgan darajasi tashish ishlarining tannarxining kamayishiga, foydaning o’sishiga olib kelishi aniqlanadi.
Moliyaviy rejani tuzish uchun asos bulgan, sanab utilgan manba- lar kdtori korxona maxsulotiga bulgan talab va uni bajarishni aks ettiruvchi xujjatlar xam foydalaniladi: keyingi davr uchun foydalanuvchilar tomonidan korxonaning xizmatlariga berilgan arizalar, bozordagi talabni urganish buyicha kuzatuv materiallari, xisobot materiallari taxdili.
Bunda asosiy eʼtibor realizatsiya qilingan xizmat narxi dinamikasiga ko’saratiladi, uning korxonaning xarajatlari bilan mos tushishi qarab chiqiladi.
Moliyaviy xisobotni tuzishning to’griligi tekshiruv (shaxmat ko’rinishidagi) jadval yordamida amalga oshiriladi. Xisob-kitoblar yakuni bo’yicha ushbu jadvalda xar bir modda xarajatlarni qoplash uchun pul mablaglari manbalari aniqlanadi.
АJ xoʼjalik yurituvchi subʼektlarining moliyaviy reja-prognozini ishlab chiqish tartibi
Korxonaning moliyaviy reja-prognozi mustaqil ishlab chiqiladi va taqsimlanadi. Temir yoʼl kompaniyalari moliya va buxgalteriya boshqarmasi metodologik qoʼllanmani Oʼzbekiston Respublikasining tegishli qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, normatir xujjatlar asosida ishlab chiqiladi.
Moliyaviy reja-prognozni tuzish “pastdan yuqoriga” tartibida amalga oshiriladi. Ishlab chiqish xoʼjalik holati va joriy yil rejasini bajarilishini tahlil qilishdan boshlanadi. Аsosiy eʼtibor ichki zaxiralar orqali realizatsiyadan olinadigan foydani oshirishga, bajarilgan ish tannarxini kamaytirishga, moliyaviy natijani koʼpaytirishga qaratiladi.
Temir yoʼl kompaniyalari xoʼjalik subʼektlarining moli-yaviy reja-prognozi oldingi yil xisobot materiallarini oʼrganish va mavjud ishlarning prognozlashtirilgan xajmi, amaldagi norma va normativlar asosida ishlab chiqiladi.
Ishlarning prognoz qilingan xajmidan kelib chiqib, ke-yingi davr uchun daromadlar, xarajatlar va foyda summasi aniqlanadi. Moliyaviy rejaning ishlarning prognoz qi-lingan xajmi oʼzaro bogʼliqligi koʼrsatgichlarning oddiy arifmetik hisob-kitobini bildirmaydi. Аgar ishlab chi-qarish topshiriqlarining prognoz qilingan xajmi moliya-viy koʼrsatgich (foyda va boshqa)l arning prognoz qilingan darajasini taʼminlamasa, ishlab chiqarish faoliyatini yax-shilash boʼyicha qoʼshimcha choralar ishlab chiqish zarur, rea-lizatsiyadan olinadigan daromadlarni oshirish yoʼllarini qidirish, xarajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish sa-maradorligini oshirish kerak boʼladi.
Korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati oʼrtasidagi moslikni taʼminlash, uning rivojlanishining proportsionalligini tekshirishning metodlaridan biri sanaladi.
Moliyaviy rejani ishlab chiqarishda balansi metodidan foydalaniladi. Ushbu metod orqali rejalashtirilgan resurslar va ularga talabning mavjudligining kelishuviga erishiladi.
Moliyaviy rejani ishlab chiqishda moddiy boyliklar xarajatlari normasi va sifat koʼrsatgichlarining darajasi tashish ishlarining tannarxining kamayishiga, foydaning oʼsishiga olib kelishi aniqlanadi.
АJ korxonalari va muassasalarini, boʼlinmalari-ni, tashkilotlarini ularning faoliyatlari uchun zarur boʼlgan pul mablagʼlari bilan oʼz vaqtida taʼminlash maqsadida, shuningdek, pul mablagʼlarining harakatini doimiy nazorat qilish maqsadida operativ moliyaviy reja ishlab chiqiladi. Unga oylik moliyaviy rejalar (toʼlov kalendari) va kassa rejalari kiritiladi.
Toʼlov kalendari (operativ moliyaviy reja) korxonaning moliyaviy faoliyatini operativ boshqarish uchun zarur. Qoidaga binoan, har bir oy uchun tuziladi, kamdan-kam hollarda yanada kamroq muddatga АJ korxonalari oʼzlarini mustaqil balanslarda tuzuvchi 10-15 kunlik muddatga tuziladi.
2 boʼlimdan iborat boʼladi: xarajatlar boʼlimi va mab-lagʼlar tushumi boʼlimi. Xarajatlar summasi va pul tushum-lari summasi reja boʼyicha va xisobot boʼyicha koʼrsatiladi. Reja va xisobotlarda keltirilgan har bir turdagi xara-jatlar va tushumlar boʼyicha maʼlumotlarni taqqoslash or-qali reja boʼyicha koʼzda tutilganidan qanchalik amalda chet-ga chiqilganini aniqlash mumkin. Pul mablagʼlari tushum-lari summasini toʼlovlar boʼyicha majburiyatlar bilan taq-qoslab, belgilangan muddatga pul mablagʼlarini yetarlilik darajasi aniqlanadi.
Kompaniya boshqaruviga boʼysunuvchi ijtimoiy soha tash-kilotlari va muassasalari xarajatlari xarajatlar smeta-si koʼrsatgichlari boʼyicha belgilanadi.
Byudjetga toʼlovlar va bank mablagʼlari uchun toʼlovlar oʼrnatilgan tartibda chorakli rejasida koʼrsatilgan summaga teng miqdorda amalga oshiriladi.
Аmortizatsiya ajratmalari bankka oyiga ikki marta – har oyning 15- va 30- kunlari moliyaviy rejada choraklik uchun koʼrsatilgan reja summasining 1/6 hisobidan ajratiladi.
Operativ moliyaviy rejani tuzish pul oqimlarini boshqarish uchun bir vaqtning oʼzida pul resurslari va ularga boʼlgan talab oʼrtasidagi vaqtinchalik mavjud boʼlgan uzilishni yoritish uchun va zarur boʼlgan vaqtda temir yoʼl kompaniyalari moliyaviy barqarorligini taʼminlovchi choralar qabul qilish uchun juda muhim.
Toʼlov kalendaridan tashqari temir yoʼl kompaniyasi korxonalari kassa rejasini ham tuzadi, unda korxona kassasi orqali naqd pullar tushumi va ularning toʼlanishi aks ettiriladi. Bunday rejalar har chorakda oyma-oy boʼlib chiqilgan holda tuziladi.



Download 139.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling