Temir yo‘l transporti to‘g‘risida


III-bob “Yuklarni tashishni bashoratlash”


Download 30.6 Kb.
bet4/8
Sana31.01.2023
Hajmi30.6 Kb.
#1142358
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-amaliyot

III-bob “Yuklarni tashishni bashoratlash” (18 – 33-bandlar) da temir yo‘l transportida yuk tashish yillik va kvartal bashoratlari hamda asosiy oylik va qo‘shimcha reja asosida amalga oshirilishi, kvartal bo‘yicha taqsimlagan yillik bashoratlashtirish temir yo‘l transportida yuk tashishlarni belgilangan yuk nomenklaturalari bo‘yicha ajratib, umumiy yuk hajmi bo‘yicha tuzilishi, asosiy oylik yuk tashish yoyiq rejasini taqdim etish va asosiy oylik va qo‘shimcha rejni bajarish tartiblari, asosiy oylik tashish rejani bajarish hisob kartochkasida amalga oshirilishi, chala yuklashni to‘ldirish tartiblari, temir yo‘li va yuk jo‘natuvchi tashish rejasini bajarmaganligi uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishlari ko‘rsatib o‘tilgan.
IV-bob “Tashish shartnomasini tuzish va tashish haqlarini undirish” (34 – 48-bandlar) masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, bu bobda yuk jo‘natuvchi har bir yuk jo‘natmasi uchun jo‘natuvchi temir yo‘l stansiyasiga tegishlicha tarzda to‘ldirilgan, yuk tashish shartnomasining yozma shakli va asosiy tashish hujjati hisoblangan yukxatini taqdim etishi kerakligi, yuk jo‘natuvchi yukxatida o‘zi ko‘rsatgan noto‘g‘ri, noaniq yoki chala ma’lumotlarni barcha oqibatlariga javobgar bo‘lishligi, yukni qayta adreslash, yuk tashish tariflari va yuk tashish kira haqlarini undirib olish tartiblari hamda yo‘l safarida ayrim turdagi yuklarni asrashni ta’minlash maqsadida, ularni temir yo‘lini harbiylashtirilgan soqchilarini, huquqni himoya qilish organlarining bo‘linmalarini naryadlari yoki yuk jo‘natuvchilar (yuk oluvchilar) ning kuzatuvchilari hamrohligida qo‘riqlab borilishi bayon etilgan.
V-bob “Temir yo‘lini, yuk jo‘natuvchilarni va yuk oluvchilarni huquq va majburiyatlari” ga (49 – 74-bandlar) bag‘ishlangan bo‘lib bu bobda tashish jarayoning dastlabki va so‘ngi operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan yuk va tijorat ishlarini bajarishda temir yo‘lini, yuk jo‘natuvchilarni va yuk oluvchilarni huquqlari va majburiyatlari aniq, mukammal va batafsil bayon etilgan.

Download 30.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling