VI-bob “Temir yo‘l shoxobcha yo‘llari” (75 – 91-bandlar) da idoralarga va temir yo‘lining tasarrufidagi temir yo‘l shoxobcha yo‘llarining ta’rifi berilgan hamda temir yo‘lining temir yo‘l shoxobcha yo‘llari egalari, kontragentlar va temir yo‘lining tasarrufidagi temir yo‘l shoxobcha yo‘lida rels yoni omborlari va ortish-tushirish maydonlari bo‘lgan tashkilot va jismoniy shaxs bilan o‘zaro munosibatlarni tartibga solish ko‘rsatilgan.
VII-bob “Boshqa transport turlari ishtirokida to‘g‘ri aralash qatnovlar” ga (92 – 94-bandlar) bag‘ishlangan bo‘lib bu bobda, temir yo‘li boshqa turdagi transportlar bilan o‘zaro hamkorlikda to‘g‘ri aralash qatnovlar tizimini tashkil etib yuklarni butun yo‘l safariga tuziladigan yagona transport hujjati asosida tashishni amalga oshirilishi mumkinligi belgilangan.
VIII-bob “Yo‘lovchi, bagaj va pochtalar tashishlar” (95 – 115-bandlar) da yo‘lovchi, bagaj va yuk bagajlarni tashish shartlari, temir yo‘lini va yo‘lovchilarni va bagajlarni tashishlarda va xizmat ko‘rsatishni amalga oshiruvchi korxonalarni va yo‘lovchilarni huquq va majburiyatlari belgilangan hamda yo‘lovchi vagonlariga, temir yo‘l vokzallariga va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan boshqa inshootlarga qo‘yiladigan talablar bayon etilgan.
IX-bob “Temir yo‘lining, yuk jo‘natuvchilarning, yuk oluvchilarning va yo‘lovchilarning javobgarligi. Aktlar, talablar va da’volar” (116 – 155-moddalar) deb nomlangan bo‘lib, bu bobda temir yo‘li, yuk jo‘natuvchilar, yuk oluvchilar va yo‘lovchilar tashish bo‘yicha ushbu Nizom asosida moddiy javobgarlikka tortilishlari va tamonlarni ushbu Nizomda yuklatilgan javobgarlikni bartaraf etish yoki o‘zgartirish maqsadida oldindan qilingan barcha bitimlari haqiqiy emas deb hisoblanishi alohida belgilab qo‘yilgan. Shuningdek bu bobda temir yo‘lini yuk, bagaj va yuk bagajlarini asrash uchun, ularni etkazib berishi kechiktirilganligi uchun javobgarligi, tashish rejasini bajarmaganligi uchun temir yo‘li va yuk jo‘natuvchining javobgarligi, yuk jo‘natuvchilarning, yuk oluvchilarning vositalarida ortishga, tushirishga va qayta ortishga olib kirib berilgan vagonlarni to‘xtab turishi uchun, konteynerlarni belgilangan normalardan ortiqroq ushlab qolganligi uchun yuk jo‘natuvchi va yuk oluvchi javobgarligi haqidagi masalalar hamda aktlar tuzish, talab qo‘yish va da’vo qo‘zg‘otish tartiblari aniq, mukammal va batafsil bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |