Temir yo‘l transporti to‘g‘risida


Temir yo‘llardan texnikaviy foydalanish qoidalari


Download 30.6 Kb.
bet7/8
Sana31.01.2023
Hajmi30.6 Kb.
#1142358
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-amaliyot

Temir yo‘llardan texnikaviy foydalanish qoidalari. O‘zbekiston respublikasi temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ning barcha hududlarida amal qiladi hamda temir yo‘llar va temir yo‘l transporti xodimlarining asosiy nizomlarini, ish tartibini, muhim inshootlar, qurilmalar va harakat tarkiblarini saqlash meyorlarini, asosiy o‘lchamlarini, ularga bo‘lgan talablarni, poyezdlar harakatini tashkil qilish tizimini va signalizatsiya tamoyilarini o‘rnatadi.
Texnikaviy foydalanish qoidalari temir yo‘l transportining barcha bo‘linmalari va hodimlari uchun majburiydir. Uning bajarilishi temir yo‘l transportining barcha bo‘g‘inlarida tartibni, temir yo‘llarning aniq va beto‘xtov ishlashini va harakat xavfsizligini ta’minlaydi.
4. Temir yo‘llarda harakatni tashkil qilish;
O‘zbekiston temir yo‘llarida signalizatsiya bo‘yicha yo‘riqnoma. Ushbu yo‘riqnoma poyezdlar harakati va manyovr ishlarini boshqarishga taalluqli bo‘yruq va ko‘rsatmalarni uzatish uchun qo‘llaniladigan ko‘rinuvchan va ovozli signallar tizimini, hamda ushbu signallarni uzatish uchun qo‘llaniladigan signal asboblarini belgilaydi.
Yo‘riqnomani bilish temir yo‘llarning barcha bo‘linmalari va O‘zbekiston temir yo‘llari hududidagi barcha temir yo‘l xodimlari uchun majburiy bo‘lib, uning talablariga rioya qilish temir yo‘llarning beto‘xtov ishlashini, poyezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligini ta’minlaydi.
5. Signallashtirish haqidagi yo‘riqnomalar
O‘zbekiston temir yo‘llarida poyezdlar harakati va manyovr ishlari bo‘yicha yo‘riqnoma. Ushbu yo‘riqnoma O‘zbekiston temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari va temir yo‘llarda signalizatsiya bo‘yicha yo‘riqnomalarning talablari asosida tayyorlangan bo‘lib, quyidagi qoidalarni belgilaydi:
- poyezdlarni qabul qilish, jo‘natish va o‘tkazishni har xil SMB (signalizatsiya, markazlashtirish, blokirovka) tizimlarida, nosozlik holatlarida va temir yo‘llarda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan vaqtlarda bajarish tartib - qoidalari;
- stansiyalarda manyovr harakatlari tartibi;
- poyezdlarni ogohlantirish tartibi;
- poyezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligini ta’minlovchi boshqa qoidalar.
Harakat xavfsizligini ta’minlovchi asosiy shartlardan biri texnik qurilma va inshootlarning butunligini va ishga shayligini ta’minlashdir. Texnikaviy foydalanish qoidalari talablariga binoan temir yo‘lning har bir ishchi va xizmatchisi harakatga xavf tug‘diruvchi har qanday holatda poyezdga yoki manyovr vositalariga to‘xtash signalini berabilishi, uni to‘xtatish chorasini ko‘rabilishi, harakatga xavf tug‘diruvchi inshoot yoki qurilma bo‘lsa, bunday xavfli joyni chegaralab muhofazalashi va kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilishi kerak.
Temir yo‘llarda harakat bilan bog‘liq vazifalarga ishga qabul qilinuvchilar belgilangan tartibda texnikaviy foydalanish qoidalari, signalizatsiya va harakat tashkili bo‘yicha yo‘riqnomalar, vazifaga taalluqli bo‘lgan boshqa yo‘riqnomalar, xavfsizlik va ishlab chiqarish-sanitariya qoidalari bo‘yicha maxsus sinovdan o‘tkazilib ishga tayinlanadilar.
Aloqa va signalizatsiya vositalari to‘satdan to‘xtab qolishi mumkin, va stansiya navbatchisi buning asosiy sababini bilmasdan turib va qo‘shni stansiyalar va peregondagi holatni bilmasdan turib, PTE hamda poyezdlar harakati va manevr ishlari yo‘riqnomalarida ko‘rsatilgan tartib bo‘yicha poyezdlarning xavfsizligini ta’minlagan holda harakatlanishini ta’minlamog‘i lozim.
Agarda stansiya navbatchisi hech qanday aloqa vositasi (dispetcherlik, stansiyalar aro, stansiya o‘zida, energodispetcherlik va shahar) orqali poyezdlar harakati to‘g‘risidagi muloqot o‘tkaza olmay qolgan taqdirda barcha aloqa vositalari ishdan chiqqan hisoblanadi.
Stansiya navbatchisi barcha aloqa va signalizatsiya vositalari ishdan chiqqanligi haqida kuzatishlar jurnalida yozib qo‘yadi, va shundan so‘ng poyezdlar harakati bir yo‘lli uchastkalarda yozma xabarnomalar bo‘yicha, ikki yo‘lli uchastkalarda esa poyezdning shu yo‘lni bosib o‘tishga ketadigan vaqtni belgilash orqali amalga oshiriladi.
Yozma habarnomalar bilan poyezdlar harakatini boshqarishda quyidagi ustunligi bo‘lgan stansiyalar boshlab beradi:
- bir yo‘lli peregonlarda toq yo‘nalishdagi, ikki yo‘lli peregonlarda, agar ikki yo‘ldan biri yopiq bo‘lib poyezdlar harakati qolgan ochiq yo‘l bo‘yicha ikki tomonlama harakat yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, u holda birinchi bo‘lib ikki yo‘lli harakatda, shu harakatdagi yo‘l to‘g‘ri bo‘lgan bo‘lsa harakatni boshlaydi. Stansiya navbatchisi tomonidan mashinistga topshiriladigan DU-56 formali oq qog‘ozda 2 ta qizil dioganali bo‘yicha chizig‘i bo‘lgan ruxsatnoma blankasi bir yo‘lli, hamda ikki yo‘lli peregonlar uchun poyezdlarni peregoni band qilish uchun beriladigan ruxsatnoma hisoblanadi.
Barcha aloqa va signalizatsiya vositalari ishdan chiqqandan so‘ng peregonga birinchi bo‘lib ketayotgan poyezdda, bu xolat vujudga kelmasdan oldin jo‘nab ketgan poyezd haqida hech qanday ma’lumot bo‘lmasa, u holda poyezd mashinisti o‘ta ehtiyotkorlik bilan harakatlanmog‘i lozim. Chunki oldingi jo‘nab ketgan poyezdning dum qismida ogohlantiruvchi belgilari bo‘lmasligi mumkin.
Bir yo‘lli peregonlarda harakat havfsizligi, staniya navbatchisining birinchi poyezdni peregonga jo‘natish bilan bog‘liq harakatlariga bog‘liqdir. Bir yo‘lli peregonga birinchi bo‘lib toq yo‘nalishli poyezd jo‘natilishi lozim. Peregonga hech qachon juft yo‘nalishdagi poyezd DU-55 formali yozma habarnomalar yo‘lga qo‘yilmaguncha chiqarilmaydi. Aloqa va signalizatsiya vositalari buzilmasdan oldin poyezdni jo‘natishga ruxsat olingan poyezd, ta’mirlash va yordamchi poyezdlar bundan mustasno.
Birinchi bo‘lib bir yo‘lli peregonga jo‘natilayotgan poyezd mashinistiga barcha aloqa va signalizatsiya vositalari ishdan chiqqandan so‘ng, DU-56 formali 2ta qizil chizig‘i bor bo‘lgan ruxsatnoma topshiriladi. Bundan tashqari shu poyezd mashinistiga oq maxsus blankada DU-55 poyezdlar harakatining keyingi tartibi haqidagi habarnoma ham qo‘shib jo‘natiladi.
Qo‘shni stansiya navbatchisidan A , B yoki V formadagi maxsus blankadagi habarnoma qabul qilingandan boshlab poyezdlar harakatini habarnomalar bo‘yicha olib borish boshlanadi.
Stansiya navbatchisi balgilangan tartib bo‘yicha poyezd telefonogrammalari jurnalida navbatchilikni qabul qilib oladi.
SMB qurilmalarining normal ishlash sharoitlari butunlay yoki qisman buzilsa, shikastlanish, ta’mirlash va boshqa sabablar tufayli, qurilmalar marshrut to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri belgilanganligini nazorat qila olmasa, u holda poyezdlar harakat havfsizligini ta’minlash, stansiya navbatchisi elektromexanik, yo‘l ustasi, poyezd dispetcheri va boshqa shunga aloqador xodimlarning to‘g‘ri va aniq harakat qilishlariga bog‘liq bo‘lib qoladi.
Bu davrda, IDP da keltirilgan yo‘riqnomalar va harakat havfsizligi yo‘riqnomalari va stansiya (texnik boshqaruv dalolatnomasi) TRA sida ko‘zda tutilgan talablarga suyangan holda stansiya ichidagi harakatlar va poyezdlar qabul qilish va jo‘natish bilan bog‘liq jarayonlar maxsus tartibda bajariladi.
Stansiya navbatchisi hamda poyezd dispetcheri bu tartibga so‘zsiz rioya qilishlari va uni aniq bilishlari lozim, chunki uni buzish ishdagi brak hamda og‘ir oqibatlar kelib chiqishining asosi bo‘lishi mumkin.
SMB qurilmalarining normal ishlash sharoitlari buzilishining asosiy turlari.
- yo‘lning aldamchi bandlik nazorati. Buning sababi shuki yo‘l bo‘sh bo‘la turib, stansiya navbatchisi pult boshqaruvida shu yo‘lning bandligini ko‘rsatiladi;
- strelka uchastkasining aldamchi bandligi nazorat (elektr izolyasiya bilan jixozlangan strelka uchastkasi);
- strelka uchastkasi hamda yo‘lning bo‘shligini noto‘g‘ri nazorati;
- strelkalar holati nazoratining yo‘qligi. Strelka yorilishi. Bu holda stansiya navbatchisi boshqaruv pultida «Strelka yorilishi» deb nomlangan qizil lampochka yonadi, uni nazorat qilish chiroqlari o‘chadi va qo‘ng‘iroq chalinadi;
- boshqaruv pultidan markazlashtirilgan strelka o‘tkazgichlarini o‘tkazib bo‘lmaydi;
- marshrut nazorat qurilmasiga ulangan markazlashtirilgan strelka o‘tkazgichlaridagi nazorat qulflari nosozligi, bu qulfni ochish yoki yopish mumkin bo‘lmay qolganda vujudga keladi;
- svetoforning (kirish, chiqish, marshrut) ochilishi mumkin bo‘lmay qolishi;
- svetoforning o‘z o‘zidan boshqa signalga o‘tib qolishi.
Yuqoridagi nosozliklar paydo bo‘lganda stansiya navbatchisi birinchi o‘rinda bu hodisa uning yoki shu qurilmalardan foydalanuvchi biron bir xodimning aybi bilan sodir etilmaganligini tekshirib ko‘rishi lozim.
Yana misol uchun quyidagilarni qo‘shimcha tekshirib ko‘radi.
Poyezdning nazarda tutilgan yurish yo‘li bo‘yicha:
- ajratilgan uchastkalar, qabul qilish yo‘llarining bo‘shligini va barcha strelkalar holatini.
- marshrutga kiruvchi barcha strelkalar, shu jumladan qo‘riqlash strelkalarini xolatini nazorati va ularni to‘g‘ri belgilanganligini.
- talab etilgan marshrutga kiruvchi strelka va yo‘llar boshqa marshrutlardan ajratib qo‘yilmaganligini.
- jezl kaliti apparatdan olinmaganmi yoki u apparatga to‘g‘ri joylashtirilganmi;
- stansiya chegarasida joylashgan yoki pereezddagi chegaralovchi svetofor yoqilib qolmaganmi, yoki poyezd tarkiblarini o‘rab turuvchi markazlashtirilgan signal yopib qolmaganmi va boshqalar;
- belgilangan blokirovka yo‘nalishi va poyezdning yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan marshrutning bir biriga mosligini.
Agar nosozliklar stansiya navbatchisi yoki boshqa aloqador hodimlarning aybi bilan yuz bermagan bo‘lsa, u holda u DU-46 kuzatishlar jurnaliga nosozlik haqida yozib qo‘yadi va elektromexanik yoki SMB va aloqa xizmati navbatchi muhandisiga habar beradi.
Bundan bu yog‘iga nosozliklar tugatilmaguncha, o‘rnatilgan tartibda qurilmalarni ishlashi tekshirib ko‘rilmaguncha va elektromexanik bu haqida DU-46 jurnalida belgi qo‘ymaguncha stansiya navbatchisi qanday holat bo‘lishidan qat’iy nazar nosoz qurilmalardan foydalanish ta’qiqlanadi.(pultdan turib ularni boshqarish), shu bilan birga ajratilgan seksiyalarni bandligi yoki bo‘shligi nazoratini yangilashda, markazlashtirilgan strelkalar holatining o‘zgartirilishi va boshqa boshqaruv pultidagi o‘zgarishlarda.
Nosozlikning xarakteridan kelib chiqib stansiya navbatchisi elektromexanikning kelishini kutib o‘tirmay o‘zining qaromog‘idagi vositalardan foydalangan holda SMB qurilmalarining normal ishlashi buzulganligini sababini strelka va yo‘l qurilmalarini ko‘zdan kechirish yo‘li bilan tekshirib ko‘rishi lozim. Yo‘l yoki ajratilgan strelka uchastkasining noto‘g‘ri bandligi ko‘rsatmasida, rels zanjiriga begona narsa tushib, tutashtirib qo‘ymaganmi, ajratilgan strelkalar, rels ulanmalari, qanday holatda, rels zanjirlari ishlatilganda qisqa tutashuv yuz bermaganmi, chegaralovchi ustunlar va alohida stiklar orqasidagi harakatdagi tarkib yo‘qmi, shularni tekshirib ko‘rmog‘i lozim.
Agar strelka o‘tkazgichini pultdan boshqarib bo‘lmasa, u holda rama relsi va ostryak orasiga u, bu narsa tushib qolmaganligini tekshirib ko‘rish lozim.
Mana shunday kuzatuvlardan so‘ng stansiya navbatchisi qurilmalarning normal ishlashi sharoiti buzilishi sababini aniqlab uni barham topdirsa, shundan so‘ng unga qurilmalardan foydalanishni yangitdan yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi. Bu nosozlikning sabablari va ularni tuzatilganligi haqida DU-46 jurnalining ohirgi grafasida yozib qo‘yiladi.
Nosozliklar haqida habar olgan elektromexanik, signallardan foydalanishni saqlagan yoki saqlamagan holda ushbu nosoz qurilmani markazdan uzib qo‘yish kerakmi- yo‘qmi shuni aniqlab oladi va DU-46 jurnalida belgilab qo‘yadi.
SMB qurilmalarini o‘chirish bilan bog‘liq ishlarni to‘g‘ri tashkil etish, bu qurilmalarni tezkorlik bilan tuzatish shu bilan bmrga xavfsizlikni ta’minlashda DU-46 yo‘l, strelka o‘tkazgichlari SMB qurilmalari, aloqa va kontakt tarmog‘i nosozliklarini ko‘zdan kechirish jurnalidagi yozuvlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish katta axamiyatga ega.
Stansiya navbatchisi kuzatishlar jurnalining 1,2 va 3 grafalariga (o‘zi yoki boshqa xodimlarning dokladlari asosida) aniqlangan barcha stansiya qurilmalari nosozliklari haqida, SMB yordamchi qurilmalaridagi tugmalarda plombani buzulganligi haqida, shu jumladan navbatchilik davomida olingan (har qanday shaxs), yo‘l, kontakt tarmog‘i, uskuna va qurilmalarning nosozligi haqidagi arizalari bo‘yicha yozuvlar yozib qo‘yadi. 4,5 grafada stansiya navbatchisi, shu nosozlikka aloqador xizmat xodimining habardor etilganligi vaqtini, 6 grafaga esa masul xodimining familiyasi va uni qanday qilib xabardor etganligi (o‘zi, telefon bo‘yicha). 7-8 grafalarda esa nosozlikka barham berish uchun kelgan xodimlarning vaqti belgilab qo‘yiladi. 9 grafaga shu xodim imzo chekib uni tasdiqlaydi.
Stansiya navbatchisi mas’ul xodimning nosozlikni tuzatish uchun kelgani haqida habar topgandan so‘ng 7-8 grafalarga bu haqida belgi qo‘yadi. Shundan so‘ng shu hizmat xodimi 9-chi grafada buni o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ishlar tugatilganligi, harakat ochilganligi, SMB qurilmalarining markazga ulanganligi, nosozliklarga barham berilganligi va SMB qurilmalarining normal ishlash sharoitlari yo‘lga qo‘yilganligi haqidagi yozuvlar jurnalning 10, 11 grafalariga yozib qo‘yiladi.



Download 30.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling