Temir yo‘l transporti to‘g‘risida
Download 30.6 Kb.
|
1-amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-bob “Yuk xo‘jaligi. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish qurilmalari”
I-bob “Umumiy holatlar” ga (1 – 6-bandlar) bag‘ishlangan bo‘lib, bu bobda Nizomning bosh vazifasi va uning amal qilish sohasi, temir yo‘l transportida yuklarni tashish Qoidalarini, temir yo‘l transportida yo‘lovchi, bagaj va yuk bagajlarni tashish Qoidalarini va temir yo‘l transportida yuklarni ortish va mahkamlashning Texnik shartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartiblari belgilab qo‘yilgan va asosiy tushinchalarga aniq ta’riflar berilgan. Shuningdak bu bobda temir yo‘l transportini korxonalari hamda yuk jo‘natuvchi va yuk oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar – yuklarni tashishda davlatning iqtisodiy manfaatlariga qat’iy rioya qilishlari, bashorat qilingan yuk tashish hajmini batamom, bajarishlari, harakatdagi sostavdan samarali foydalanishlari, poyezdlar harakati xavfsizligi, temir yo‘lning vagon parkini va tashilayotgan yuklarni asrashni ta’minlashlari kerakligi alohida uqdirib o‘tilgan va qurilayotgan temir yo‘l liniyalar doimiy ekspluatatsiyaga topshrilgunga qadar, bu liniyalarda yuklarni tashish qonun hujjatlariga muvofiq temir yo‘l tasdiqlagan qoidalar bo‘yicha amalga oshirilishi hamda xalqaro temir yo‘l qatnovlarida yuk, yo‘lovchi va bagajlarni tashish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitim (shartnoma) lari asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
II-bob “Yuk xo‘jaligi. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish qurilmalari” (7 – 17-bandlar) deb nomlangan bo‘lib, bu bobda temir yo‘li yuk, yo‘lovchi, bagaj va pochtalarni tashishni, tegishli operatsiyalarni bajarish uchun ochiq bo‘lgan temir yo‘l stansiyalar o‘rtasida amalga oshirishi, temir yo‘l stansiyalari vagonlangan va mayda jo‘natmalarda, konteynerlarda tashiladigan yuklarni qabul qilish, ortish, tushirish va topshirish bo‘yicha operatsiyalarni hamda yo‘lovchi, bagaj va yuk bagaj tashish bilin bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshirshi va bu operatsiyalar uchun ochiq temir yo‘l stansiyalarining ro‘yxatini temir yo‘lining rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlashi va Tarif qo‘llanmasida nashr etish kerakligi belgilangan. Shuningdek bu bobda tovar idorasi, bilet va bagaj kassalarini tashkil etish, yuk, yo‘lovchi, bagaj, yuk bagaj va pochtalarni tashishda foydalaniladigan vagon va konteyner parki, umumiy va noumumiy foydalanish joylari, ortish – tushirish ishlarini bajarish uchun mashina, inshoot, qurilma, moslama va inventarlar hamda tashiladigan yuk va bagajlarni tortish uchun vagon, tovar, elektron, avtomobil va elevator tarozilardan foydalanish, tarozi asboblari belgilangan tartibda majburiy davlat tekshirishiga va tamg‘alanishiga taqdim etilishi kerakligi haqida bayon etilgan. Download 30.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling