Temir yo‘l transporti to‘g‘risida


Temir yo‘llardan texnikaviy foydalanish qoidalari


Download 30.6 Kb.
bet6/8
Sana31.01.2023
Hajmi30.6 Kb.
#1142358
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-amaliyot

3. Temir yo‘llardan texnikaviy foydalanish qoidalari;
Temir yo‘llarning aniq ishlashini va harakat xavfsizligini ta’minlash belgilangan tartib va qoidalarga qat’iy rioya qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Buning uchun temir yo‘llarda bir qator boshqaruvni ta’minlovchi va meyoriy hujjatlar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat.
«Temir yo‘l transporti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga bilan 1999-yil 15-apreldan «Temir yo‘l transporti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinib amalga kiritildi. qonunda temir yo‘l transportining Respublikamiz xo‘jaligining iqtisodiy va ijtimoiy sohasida tutgan huquqiy o‘rni belgilangan. qonun 28 moddadan iborat bo‘lib, uning birinchi moddasi asosiy tushunchalarga bag‘ishlangan. Bu moddada temir yo‘l transporti (temir yo‘li), temir yo‘l transporti korxonasi, muassasasi va tashkiloti, temir yo‘l Ustavi, transport xizmatlari bozori, tashish jarayoni, umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, yuk, yo‘lovchi, bagaj, yuk bagaji, yuk jo‘natuvchi (jo‘natuvchi), yuk oluvchi (oluvchi), xavfli yuklar, ajratilgan mintaqa, muhofaza zonalari kabi iboralarga ta’rif berilgan.
Qonunning boshqa moddalarida temir yo‘l transporti to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, meyoriy hujjatlar to‘g‘risida, temir yo‘l transportida mulkchilik shakllari, temir yo‘llarda qatnovlarning turlari va boshqa barcha tartib va qoidalar, hamda faoliyat turlari bo‘yicha aniq ifoda va huquqiy o‘rinlar belgilangan.
Temir yo‘l Nizomi –temir yo‘llarning, temir yo‘ldan foydalanuvchi tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyatlari, hamda temir yo‘llarning boshqa transport turlari bilan o‘zaro munosabatlarini belgilaydi. Nizom temir yo‘l xizmatidan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan temir yo‘l va yuk jo‘natuvchilar, yuk oluvchilar, yo‘lovchilar va boshqa jismoniy va yuridik shaxslar orasidagi munosabatlarni boshqaradi.
Nizom yo‘lovchilar, yuklar, bagaj va yuk bagajlar tashishning asosiy shartlarini, temir yo‘llar va boshqa transport turlari orasidagi munosabatlarni, hamda shohobcha yo‘llardan foydalanish sohasidagi asosiy holatlarni belgilaydi.
Temir yo‘llarning muntazam va xavfsiz ishlashi, yuk va yo‘lovchilarni tashishni to‘liq amalga oshirishi temir yo‘llardagi barcha bo‘limlarning bir maromda o‘zaro uyg‘unlashgan holda tartibli ishlashiga bog‘liq. Temir yo‘llarda bunday uyg‘unlashgan tartib temir yo‘l boshqarmasi tomonidan belgilanadigan yagona umumtarmoq poyezdlar harakati grafigiga qat’iy amal qilish bilan ta’minlanadi. Harakat grafigi bo‘yicha poyezdlar harakatini aniq bajarish stansiyalar, depo, tortish podstansiyalari, texnik xizmat punktlari va harakat bilan bog‘liq boshqa bo‘linmalarning harakat grafigi asosida aniq ishlashi bilan amalga oshiriladi.

Download 30.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling