Umumiy sovqotish uzoq vaqt ta’sir etuvchi past darajali haroratlar ta’sirirda
hosil bo’ladi. Oldin teri, keyin chuqur to’qimalarda qon aylanish to’xtaydi. Miya
anemiyaga uchraydi. Tana harorati 20
o
С gacha tushadi.
Davolash.
Birlamchi yordam sovuq ta’sirini to’xtatish, sovuq urgan
qismlarga issiqni ta’minlash, qon va limfa aylanishini tiklash, infeksiyaning oldini
olishga qaratilishi lozim. Hayvon tanasini 36
o
C yoki 50
o
C darajali issiqlik bilan
isitish yaxshi natija beradi. Sovuqqotgan hayvonlarga sun’iy nafas olish usuli
qo’llanadi, og’ziga 30 % spirt – glyukoza eritmasi quyiladi. Teri ostiga kofein yoki
efir bilan kamfora (50 x 50) yuboriladi. Spirt bilan kuchli massaj qilinadi.
Sovqotgan buzoq yoki cho’chqa bolasini 15–20
o
C darajagacha isitilgan
kaliy permanganati (1 : 500) eritmasi bilan to’ldirilgan vannaga qo’yish lozim.
Keyinchalik vannaga asta – sekinlik bilan qaynoq suv qo’shilib uning harorati 38–
40
o
C gacha yetkaziladi. Hayvonga 0,5 % novokain bilan antibiotik yuboriladi.