Termokimyoviy kuyishlar. Odatda
kimyoviy qo’yishdan og’irroq
kechadi. Bunda yuqori harorat ta’siridan tashqari organizmning zaharlanishi ham
kechadi. Masalan: fosfor va fosforli yonuvchi suyuqlik teriga tegib yonadi va
organizmga so’riladi. Umumiy ta’sirlarda shok, toksemiya, atsidoz, jigarning
zararlanishi, leykotsitoz, bilirubinemiya va boshq. rivojlashadi.
Davolash.
Yongan fosforni tezda so’ndirish lozim. Buning uchun
zararlangan joy suv yoki 5 % mis ko’porosi eritmasi bilan yuviladi, undan tashqari
kuygan joyga talk, xlorli oxak bilan ishlov beriladi. Ular bo’lmasa quruq qumni
sepish mumkin. O’chgan fosfor olib tashlanadi va kuygan joy yana boshqatdan
oxak yoki mis ko’porosi bilan yuviladi.
Issiq bitumni benzin bilan olib tashlash
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |