3. Qo’yish turlari, klinikasi va davolash tartibi.
Termik kuyishlar. Hayvonlar kuyishi ko’pincha molxona, otxona va
cho’chqaxonalarda yong’in paytida ochiq olov, issiq xavo, suyuqliklar bilan
to’g’ridan to’g’ri zararalanganda kuzatiladi. Kuyishlarda zararlanish kuchi
chegaralangan qizarishdan to to’qimalar to’liq kuyib ketishigacha bo’ladi.
Qo’yishda mahalliy jarayonlar yaqqol o’tkir yallig’lanish reaksiya bilan
ifodalanadi. Birinchi va ikkinchi darajada bu reaksiya seroz va seroz – fibrinoz
ekssudatsiya bilan kechadi va epitelial qoplamasining tiklanishi bilan tugaydi.
Qo’yishning 3 va keyingi darajalarida yallig’lanish reaksiyasi yiringli–
demarkatsion xususiyatlarini egallaydi. Bu holatda, intoksikatsiya, trofik
o’zgarishlar va infeksiya rivojlanish natijasida sekvestratsiya, granulyatsion
to’qima o’sishi va epidermizatsiya uzoq vaqtga cho’ziladi (100 kungacha). 3–4
bosqichlarda epiteliy asosan kuyish chetidan markazga qarab o’sadi va ayrim
vaqtlarda oxirgacha yetmaydi.
Qo’yish jarayonini tekshirganda hayvon tanasining nechi foizi
zararlanganligini bilish muhim bo’ladi.
Boshning qo’yishi – 6 %, bo’yinning yuqori qismi, yag’rin, bel va sag’ri –
17 % , bo’yinning pastki qismi, ko’krak va qorin – 20 %, oldingi oyoqlar – 15 %,
orqa oyoqlar va sag’ri – 22 %, jinsiy a’zo sohasi – 4 % ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |