Termik va kimyoviy shikastlanishlar. Reja: 1
Download 463,31 Kb. Pdf ko'rish
|
termik shikastlanishlar
Kimyoviy kuyishlar.
Teri yoki shilliq pardalarga kimyoviy moddalar – kislotalar (azot, sulfat, xlorid, margumush, xrom, karbol kislotalari va boshq), so’ndirilmagan oxak, og’ir metall tuzlari (kumush nitrati, sink xloridi, mis ko’porosi va boshq), ishqorlar (natriy yoki kaliy gidrookisi, amiak) ta’sirida hosil bo’ladi.
Kimyoviy moddalar tirik to’qima bilan bevosita aloqada bo’lib, xujayra protoplazmasi oqsillari bilan birikma hosil qiladilar, natijada protoplazmaning normal kolloidli holati o’zgaradi va xujayralar o’ladi. Bunda kislota va og’ir metall tuzlari oqsillardan suvni tortib olib, ularning buzilishiga olib keladi: ishqorlar esa to’qimalarni suvsizlantirib, ularni suyuq holatga olib keladi. Kislota va og’ir metall tuzlari ta’sirida kuygan joyda jigarrang – qoramtir qoraqo’tir hosil bo’ladi.
Ishqorlar ta’sirida nam nekroz rivojlanadi. Bunday kuyishda zararlangan joyda oqish dog’ paydo bo’ladi. Ular kislotali qo’yishga nisbatdan sust va og’ir bitadi.
Davolash. Kimyoviy moddalar ta’siridan qo’yishda eng asosiy vazifalardan biri kuydiruvchi moddaning konsentratsiyasini pasaytirish va
neytrallashdir. Shuning uchun kuygan joy suv bilan yuviladi va qarshi ta’sir etuvchi moddalar qo’llanadi.
Kislotali qo’yishda – ishqorlar (2–3 % novshandil spirti, 5–10 % natriy bikarbonati, sut, bur kukuni, kul, kuygan magneziya va boshq) qo’llanadi.
Ishqorli qo’yishda va so’ndirilmagan oxak ta’sirida – kislotalarning kuchsiz eritmalari (2 % sirka, limon yoki bor kislotasi) ishlatiladi. Asosiy davolash muolajalari termik kuyishlardagiday o’tkaziladi. Download 463,31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling