Termik va kimyoviy shikastlanishlar. Reja: 1
Download 463,31 Kb. Pdf ko'rish
|
termik shikastlanishlar
1. Kuyish (combustio) deb fizik agentlar – yuqori haroratli issiqlik, nurlar va
elektr toki ta’sirida to’qimalarning mahalliy shikastlanishiga aytiladi (B.M. Olivkov).
Yuqori haroratli issiqlik va kimyoviy moddalar ta’sirida teri, shilliq pardalar va chuqur joylashgan to’qimalarning buzilishi (M.V. Plaxotin).
Kuyishlarning quyidagi turlari mavjud: termik, kimyoviy, termokimyoviy va nur ta’siri. Kuyishni chaqiruvchi sabablar: zich jismlar (qizigan metall), suyuqliklar (qaynoq suv), bug’simon moddalar (issiq suv bug’i), ochiq olov, issiq gazlar. Hayvonlar kuyishi yong’inda, qaynoq suv quyilganda, qizitilgan taqa bosilganda kuzatiladi. Harbiy harakatlar paytida kuyishlar soni ko’payadi. Termik kuyishlarning kechishi va asoratlari issiqlik darajasi va ta’sir etish muddati bilan bog’liq. Kimyoviy kuyishlar kuydiruvchi moddaning to’yinganlik darajasi va to’qimalarga singish qobiliyati bilan bog’liq.
Kreybix bo’yicha kuyishlarning 5 darajasi kuzatiladi: 1. Qizarish. 2. Pufakchalar hosil bo’lishi. 3. Yuzaki nekroz. 4. Chuqur nekroz. 5. Yumshoq to’qimalarning to’liq nekrozi va kuyib ko’mirga aylanishi.
Ammo bu xildagi tasniflanish keng tarqalmadi, chunki kuyishning birinchi soatlarida uning bosqichlari to’g’ri aniqlanmasdan davolash muolajalari xato bajarilishi natijasida to’qimalarda qaytarib bo’lmas o’zgarishlar kechadi. Shuni hisobga olib B.M.Olivkov kuyishlarni 4 bosqichga bo’ldi: 1. Qizarish yoki terining chegaralangan shishi. 2. Pufakchalar hosil bo’lishi yoki terining tarqalgan shishi. 3. Koagulyatsion nekroz. 4. To’qimalarning ko’mirga aylanishi.
Plaxotin M.V. kuyishlarni 5 darajaga ajratadi: 1. Kuyishning birinchi darajasi aseptik yallig’lanish asosida kechadi. Achchiq og’riq, teri yuza qavatlarining shikastlanishi, qizarish va kichik shish paydo bo’lish belgilari kuzatiladi. Junlar ko’mirga aylanib, teridan faqat 1–2 mm balandlikdagi qismi kuymay qoladi.
kechadi – achchiq og’riq, giperemiya, teri so’rg’ichsimon qavatining buzilishi. Go’shtxo’r hayvonlarda har xil kattalikda seroz suyuqligi bilan to’lgan pufaklar paydo bo’ladi. Pufaklar yorilgandan so’ng o’rinlarida yara hosil bo’ladi. Terisida pufaklar hosil bo’lmagan hayvonlarda qo’ygan joyda qoraqo’tirga o’xshagan qobiq hosil bo’lib, keyinchalik tagidan epidermis o’sib chiqadi.
qavati shikastlanib koagulyatsion nekroz rivojlanadi. Ochiq olov ta’sirida jun to’liq ko’mirga aylanadi. Qo’yishdan so’ng tez vaqtda teri zichlashib, kauchuksimon holatga keladi va tarqalgan shish paydo bo’ladi. Keyinchalik o’lgan to’qimalar ko’chib tushib, joyida sayoz yaralar hosil bo’ladi.
Kasallik yengil kechganda malpigiy qatlamining xujayralari rivojlanib ko’payishi natijasida yaralar bitadi va chandiqlar so’riladi. Og’ir holatlarda teri elastikligini yo’qotib 1–3 kun ichida kuygan joyda o’zgarmaydigan qatlamlar paydo bo’ladi. 7–8 kunda teri yoriladi, yoriqlardan seroz – gemorragik keyinchalik yiringli suyuqlik oqib chiqadi. Yoriqlar joyida ko’p sonli mayda yaralar rivojlanadi.
fassiyalar va hatto mushaklar koagulyatsion nekrozga uchraydi. Qo’yishdan so’ng tez, qisqa vaqt ichida teri tovonsifat holatga kirib, chuqur shishlar paydo bo’ladi, qon tomirlar va nervlarning o’zgarishlari kuzatiladi.
ko’mirga aylanib, faoliyati buziladi. Tananing kam joylari ko’mirga aylansa hayvonni davolaydilar; ammo qo’yish keng tarqalgan bo’lsa davolash afzalligi har bir qonkret hayvonda alohida hal qilinadi.
Download 463,31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling