Termik va kimyoviy shikastlanishlar. Reja: 1
Download 463.31 Kb. Pdf ko'rish
|
termik shikastlanishlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- “qo’yish kasalligi
Davolash. Kuyishlarni davolash kompleksi mahalliy va umumiy tadbirlardan
iborat:
1. Og’riqni yo’qotish.
2. Autointoksikatsiyani kamaytirish va yo’qotish. 3. Infeksiyaning oldini olish.
4. Kuygan va o’lgan to’qimalar ajralishini tezlatish. 5. To’qima regeneratsiyasiga yaxshi sharoit yaratish.
6. To’g’ri va to’liq oziqlantirish. Mahalliy davolash. Birinchi va ikkinchi darajali kuyishlarda soda, borat kislotasi, tanin bilan mahalliy nam yoki quruq sovuq qo’llanadi. Kuygan yuza spirt – rektifikat bilan namlanib turiladi. Og’riqni kamaytirish uchun 0,5% li mentol, lanolin, vazelin yoki sink – vazelin malhamlari suriladi.
Kichik kuyish pufakchalariga tegmaydilar. Katta pufaklar ingichka igna bilan teshilib, suyuqliq so’rib olinadi va ichiga 5% li efedrin yoki 0,25% kanamitsin bilan 1–1,5 ml 5% li novokain eritmasi yuboriladi. Infeksiyaning oldini olish uchun aseptika va antiseptika qoidalariga qat’iy rioya qilinadi. Buning uchun kuyish sohasi steril tampon bilan tozalanadi, yuzasi spirt–rektifikat, yod-benzin yoki spirt–efir bilan ishlanadi, yorilgan pufaklarning qiyqimlari kesib tashlanadi va 5% li kaliy permanganati eritmasi bilan obdan namlanadi. Bu eritma terini zichlashtiradi, dezinfeksiya qiladi, plazmoreyani pasaytiradi va toksinlarni bog’laydi.
Burishtiruvchi moddalardan kaliy permanganatidan tashqari 10% li taninning suvli eritmasi, 2% li metilen ko’ki, brilliant ko’ki, 10% li kumush nitratining suvli eritmasi qo’llanadi.
Kuygan joyni quritish va himoyalash uchun kukunli antiseptik moddalar – kseroform, dermatol, streptotsid bilan penitsillin, vismut bilan teng miqdorda kraxmal yoki adsorbentlovchi – bur, gips bog’lamlari qo’llanadi.
Uchinchi va to’rtinchi darajali kuyishlarda undan tashqari nekrotomiya va terini ko’chirib o’rnatish usullari qo’llanadi.
deb bilmasdan balki bu patologiyani organizm barcha sistemalari faoliyatining buzilishi ya’ni “qo’yish kasalligi” deb tushunadilar. Birinchi soatlarda kuchli og’riq tufayli shok holati rivojlanib u hatto hayvonni o’limiga olib kelishi mumkin.
Shok ikki fazaga bo’linib, birinchisi errektil deb ataladi. Ikkinchisi – torpid fazasi bo’lib eng xavflidir, ayniqsa qo’yish tana yuzasining 50 % egallasa. Shu fazada kuygan joydan qonga toksinlar so’rilib butun organizmni zaharlaydilar.
Davolash ishlari birinchi navbatda og’riq reakiyasini yo’qotish va kuyish shokining oldini olishga qaratilishi lozim. Buning uchun teri ostiga morfin, geksenal yoki pantopon, vena orqali – kofein yoki 0,5 % li novokain bilan 10 % li natriy bromidning eritmasi yuboriladi.
Kuchli og’riqni yo’qotish, kapillyarlar o’tkazuvchanligini, plazmoreyani va shish rivojlanishini chegarallash hamda koagulyatsiyaga uchragan to’qimalarning ajralishini tezlashtirish maqsadida 2–3 kun oralatib regional novokain qamallari bajariladi.
Qon quyuqlashganda rekonvalissentlarning plazmasi yoki zardobini quyish yaxshi samara beradi. Bu usul toksinlarni bog’lash, buyrak faoliyatini yaxshilash, diurezni normallashtirish, gipoproteinemiya holatini yechish, og’riqni pasaytirishga yordam beradi.
Plazma o’rniga katta hayvonlarga har kuni yoki kunaro vena orqali 3000– 4000 ml, kichik hayvonlarga 300–400 ml poliglyukin va reopoliglyukinlar yuboriladi.
Intoksikatsiyaga qarshi 20% li glyukoza, 40 % li geksametilentetramin eritmalari qo’llanadi.
Kuygan hayvonlarda kuchli chanqash alomatlari, oliguriya va hatto anuriya rivojlanishi sababli ularga og’iz orqali, teri ostiga, intrarektal yoki vena orqali natriy xloridining fiziologik eritmasi yuboriladi (katta hayvonlarga 10-15 litrgacha).
Atsidoz bilan kurashish maqsadida vena ichiga 4% li natriy bikarbonati (katta hayvonlarga 1000–2000 ml, bir kunga 2 marta) toksemiya alomatlari yo’qolmagancha yuboriladi.
Sensibilizatsiyani yo’qotish uchun 30% li natriy tiosulfatini katta hayvonlarga 50 ml, kichik hayvonlarga 3–5 ml dan, qon tomirlar devorlarining va xo’jayra membranalarning o’tkazuvchanligini, K va Ca nisbatini normallashtirish uchun esa 10% li kalsiy xloridi eritmasi vena orqali yuboriladi.
Himoya kuchlarini safarbar qilish, atsidozni pasaytirish uchun yengil hazm bo’ladigan, vitaminlashtirilgan va ishqorlovchi ozuqalar beriladi.
Regenerativ – tiklanish jarayonlarini va jigarning antitoksik faoliyatini kuchaytirish maqsadida B guruhga oid vitaminlar, metiluratsil va pentoksil bilan askorbin va foliy kislotalari qo’llanadi. Download 463.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling