Termiz agrotexnoligiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


O‘rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch)


Download 114.18 Kb.
bet11/18
Sana16.06.2023
Hajmi114.18 Kb.
#1508776
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
kurs ishi G`o`zaning karantin zararkunandalariva ularga qarshi kurash choralari

O‘rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch) (Tetranychidae – o‘rgimchakkanalar oilasi,Acariformes –akariforumlar turkumi). O‘rgimchakkana g‘o‘zaning ashaddiy va doim tushadigan zararkunandasi hisoblanadi. U paxta yetishtiriladigan zonalarda
keng tarqalgan hammaxo‘r zararkunandadir. U 248 turdagi
o‘simlik bilan oziqlanadi, shundan 173 turi begona o‘tlar, 38 turi
butalar, 37 turi qishloq xo‘jalik ekinlaridir.
Kana tushgan g‘o‘za turlari sog‘lom turlarga qaraganda
o‘sishdan juda orqada qoladi. Zararlangan barglari sarg‘ayadi,
quriydi va to‘kiladi. O‘rgimchakkana rivojlanishi uchun havo
harorati 26–33°C va nisbiy namlik 55–60% bo‘lishi eng qulay
sharoit hisoblanadi. O‘rgimchakkana kuzda qaysi dalada
oziqlangan bo‘lsa, o‘sha dalada yoki unga yaqin joyda (to‘kilgan
barglar tagida, ko‘sak-ko‘rak ichida, yig‘ishtirib olinmagan
g‘o‘zapoyaning ildiz bo‘g‘zida, tuproq yoriqlarida va kesakchalar
ostida) qishlaydi. Qishlayotgan kanalar juda qattiq sovuqqa
chidaydi, sernam joylarda sovuq –15–20°C bo‘lganda bir qismi,
–29°C da esa hammasi nobud bo‘ladi.
O‘simlik bitlari (Aphididae) oilasi, (Homoptera
tengqanotlilar turkumi)
G‘o‘zaga o‘simlik bitlarining bir necha turi zarar yetkazadi.
Bulardan beda yoki akatsiya biti, g‘o‘za yoki poliz biti va
katta g‘o‘za biti eng xavidir. Bitlar barglar shirasini so‘rib
zararlashi oqibatida poya va ildizlardagi uglevodlar kamayib
ketadi. Qattiq zararlangan barglarning shakli o‘zgarib, bujmayib
150 qoladi. Natijada o‘simlik yaxshi rivojlanmay, hosil 15–20%
gacha kamayib ketadi. Ko‘sak ochilganda bitlar o‘z shirasi bilan
tolani ioslantirib, yopishqoq qilib qo‘yadi, bu esa paxtani qayta
ishlaydigan mashinalar ishini qiyinlashtiradi.

Download 114.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling