Termiz agrotexnoligiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


Download 114.18 Kb.
bet14/18
Sana16.06.2023
Hajmi114.18 Kb.
#1508776
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
kurs ishi G`o`zaning karantin zararkunandalariva ularga qarshi kurash choralari

Ko‘sak qurti (Heliothis armigera Hb) (Noctuidae tunlamlar oilasi,
Lepidoptera – tengqanotlilar turkumi).G‘o‘za tunlamining qurti – ko‘sak qurti g‘o‘zaning guli,shonasi va ko‘saklarini, makkajo‘xorining so‘tasini, pomidor
mevalarini, bamiya, kanop va kanopning g‘unchalarini, no‘xat
dukkaklarini va boshqa ko‘pgina o‘simliklarning hosil organlarini
zararlaydi.Zararlangan shona va yosh tugunchalar ko‘pincha
to‘kilib ketadi. Ko‘sak qurti ba’zan barglarni ham zararlaydi. Ozarbayjonning Mugon cho‘lida ko‘sak qurti ko‘plab urchigan ba’zi yillari paxta hosilining 20–30%, ayrim xo‘jaliklarda esa 70% va undan ham ko‘proq qismi nobud bo‘lgan.
O‘rta Osiyoda, jumladan, Janubiy Tojikistondagi ayrim xo‘jaliklarda ko‘sak qurti hosil organlarining 12% ga yaqinini
nobud qiladi. Umuman olganda, Tojikistonda yalpi paxta
hosilining 30% ga yaqini ko‘sak qurtidan nobud bo‘ladi.
Nihoyat, O‘rta Osiyoning barcha sug‘oriladigan tumanlarida
ko‘sak qurti no‘xat, pomidor, tamaki va makkajo‘xori ekinlariga har yili anchagina zarar yetkazishi qayd qilingan. Ko‘sak qurti O‘rta Osiyo, Kavkaz, Kavkazorti, Yevropaning
janubiy yarmi, Xitoy va Hindi-Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq
mamlakatlari, Afrika, Shimoliy Amerikaning janubiy yarmi, Janubiy Amerika va Avstraliyaning sharqiy qismida uchraydi. Ko‘sak qurti kapalagining uzunligi 12–18 mm, qanotlari yozilganda qulochi 3–4 sm keladi. Oldingi qanotlari sarg‘ishkulrang tusda bo‘lib, ba’zan qizg‘ish-qo‘ng‘ir yoki pushti, yoxud ko‘kish rangda tovlanib turadi. Oldingi qanotlarida qoramtir rangli yoyiq naqsh bor, oldingi qanotlarining uchidan
ichkariroqda unchalik ko‘zga tashlanib turmaydigan belbog‘cha
va qanotlarining o‘rtasida ikkita dog‘ bor. Bu dog‘lardan biri
to‘q kulrang, buyrak ko‘rinishida, ikkinchisi kichikroq, kulrang tusda, yumaloq shaklda va markazi qoramtir rangda bo‘ladi. Keyingi qanotlarining rangi oldingilariga nisbatan ochroq, ularning uch tomonidagi bir qismi qoramtirroq bo‘ladi. Keyingi
qanotlarining o‘rtasida bitta qoramtir nishona bor. Ko‘sak qurtining tuxumi gumbaz ko‘rinishida, qirrali, qirralar tuxumning uchiga borib, bir nuqtada tutashadi. Yangi qo‘yilgan tuxumlari oqimtir-sarg‘ish tusda bo‘ladi. Ko‘sak qurti O‘rta Osiyoning shimoliy tumanlarida ob-havo sharoitiga qarab, soni juda kam bo‘lgan birinchi generatsiya bilan hisoblanganda bir yilda 3–4 generatsiya, janubiy tumanlarida esa
4–5 generatsiya beradi. Qishlovchi g‘umbaklar diapauzaga kirishi sababli bu zararkunandaning taxminan 85% i O‘rta Osiyoning janubida 3–4 bo‘g‘in va boshqa qismlarida 2–3 bo‘g‘in beradi. Ko‘sak qurti kuzda qaysi o‘simliklarda oziqlangan bo‘lsa, uning g‘umbaklari ham o‘sha o‘simliklarga yaqin joyda – yerda – 10–
15 sm chuqurlikda qishlaydi. Dastlab voyaga yetgan kapalaklar aprel oxiri – may boshida paydo bo‘ladi. O‘rta Osiyo va Kavkaz ortida kapalaklarning birinchi ko‘plab
uchishi g‘o‘za shonalayotgan (20 may bilan 20 iyun o‘rtasida)
davrga to‘g‘ri keladi. 5–10 sm chuqurlikdagi tuproq 20° gacha
isigandan keyin 5–10 kun o‘tgach, g‘umbakdan kapalaklar chiqa boshlaydi. Qishlab chiqqan g‘umbaklarning bir qismi may oxiri-iyun o‘rtasi va hatto oxirigacha diapauzaga kiradi. O‘rta Osiyo o‘simliklarni himoya qilish stansiyasi ma’lumotiga ko‘ra,
ko‘sak qurti kapalaklarining birinchi ko‘plab uchishi havoning sutkalik o‘rtacha harorati 15°C dan yuqori bo‘lganda boshlanadi, qishlayotgan g‘umbaklar esa harorat shundan pasaymaganda yaxshi rivojlanadi. Zararkunandaning qurtlik bosqichi 13–21 kun davom etadi. Bu bosqich uzoqroqqa cho‘zilganda g‘umbaklik bosqichi qisqaradi.
Qurtlarning oxirgi 2–3 generatsiyasi eng xavfli. Qurtlar o‘sgan sari, o‘simliklarning yuqori qismidan pastki qismlariga tusha boradi. O‘sib bo‘lgan qurtlar o‘zi oziqlangan
daladagi yoki unga yaqin joydagi tuproq orasiga 5–15 sm chuqurlikka kirib, g‘umbakka aylanadi. Qurtlar g‘umbakka aylanishidan oldin tuproq ichiga kirib, mustahkam devorli
beshikcha yasaydi va uning yo‘li hamda ichki tomoniga o‘rgimchak iplari o‘rab oladi. Harorat 15°C dan past bo‘lmaganda, 15 kundan keyin g‘umbaklardan kapalaklar chiqadi, harorat bundan past bo‘lganda esa g‘umbaklar qishlab qoladi. Ko‘sak qurtining to‘la rivojlanib bo‘lishi (generatsiyasi) asosan haroratga bog‘liq. Oylik o‘rtacha harorat 20°C bo‘lganda qurtning rivojlanishi 43–44 kunda, 30°C bo‘lganda esa 30 kunda tugallanadi.

Download 114.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling