Termiz agrotexnoligiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


Tur - Misr g`o`za tunlami -


Download 114.18 Kb.
bet17/18
Sana16.06.2023
Hajmi114.18 Kb.
#1508776
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
kurs ishi G`o`zaning karantin zararkunandalariva ularga qarshi kurash choralari

Tur - Misr g`o`za tunlami - Spodoptera littoraUs Baisd., Timlamlar - Noctuidae - Oilasi, Tangaqanotlilar - Lepidoptera - (urkumiga mansub tashqi karantin zararkunanda.
TARQALISHI: Misr g`o`za tunlami Osiyoning Baxreyn, Isroil, Eron, Jroq, lordaniya, Yam an, Livan, BAA, Saudiya Arabistoni, Suriya, Turkiya davlatlarida hamda Afrika qit‘asiiiing deyarli barcha davlatlarida, Evropaning Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Malta, Portugaliya, Fransiya va hakazo davlatlarda tarqalgan . Misr g`o`za tunlam tarqalgan hududlar
ZARARI: Misr g`o`za tunlami asosan g`o`za, kartoshka, makkajo`xori,
lavlagi, sabzi, kungaboqar, piyoz, karam, soya va barcha dukkaklilami, atirgul va hakazo ekinlarni zararlaydi.
Misrda bir necha yillar surunkasiga bu tunlam ta‘siridan 75% gacha g'o'za hosili yo`qotilgan. Kapalagi tashqi tomondan, rangli, qanotlaridagi surati bilan Osiyo g`o`za tunlamiga mutlaqo o‗xshash bolib, ulami faqat bir-biridan orqa
qanotlarini oq rangi va genital organini tuzilishi bilan ajratish mamkinYangi qo`yilgan tuxum sadafsimon, oq-sariq yoki yashil rangda. Tuxum to`plari urg`ochi zotini qorin oxiridan ajratilgan, zarrin jigar rang tuklar bilan
qoplangan. Qurt chiqishdan oldin tuxumning ustki qismi qorayadi, osti esa oqaradi. Qurtining rangi Osiyo tunlami qurti rangini eslatadi. U faqatgina og‗iz apparati qismlarining shakii hamda ko‗krak oyoqlaridagi tirnoqchasi bilan
ajralib turadi. G`umbagi jigar rang, uzunligi 16 mm atrofida, qanot boshlang`ichlari, oyoqlari, mo'ylovlari aniq ko`rinib turadi. Qorni oxiri qismida bir juft tikanchasi bor.
KARANTIN CHORA-TADBIRLARI YOKI KURASH CHORALARI:
Karantin punktlarida sabzavot ekinlarini hollari, g`o`za ko`saklari, pomidor va baqlajon mevalari, loviya va o`ris no`xatning doni, makkajo`xorining ruvaklari va xrizantema hamda atirgulning gullari va boshqalar nazorat qilinishi lozim.
Agar zararkunanda mavjudligi aniqlansa, olib kiriiayotgan rnoliarni zararsizlantirish darkor. Ha‘zi mamlakatlar dalada Osiyo va Misr g`o`za tunlamlari zarari mavjudligini aniqlash uchun jinsiy feromonlar (feromon tutqichlar) qo`llashadi, agar
aniqlansa, zararlangan o`choqlar‖ yo`qotiladi. Yaponiyada Osiyo tunlami bilan kurashda g`o`za tunlamining jinsiy feromoni ishlatiladi. Misr g`o`za tunlamining feromoni 4 ta kimyoviy birikmadan tashkil topgan. Ulardan eng
satnaralisi sistrans- 9, 11- lelradetsilatsetat bulib, u tunlamning erkak zotlarini
uzoq masofalardan ham jalb etishi o`rganilgan.


Xulosa
Gʻo`zaning almashlab ekish dalalariga ekiladi, ulardan gʻoʻza-beda va gʻoʻza-don al-mashib ekish keng tarqalgan. Agrotexnika tadbirlari orasida kimyolashtirish muhim oʻrin egallaydi. Mineral oʻgʻitlar normalari, ularning nisbati tuproqiqlim zonalariga, dala sharoitiga, nav va uning hosildorligiga bogʻliq. Oʻrta tolali Gʻo`zaning .1 t paxta toʻplashi uchun tuproqdan 50–60 kg azot va kaliy, 12–20 kg fosfor; ingichka tolali Gʻo`zaning .esa oziq moddalarni bunga nisbatan 20 — 25% koʻproq oladi. Mikroelementlar (bor, marganets, rux, mis, molib-den), organik va mahalliy oʻgʻitlar ishlatiladi. Chigit ekish tuproq harorati 10 kun davomida 12—14° boʻlganda mart oxiri—apr. boshlarida boshlanadi. Ekishda tuksizlantirilgan (chigitni aniq ekish) yoki tukdor chigitlardan foydalaniladi. Qoʻsh qatorlab, keng qatorlab (qator orasi 60, 90 sm) ekiladi. Koʻchat qalinligi tuproq sharoitlari va navning biologik xususiyatlariga qarab har gektarda 110—170 minggacha niholni tashkil etadi. Oʻrta Osiyoda Gʻo`zaning faqat sugʻoriladigan zonalarda ekiladi.
Hosilni yigʻib olish paxta terish mashinalariga moʻljallangan dalalarda defoliatsiya yoki desikatsiya qilingandan keyin boshlanadi. Gʻo`zaning agrotexnikasining barcha kompleksi, paxtani terib olish, qisman sugʻorish va boshqa baʼzi agrousullar mexanizatsiyalashtirilgan.



Download 114.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling