Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti zooinjeneriya, veterinariya va ipakchilik


Download 0.67 Mb.
bet10/10
Sana25.02.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1227888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Oybek kurs ishi 315

1.Silab siypash. Massaj qilishda, patologik o’choq atrofidagi sog’lom to’qimalardan boshlanadi, so’ngra patologik o’choq silab siypalanadi va yana massaj sog’lom to’qimalarda tugatiladi. Tananing tekis joylarini massaj qilganda, kaft bilan dastlab sekin bosib bir joy massaj qilinadi, keyinchalik bosim kuchi oshirib boriladi. Birdaniga keng joyni silab siypashda, belgilangan joy to’lig’icha birdaniga massaj qilinadi. Bunda massajni qayerdan boshlash va qayerdan tugatishga ahamiyat beriladi. Qulni limfa, vena tomirlariga va limfa tuguniga nisbatan qanday holatda tutish, qanday kuch bilan bosishga massajning boshiga, o’rtasiga va oxiriga e’tibor qaratiladi.
Silab siypash usulining qo’yidagi turlari mavjud:
a) kaft usuli – bu usul yordamida asosan hayvon tanasining tekis joylari, ya’ni son, buyin va sag’rin yuzalari massaj qilinadi.
b) krest usuli – bu usulda, barmoqlarni bir-biriga o’tkazib, kaftlar oralig’iga aylana shakldagi organlar boldir, tirsak, bilaguzuk sohalari olinib massaj qilinadi.
v) ombursimon usul – bu usul yordamida asosan barmoqlarning bukuvchi paylari va uch boshli mushak massaj qilinadi. Bunda payning bir tomoniga massaj qiluvchining ko’rsatgich va o’rta barmog’i, ikkinchi tomoniga bosh barmog’i bo’lishi kerak. Massaj qanday boshlanishidan qat’iy nazar, sekin va bir maromda boshlanadi va asta-sekinlik bilan bosim oshirib boriladi.
Silashda terida qon aylanishi yaxshilanadi, yog’ va ter bezlari funksiyasi oshadi va og’riq kamayadi. Bundan tashqari yallig’lanish shishi va infiltratlarning so’rilib ketishiga ijobiy ta’sir etadi.
2.Uqalash usuli. Bir nechta barmoqlar yordamida teri va chuqurda joylashgan to’qimalar aylanma harakat bilan massaj qilinadi. Uqalashni har xil yunalishda, hatto limfa oqimiga qarshi o’tkazish mumkin. Bu usulni qo’llaganda patologik o’choqdagi chandiqlar, qotib qolgan to’qimalar yumshaydi. Shuning uchun ham bu usul serofibroz, fibrinozli bursitlarni, sinovitlarni, tendovaginitlarni va yiringsiz yallig’lanish infiltratlarini davolashda qo’llaniladi. Yuqordagi massaj turini silab siypash usuli bilan almashtirib qo’llash, yumshagan va ortiqcha mahsulotlarni so’rilib ketishini tezlashtiradi.
3. Ezib yumshatish. Bunda to’qimalar g’ijimlanadi, ko’tariladi, tushiriladi, eziladi va yumshatiladi . Bu usulni qo’llashdan asosiy maqsad, mushaklarda qon aylanishini tezlashtirish, to’plangan oraliq mahsulotlardan tozalash, mushak tolalarini qisqarishini kuchaytirish, paylar va chandiqlarning harakatchanligini oshirish va patologik o’choqdagi to’plangan keraksiz to’qimalarni chiqib ketishini ta’minlashdan iborat . Bu usul asosan mushaklar atrofiyasida, falajlanishida, charchashida, paylar va mushaklarda chandiq hosil bo’lganda qo’llaniladi.
Ezib yumshatishning qo’yidagi usullari qo’llaniladi:
a) ishqalash usuli. Bunda oyoqning distal qismi ikkala qo’l oralig’iga olinib ishqalanadi. Massajda qo’llar harakati bir-biriga qarama qarshi harakat qiladi ya’ni o’ng qo’l oldinga ketsa chap qo’l orqaga tortiladi.
b) sirpanuvchi usuli. Bu usulda pay yoki tuqima bosh va qolgan barmoqlar oralig’iga olinib, ozroq bosim bilan oldinga harakatlantiriladi. Bu usul xuddi rezina trubkasi ichidagi suvni siqib tashqariga chiqarish holatiga o’xshab ketadi.
v) qisish usuli. Bunda bir qo’l bilan mushak va paylar qisib ko’tariladi, ikkinchi qo’l bilan esa uning pasti qisib qo’yib yuboriladi. Mushak va paylarni ko’tarishni iloji bo’lmasa, barmoqlar yordamida qattiq bosilib aylanma harakat qilinadi.
4.Urib qo’yish. Bu usulda barmoqlar uchi, kaft, musht yoki maxsus asboblar bilan patologik o’choq va uning atrofi ma’lum vaqt davomida urib-urib turiladi.
Urib qo’yishning qo’yidagi usullari qo’llaniladi:
a) chopish usuli. Bunda patologik o’choq va uning atrofiga ikkala qo’l kaft va barmoqlari, tirsak yo’nalishida tik qo’yiladi va navbatma-navbat urib turiladi. Og’riq kuchli bo’lmasligi uchun, qo’llarni ko’targanda bormoqlar orasi ochiladi, teriga tekkanda ular bir-biriga yaqinlashtiriladi.
b) shapillatib urish usuli. Bu usulda kaft va barmoqlar yordamida qisqa-qisqa uriladi.
v) musht bilan urish usuli. Bunda barmoqlar ozroq kaftga qisiladi va kaft tomon bilan kuchsiz urib turiladi. Bu usul moddalar almashinuvini yaxshilaydi, nerv tonusni va mushaklar qisqarishini oshiradi. Bu usul, qon tomirlar ko’p bulgan joylarda qo’llanilmaydi.
g) taqillatib urish usuli. Bunda qirq gramli perkussion yoki yog’och bolg’acha ishlatiladi. Bu usul asosan mushak kam bo’lgan joylarda ya’ni singan suyaklarda suyak to’qimalarini o’sishini tezlashtirish maqsadida qo’llaniladi.
5.Tebratish (Vibrasiya). Tebratuvchi harakatlar, maxsus asboblar yordamida to’qimalarga kichik ritmik harakat bilan ta’sir qilib amalga oshiriladi.
Massaj turli xildagi patologik jarayonlarga turlicha tavsiya qilinadi. Masalan, lat yeyishlarda kasallik boshlanganidan uch kun keyin, tendovaginitlar va bo’g’im distorziyalarida 4-5 kundan keyin, bo’g’imlar chiqishida 10-12 kundan keyin tavsiya qilinadi.
Massajni bir kunda 1-2 marta 10-15 daqiqa davomida qo’llash maqsadga muvofiqdir. Massajni kasalliklarning o’tkir shaklida 10 kun davomida, surunkali kechishida esa 1 oy dan kam bo’lmagan muddatda qo’llash tavsiya etiladi.

Xulosa
Mustaqillikka erishganimizdan so`ng, O`zbekistonda ta`lim sohasida keng imkoniyatlar ochildi, vatanimizning xalqaro sahnadagi muvaffaqiyati, obru e'tibori va o`rni milliy o`zligimizni anglashda, veterenariya sohasi yetakchi mavqe kasb etib, har bir fuqoroning mamlakat taqdiri uchun mas'ullik hissini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan xulosa shuki, talabalarga boshlang`ich kurslardan boshlab Zoologiya, anatomiya va fizologiya, kabi mutaxassislik fanlarining asosi bo`lgan hayvonlar anatomiyasi mashg`ulotlari ham amaliy, ham ilmiy–nazariy jihatdan yaxshi o`qitilishi shart. O`tmish tarixdan aniq ma`lumki, qadimda buyuk mutafakkir olimlar biologik bilimlarni qo`llash natijasida, katta yutuqlarga erishganlar. Bularni talabalarga o`qitishda didaktiv prinsiplarning asosiysi hisoblangan– ilmiylik prinsipi yetakchi o`rin egallashi lozim.
Men o`zimning kurs ishimda Aseptik yallig’lanishlarni davolashda haqidagi umumiy tushunchalarni bayon etdim, ishlash usullarini misollar keltirish bilan yoritdim. Shu bilan birga yurak tahlillarga doir bir nechta misollarni ko`rsatdim. Men o`z kurs ishimda oldimga qo`ygan maqsadimga erishdim.
Foydalanilgan adabiyotlar

1. Rustamov H.K., va boshq. «Operativ xirurgiya», Samarqand, 1997.


2. Belov A.D., i dr. «Obshaya veterinarnaya xirurgiya» , Moskva,1990.
3. Shakalov K.I., i dr. «Chastnaya veterinarnaya xirurgiya», Leningrad, 1986
4. Kalashnik I.A. «Praktikum po obshey i chastnoy veterinarnoy xirurgii»,
Moskva, 1988
5. Oripov U.O., Karimov SH.N. «Umumiy xirurgiya», Toshkent, 1994
6. Narziyev D.X. «Hayvonlar anatomiyasi», Toshkent, 1986
7.www.ziyonet.uz sayti
Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling