Termiz davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Magistrant tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasalari rahbariyatiga


Download 88.07 Kb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi88.07 Kb.
#1500600
1   2   3   4   5   6   7   8
Magistrant tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasalari rahbariyatiga:
Tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari to’g’risidagi ma’lumotlarni talabalarga doimiy berib boradi;
Magistratura bosqichiga o’qishga qabul qilingan talabalar o’quv yilining birinchi oyidan ta’lim tashkilotlarining tegishli yo’nalishlari bo’yicha ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilm-fan bilan tanishishi va o’zlarining ilmiy qiziqishlariga mos mavzularni aniqlashi uchun yo’naltiradi;
Magistratura talabalarining magistrlik dissertatsityalariga ilmiy-tadqiqot muassasalari mos yo’nalishlari, ta’lim va jamoat tashkilotlaridagi yetakchi mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot muassasasi xodimlaridan ilmiy maslahatchi tasdiqlash va ushbu xodimlarga rahbarlik uchun (moliyalashtirish rejasiga muvofiq) ish haqi to’lanishni ta’minlayadi;
Oliy ta’lim muassasalarining tegishli magistratura mutaxassisliklari bo’yicha talabalar amaliyotlarini ilmiy-tadqiqot, ta’lim, ishlab chiqarish, jamoat tashkilotlarida shartnoma asosida o’tkazilishini hamda amaliyotining reja-jadvali va dasturlari to’liq hajmda bajarilishini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilaydi;
Talabalarning amaliyotini tashkil etish, mutaxassisligi bo’yicha bilimlarini chuqurlashtirish, ko’nikma va malakalarini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib boradi;
Amaliyotni o’tagan talabalarni o’qishni muvaffaqiyatli tamomlaganlaridan so’ng amaliyot o’tagan tashkilotlarning, muassasalarining ehtiyojlari asosida ularni ishga yo’naltirish vazifalari yuklatadi.
Institutdan stajirovka rahbari – stajirovkaga yo‘llangan magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi va ilmiy-tadqiqot ishlariga bevosita rahbarlik qilayotgan ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi).
Uning vazifalariga quyidagilar kiradi:
- har hafta elektron va telekommunikatsiya tizimlari (telefon, faks, elektron pochta va boshqalar) stajyorning stajirovkasini borishini nazorat qilib borish;
- qabul qiluvchi tashkilot tomonidan magistrantlarga rahbar biriktirish jarayonida ishtirok etish;
- stajyor kundaligining to‘ldirilib borishini nazorat qilish;
- stajirovka dasturini ishlab chiqish;
- stajyorning qabul qiluvchi tashkilotga qatnashini nazorat qilish;
- qabul qiluvchi tashkilot rahbari bilan stajirovkaning o‘tkazilishi yuzasidan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- stajyorga stajirovka dasturini bajarish yuzasidan metodik yordam ko‘rsatish;
- zarur holatlarda stajirovka dasturini bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish uchun qabul qiluvchi tashkilotga tashrif buyurish;
- qabul qiluvchi tashkilot rahbari bilan birgalikda stajirovkaning yakuni bo‘yicha stajyorning faoliyatini baholaydi.
Qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari – zimmasiga magistratura talabalari tomonidan stajirovka o‘tash mas’uliyati yuklangan qabul qiluvchi tashkilot xodimi.
Uning vazifalariga quyidagilar kiradi:
- stajirovka dasturida belgilangan topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish;
- magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar to‘plashda stajyorga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish;
- stajyorni ilmiy loyihalar, pedagogik tajriba-sinov ishlari, ilmiy-amaliy konferensiyalarga, shuningdek, ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish;
- stajyorning ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlarda ishtirok etishini nazorat qilish va h.k.
Qabul qiluvchi tashkilot rahbarining eng asosiy vazifasi stajyorning ilmiy faoliyatni olib borishiga yordam berishdir.
Stajyor – 70112101 – ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) mutaxassisligida tahsil olayotgan 2 kurs magistrantlari.
Stajyorning majburiyatlari:
- Institutdan va qabul qiluvchi tashkilotdan tayinlangan rahbar tomonidan belgilangan ilmiy faoliyatga taalluqli vazifalarni o‘z vaqtida bajirish;
- magistrlik dissertatsiyasining nazariy, amaliy va eksperimental qismlari bo‘yicha materiallarni to‘plash;
- o‘zining kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalari hamda shaxsiy faoliyat tajribasini rivojlantirish;
- magistratura bo‘limi, kafedra va qabul qiluvchi tashkilot tomonidan belgilangan talablarga muvofiq hujjatlarni rasmiylashtirish.
Stajyorning eng asosiy vazifalaridan biri o‘zida kasbiy qobiyaliyatlarni rivojlantirishdir.

Download 88.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling