Termiz davlat pedagogika instituti


-rasm. Androtseyning tuzilishi


Download 7.68 Mb.
bet8/17
Sana13.09.2023
Hajmi7.68 Mb.
#1677393
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
АНТЭКОЛОГИЯ. УСЛУБИЙ КЎРСАТМА. 2022 ЙИЛ

101-rasm. Androtseyning tuzilishi: 1-lola; 2-yalpiz; 3-chizma gul;
4-kungaboqar; 5-no‘xat; 6-mavrak.

Gulning markaziy qismida mevabargcha yoki karpellalardan tashkil topgan bir yoki bir nechta urug‘chi joylashadi.


Guldagi urug‘chilar to‘plami ginetsey (gyne- ayol, oikos- uy) deb ataladi. Urug‘chi 3 qismdan: tumshuqcha, ustuncha va tugunchadan tashkil topgan. Mevabargchalar morfofunksional tuzilishiga ko‘ra megasporofillarga to‘g‘ri keladi. Birmuncha soddaroq tuzilgan gulli o‘simliklarda (masalan, degeneriyada) mevabargchalarning faqat qirralari birikadi. Mevabargchaning qirralarida yoki yuzasida joylashgan urug‘kurtaklar mevabargcha qirralari birikishi natijasida uning ichki tomonida qoladi. Bu bir tomondan urug‘kurtakni yaxshi himoyalanishini ta’minlasa, ikkinchi tomondan urug‘kurtakka chang kelib tushishini qiyinlashtiradi.
Changni ushlash vazifasini esa mevabargchalar birikkan qirrasida joylashgan bezli tukchalar amalga oshiradi. Yuqori rivojlangan gulli o‘simliklarda bu vazifani urug‘chining tumshuqcha qismi bajaradi. Tumshuqcha qismida joylashgan hujayralar o‘zlaridan maxsus suyuqlik — shira ajratib chiqaradi. Bu shira changlarni ushlab qolish va uning o‘sishini ta’minlash vazifasini bajaradi. Tumshuqchalar shakli xilma-xildir. Tumshuqcha urug‘chining tuguncha qismiga ustuncha orqali birikadi. Gohida ustuncha ancha uzun bo‘lib, gulqo‘rg‘ondan ancha chiqib turadi. Ustuncha tuzilishiga ko‘ra ochiq va yopiq tiplarga bo‘linadi. Ochiq ustunchada chang nayi o‘tishi uchun maxsus kanalcha bo‘ladi. Yopiq ustunchada bu kanalcha bo‘lmaydi. Chang nayi hujayralararo bo‘shliqlar orqali urug‘kurtakka o‘tadi.
Urug‘chining asosiy qismi tuguncha bo‘lib, uning ichki tomonida bir yoki bir nechta urug‘kurtak joylashadi. Urug‘kurtakning tuguncha devoriga birikkan joyi plasenta deb nomlanadi. Plasentalarning quyidagi turlari ajratiladi:

  1. Laminal plasenta — urug‘kurtaklar mevabargchaning yuzasi bo‘ylab birikkan bo‘ladi.

  2. Qirrali plasenta — urug‘kurtaklar mevabargchaning o‘zaro birikkan qirrasi bo‘ylab joylashadi.


  3. Download 7.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling