Termiz davlat pedagogika instituti


- laboratoriya mashg‘uloti


Download 7.68 Mb.
bet11/17
Sana13.09.2023
Hajmi7.68 Mb.
#1677393
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
АНТЭКОЛОГИЯ. УСЛУБИЙ КЎРСАТМА. 2022 ЙИЛ

3 - laboratoriya mashg‘uloti.
Mavzu: Bir, ikki va ko‘p uylik o‘simliklar.
Dars maqsadi: Talabalarga o‘simliklar olamida uchraydigan bir, ikki va ko‘p uylik hodisalarini tushuntirish.
Identiv o‘quv madsadlari:

  1. Bir, ikki va ko‘p uylik o‘simliklar qanday belgilariga ko‘ra ajratilishini aytib bera oladi.

  2. Ayrim va qo‘sh jinsli gullarni farqlay oladi.

Ma’lumki, gulli o‘simliklarning ko‘pchiligida ham changchi, ham urug‘chi bitta gulning o‘zida joylashgan bo‘ladi. Bunday gul qo‘sh jinsli gul deb ataladi. Qo‘sh jinsli gullar gulli o‘simliklarning qariyb 72 % da uchraydi. Shuning bilan birga bitta gulda faqat urug‘chi yoki changchilar joylashgan gullar ham bo‘lib, bunday gullar ayrim jinsli gullar deb nomlanadi. Ayrim jinsli gullar urg‘ochi va erkak gullarga ajratiladi.
Gulli o‘simliklarning jinsiy formalarini turli vaqtlarda ko‘pgina olimlar klassifikatsiyalarini yaratishgan, bu klassifikatsiyalar orasida Ye.I.Demyanova klassifikatsiyasi oddiy va aniq tuzilgan. Unga ko‘ra, barcha gulli o‘simliklar 4 tipga bo‘linadi:
I tip. Germafrodit o‘simliklar. Bu o‘simliklar faqat ikki (qo‘sh) jinsli (germafrodit) gullarga ega bo‘lishadi (olma, yantoq, bug‘doy).

II tip. Bir uyli o‘simliklar. Bir tup o‘simlikda har xil jinsli gullar uchraydi. Ularning quyidagi jinsiy formalari ajratib ko‘rsatiladi:
a) haqiqiy bir uyli (monoesiyali) (monoesiya, monesiya–yun. monos–bir, oikion–uy) o‘simliklar. Bu formaga bir tupning o‘zida changchi () va urug‘chi () gullari bo‘lgan ayrim jinsli o‘simliklar kiritiladi (makkajo‘xori, bodring, oq qayin, eman);

b) andromonoesiyali o‘simliklar. Bir tup o‘simlikda ikki jinsli hamda changchi gullari bo‘ladi (aksariyat ziradoshlar, boshoqli o‘simliklar (arpa), ra’noguldoshlar).


Download 7.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling