Termiz davlat pedagogika instituti


- laboratoriya mashg‘uloti


Download 7.68 Mb.
bet13/17
Sana13.09.2023
Hajmi7.68 Mb.
#1677393
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
АНТЭКОЛОГИЯ. УСЛУБИЙ КЎРСАТМА. 2022 ЙИЛ

4- laboratoriya mashg‘uloti
Mavzu: O‘simlikning mavsumiy rivojlanish fazalari va
fenospektr tuzish.


Dars maqsadi: Talabalarda gullarning shamol va suv vositalari bilan changlanish usullari va ularning xilma — xilligi to‘g‘risida tushunchalar hosil qilish.
Identiv o‘quv maqsadlari:
1. Gullarning abiotik omillar yordamida changlanish usullari to‘g‘risida ma’lumot bera oladi.
2. Abiotik changlanish tiplari haqida fikr yurita biladi.
Kerakli jihoz va materiallar: : soat, psixrometr, termometr, lyuksimetr, daftar, chizg‘ich va boshqalar.
Umumiy tushuncha. O‘simliklarning mavsum davomida rivojlanishini o‘rganish, ya’ni fenologiyasini bilish, o‘simliklarni o‘rganishning asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. O‘simliklarning mavsum davomida fazalarini kuzatish bitta turda yoki o‘simliklar jamoasida tashqi muhit sharoitlarini hisobga olgan holda olib boriladi. Demak, fenologik kuzatishlar bir vaqtning o‘zida o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi hamda yashash muhiti omillarining mavsum davomida o‘zgarishi bilan birgalikda olib boriladi. Barcha tashqi muhit omillari (iqlim, tuproq, hayvon va h.) o‘simlikka alohida ajratib qo‘yilgan holda ta’sir qilmasdan, balki bir paytda o‘zaro bog‘liq holda ta’sir qiladi. O‘simlikning rivojlanish qonuniyatlarini to‘liq tushunib еtish uchun bir vaqtning o‘zida ham o‘simlikning o‘zidagi, ham o‘simlik yashab turgan muhitdagi davriy jarayonlarni o‘rganish kerak. Fenologiyaning vazifasiga faqat o‘simlik fenofazalarini o‘tishini qayd qilishgina emas, balki tabiat hodisalarini maromi bilan o‘zgarish ta’sirini o‘rganish ham kiradi.
Ayrim olingan turlarni fenologik kuzatish metodikasida ikkita bosqichni ajratib olishimiz mumkin:

  1. Kuzatishni tashkil qilish;

  2. Ob’ektni tanlash va kuzatishni o‘tkazish joyi.

Kuzatishni tashkil qilish. Ma’lum bir joyda, faqat bitta tur ob’ektda kuzatish olib borilsa, bunday kuzatishga yakka holdagi kuzatish deyiladi. Agar bir qancha joylarda olib borilsa va masala umumiy bo‘lsa, masalan, fenologik xarita tuzish kerak bo‘lsa, bunday kuzatishga yoppasiga kuzatish deyiladi. Kuzatishni tashkil qilish asosan ob’ektni tanlash, kuzatish vaqtini o‘rganish va o‘simlikni kuzatishni yashab turgan muhit sharoitlari bilan taqqoslab olib borishdan iborat.

Download 7.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling