Termiz davlat pedagogika instituti


c) ginomonoesiyali o‘simliklar


Download 7.68 Mb.
bet12/17
Sana13.09.2023
Hajmi7.68 Mb.
#1677393
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
АНТЭКОЛОГИЯ. УСЛУБИЙ КЎРСАТМА. 2022 ЙИЛ

c) ginomonoesiyali o‘simliklar. Bir tup o‘simlikda 2 xil gullar: ham ikki jinsli ham urug‘chi gullari bo‘ladi (aksariyat qoqio‘tdoshlar (masalan, shuvoqlar, astra), yalpizdoshlar, chinniguldoshlar).

d) trimonoesiyali o‘simliklar. Bir tup o‘simlikda 3 xil gullar: ikki jinsli, changchi hamda urug‘chi gullari bo‘ladi (tarvuz, sohta kashtan, zarang, orxideya ).



III tip. Ikki uyli o‘simliklar (diesiyali (dioecy) o‘simliklar). Bu o‘simliklarda changchi va urug‘chi, ikki jinsli va changchi, ikki jinsli va urug‘chi gullari har xil o‘simliklarda joylashadi. Ular quyidagi formalarga bo‘linadi:
a) haqiqiy ikki uyli (diesiya-dioecy) o‘simliklar. Bunda bir guruh o‘simliklar faqat urug‘chi gullar, boshqalari – faqat changchi gullarni (tog‘terak (osina), terak, tol va boshqalar) hosil qiladi.

b) androdiesiyali (androdioecy) o‘simliklar. Bunda faqatgina ikki jinsli gullari bo‘ladigan o‘simliklar qatorida faqatgina changchi gullari bo‘lgan o‘simliklar ham uchraydi (ayrim ayiqtovondoshlar).

c) ginodiesiyali (gynodioecy) o‘simliklar. O‘simliklarning bir guruhi faqat ikki jinsli gullar hosil qilsa, boshqa guruhi – faqatgina urug‘chi gullar hosil qiladi (ko‘pgina yalpizdoshlar, to‘ng‘iztaroqdoshlar, chinniguldoshlar va boshqalar).

d) poligam-ikki uyli o‘simliklar. Changchi va urug‘chi gullar har xil o‘simliklarda joylashgan bo‘lib, ularda ba’zan ikki jinsli gullar yoki boshqa jinsli gullar ham uchraydi (otquloq).

IV. Uch uyli (triesiyali) o‘simliklar. Bunda urg‘ochi, erkak va qo‘sh jinsli gullari turli o‘simliklarda joylashgan bo‘ladi (zarang, sovuno‘t).

Nazorat uchun savollar:
1. Qo‘sh jinsli gulda ........bo‘ladi.
a) changchi va urug‘chisi b) faqat changchisi
c) faqat urug‘chisi d) changchisi bor, rivojlanmagan
2. Bir uyli o‘simliklarda .......... bo‘ladi.
a) Ayrim jinsli gullar
b) Qo‘sh jinsli va ayrim jinsli gullarning 1 tasi
c) yo qo‘sh jinsli, yo ayrim jinsli gullarning ikkalasi
d) faqat urg‘ochi gullar
3. Zarang va sovuno‘tda .................o‘simlikda joylashadi.
a) qo‘sh jinsli gullari 1 ta.
b) ayrim jinsli gullari 1 ta.
c) qo‘sh jinsli va ayrim jinsli gullari 1 ta.
d) qo‘sh jinsli, urg‘ochi va erkak gullari turli.
3. Haqiqiy ikki uyli o‘simliklarga kiradi.
a) gledichiya, sovuno‘t b) nasha, astra
c) makkajo‘xori, qovoq d) terak, tol.
Mavzu bo‘yicha asosiy xulosalar:
• Gul biologiyasini faqat tirik ob’ektlarda o‘rganish mumkin. Gul biologiyasi guldagi turli morfologik va fiziologik tuzilmalar, belgi va xossalar bilan tavsiflanadi.
• Gullar changchi va urug‘chilar bor-yo‘qligiga qarab, qo‘sh va ayrim jinsli (urg‘ochi va erkak) gullarga ajratiladi. Bu gullarni o‘simliklarda uchrashiga ko‘ra bir, ikki va ko‘p uyli o‘simliklarga ajratiladi.
Adabiyotlar:
1. Демьянова Е.И. Антэкология (учебное пособие для студентов и магистрантов биологического факультета, обучающихся по направлениям «Биология» и «Экология и природопользование). Пермь, 2010.
2. Джумаев Х.К. Антэкология. Ўқув қўлланма. Тошкент. 2021 йил.

Download 7.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling