Termiz davlat pedagogika instituti


Download 7.68 Mb.
bet9/17
Sana13.09.2023
Hajmi7.68 Mb.
#1677393
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
АНТЭКОЛОГИЯ. УСЛУБИЙ КЎРСАТМА. 2022 ЙИЛ

Ustunchali plasenta — urug‘kurtaklar mevabargchaga birikmay, balki uning o‘rtasidagi ustuncha atrofida joylashadi.

Urug‘chi tuzilishida qancha mevabargchalar ishtirok qilishiga qarab, ginetseylar ikki tipga ajratiladi (Taxtadjyan, 1980):

  1. Apokarp ginetsey — urug‘chi hosil bo‘lishida bitta mevabargcha ishtirok qiladi (102-rasm). Urug‘chilar o‘zaro birikmay, ko‘pincha spiral holda mustaqil joylashadi. Apokarp ginetsey magnoliyadoshlarda, ayiqtovondoshlarda, burchoqdoshlarda va boshqa oilalarda keng tarqalgan;

2) Senokarp ginetsey — urug‘chi hosil bo‘lishida 2 va undan ortiq mevabargcha ishtirok qiladi. Bu mevabargchalarning o‘zaro qo‘shilib o‘sib ketganligi darajasiga qarab senokarp ginetsey 3 kenja tipga ajratiladi:
a) Sinkarp ginetsey — urug‘chini hosil qilayotgan mevabargchalarning faqat yon taraflari qo‘shilib o‘sib ketadi. Urug‘kurtaklar mevabargchalarga qirrasi bo‘ylab birikadi. Bu tipdagi ginetsey ko‘pchilik bir pallali o‘simliklarda uchraydi.
b) Parakarp ginetsey — urug‘chini tashkil qilgan mevabargchalar faqat qirralari bilan tutashadi. Urug‘kurtaklar esa devorning shu qirrali qismiga joylashadi. Bu xildagi ginetseyni ko‘knori, qovoq, bodring, qovun o‘simliklarida uchratamiz.
c) Lizokarp ginetsey — urug‘chini hosil kilishda qatnashgan mevabargchalarning yon tomonlari qo‘shilib o‘sgan sinkarp ginetseylardan yon devorlariniig erib ketishi hisobiga yuzaga keladi. Bu ginetseyda urug‘kurtaklar ginetsey markazida kolonkasimon holda joylashadi. Bu tipdagi ginetsey semizakdoshlar va chinniguldoshlarda uchraydi.

102-rasm. Ginetsey tiplari evolyusiyasi (A.L.Taxtadjyan, 1980):
1-monokarp; ; 2-apokarp; 3-sinkarp; 4-parakarp; 5-lizokarp.

Urug‘chi tuguncha qismi bilan gul o‘rniga birikadi. Tugunchaning boshqa gul qismlariga nisbatan joylanishiga qarab tuguncha ustki, ostki va o‘rta holatlarga ajratiladi (103-rasm).



103-rasm. Tugunchaning joylanishi: B: I-ustki tuguncha; II-yarim ostki tuguncha; III-ostki tuguncha.

Tuguncha ustki bo‘lganida tuguncha devori faqat mevabargchadan tashkil topgan bo‘ladi. Urug‘chi gul o‘rnida erkin joylashadi. Tuguncha ostki bo‘lganda tuguncha devori gulning boshqa qismlari bilan qo‘shilib ketgan bo‘lib, erkin holda bo‘lmaydi. Agar tuguncha devorining pastki kismi qo‘shilib ketgan bo‘lib, ustki tomoni qo‘shilmagan bo‘lsa, tuguncha o‘rta holatda deyiladi.



Download 7.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling