Termiz davlat pedagogika instituti


To‘plangan ma’lumotlarni hisoblash va yozish


Download 7.68 Mb.
bet15/17
Sana13.09.2023
Hajmi7.68 Mb.
#1677393
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
АНТЭКОЛОГИЯ. УСЛУБИЙ КЎРСАТМА. 2022 ЙИЛ

To‘plangan ma’lumotlarni hisoblash va yozish. Fenologik kuzatishlarning natijalari daftar va blankalarda yozilgan bo‘ladi. Agarda oldingizga o‘simlik turlarini mavsum davomida kuzatish va muhit omillari bilan bir vaqtda kuzatish, ishni birgalikda olib borish kabi maqsadlar qo‘yilsa, unda jadvallar tayyorlanib, fenospektr yoki egri chiziqlarni chizish kerak. Agar kuzatishning maqsadi turli geografik mintaqalarda bir xildagi o‘simlik turlarining gullashi yoki meva hosil qilishi kabi vaqtlarini taqqoslash kerak bo‘lsa, fenoxarita tuziladi. Fenoxaritalar esa namlikning tarqalish xaritalari, havo harorati, namligi va boshqa iqlim ko‘rsatkichlari nuqtasi bilan taqqoslanadi. Undan tashqari, geobotanik va tuproq xaritalari bilan ham taqqoslash esa o‘simlik ayrim fazalari boshlanishining iqlim omillariga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi va shunga imkon beradi.
Kerakli jihozlar: turli yosh holatidagi o‘simliklar, soat, psixrometr, termometr, lyuksimetr, daftar, qalam, chizg‘ich va boshqalar.
Ishni bajarish. O‘simlik turi aniqlanadi. Turli yoshdagi va har-xil hayotiy shaklga ega o‘simliklar belgilanadi. Ilmiy adabiyotlardan foydalanib o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi o‘rganiladi. Fenologik rivojlanish fazalarining muddatlari aniqlanadi.
Topshiriq: Aniqlangan o‘simlik turlarini ro‘yxatini yozish. Turli o‘simlikga xos bo‘lgan fenospektr chizish.
O‘simlikning mavsumiy rivojlanish fazalarini ma’lum bir tur o‘simlik misolida ko‘rsatish va fenospektr chizish.


Umumiy tushuncha. Introduksiya sharoitlarida Crotalaria alata L. (Fabaceae) va Guizotia abyssinica (L.f.) Cass. (Asteraceae) ning bioekologik xususiyatlari o‘rganilgan (104-rasm).
Tadqiqotning maqsadi - respublikamiz uchun yangi ozuqabop o‘simliklar - Crotalaria alata va Guizotia abyssinica ning introduksiya sharoitlarida morfologik va bioekologik xususiyatlarini o‘rganish va ularni еtishtirish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat edi.
Tadqiqot ob’ektlari - Crotalaria alata L. – burchoqdoshlar (Fabaceae), Guizotia abyssinica (L.f.) Cass. - qoqio‘tdoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub bir yillik еm-xashak o‘simliklari bo‘lgan.
Introduksiya sharoitlarida o‘simliklarning antekologiyasi o‘rganilib, muallif tomonidan quyidagi xulosa chiqarilgan: gullash jarayoni ob-havoga bog‘liq bo‘lib, havo haroratining oshishi va nisbiy namlikning kamayishi bilan ochilgan gullarning soni ko‘payishi aniqlangan. Kun davomida ularning eng ko‘p ochilgan vaqti Crotalaria alata da soat 12-14, Guizotia abyssinica da esa 11-15 oraligiga to‘g‘ri kelib, havoning harorati +31-38°S, nisbiy namligi 35-49% bo‘lgan. Mavsumiy gullash dinamikasi Crotalaria alata da 5-5,5, Guizotia abyssinica da 4-4,5 oygacha davom etishi kuzatilgan.
E. Abdunazarov “Toshkent vohasi sharoitida Valeriana officinalis L. ning introduksiyasi va bioekologik xususiyatlari” ni o‘rgangan (2010 y.).
Valeriana officinalis L. ning mavsumiy rivojlanish maromini o‘rganish asosida quyidagi natijalar olingan: Kuzgi muddatda ekilgan o‘simliklarning vegetatsiya davri fevralning III dekadasidan boshlanadi va 236; 235; 229 kun, bahorgi muddatda ekilgan o‘simliklar aprelning I dekadasidan boshlanib 208; 230; 220 kunni tashkil etgan (87-88-rasm). Kuzgi muddatda ekilgan o‘simliklarda birinchi vegetatsiya yilida g‘unchalash fazasi-33 kun; gullash fazasi-30 kun; urug‘lash fazasi-32 kun bo‘lib, ikkinchi va uchinchi yilida esa, g‘unchalash-38-30 kun; gullash-35-28 kun; urug‘lash-34-30 kunni tashkil etgan. Bu fazalar bahorgi muddatda ekilgan o‘simliklarda kechroq boshlanishi aniqlangan. Harorat keskin sovib ketishi bilan har ikkala variantdagi o‘simliklarning barglari qurib qolib to‘kilgan.

Download 7.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling