Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Suveren – fran. souveraim-oliy so‘zidan olingan bo‘lib, oliy, suverenitetga ega bo‘lish, mustaqil,qaram bo‘lmagan ma’nolarini beradi. Suverenitet


Download 1.7 Mb.
bet72/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

Suveren – fran. souveraim-oliy so‘zidan olingan bo‘lib, oliy, suverenitetga ega bo‘lish, mustaqil,qaram bo‘lmagan ma’nolarini beradi.
Suverenitet – (fran. ―souveränität) davlatning ichki ishlar va tashqi munosabatlarda xorijiy aralashuvlarga yo‘l qo‘ymagan holdagi mustaqilligi va muxtoriyati.
So‘z erkinligini ta’minlash – insonning fundamental va tabiiy huquqlaridan biri – o‘z fikrini (hayolini) oshkora (og‘zaki, yozma ravishda va/yoki ommaviy axborot vositalardan foydalangan holda) ifoda etish huquqini amalga oshirish uchun kompleksli shart-sharoitlarni yaratish.
Tabaqa (qatlam) o‘xshash kasb-hunar, mashg‘ulot, holati va ahvoli bilan manfatlar umumiyligi asosida birlashgan shaxslarning yirik guruhi.
Taraqqiyot – jamiyat rivojlanishining oddiydan murakkabga,YU quyidan yuqoriga yo‘nalgan, bir sifat bosqichidan yangi sifat bosqichiga o‘tishi jarayoni.
Tolerantlik fr. tolyrant (lat. Tolerāns-tolerantis) hozirgi o‘zbek tilida lug‘aviy tarjima qilganda chidamlilik, sabrlilik, bardoshlilik, toqatlilik ma’nolarini anglatadi. Antik davr va o‘rta asrlarga qadar asosan tabobat sohasida keng istifoda etilgan mazkur tushuncha hayvonlar va insonlar organizmlarining turli-tuman kasalliklar, jarohatlar va umuman, hayot uchun kurashish jarayonlariga doir immun qobiliyatini o‘rganish masalalariga aloqador bo‘lgan. Keyinchalik boshqa fanlar doirasida ham e’tiborli asarlar yaratgan mashhur tabobat olimlari va aksincha, tabobat borasida ham diqqatga sazovor fikrlar bildirgan boshqa soha olimlari mazkur tushunchani kengroq ma’noda qo‘llay boshlaganlar (Epimenid, Gorgiy, Aristotel, Epiktet, Ibn Sino). XX asrga qadar tolerantlik tushunchasining ayniqsa din bilan bog‘liq muruvvat ma’nosidagi talqinlariga ko‘p duch kelish mumkin. Lekin mazkur asr boshlaridan texnika taraqqiyoti va uning asosida mehnatni tashkil etish munosabatlarining jadal rivojlanishi natijasida tolerantlik tushunchasi davlat va xalq munosabatlarida, ayniqsa huquqiy munosabatlar tizimida keng mazmun kasb etadi. Endi tushuncha chidam, sabr-toqat ma’nolarini yo‘qotmagan holda ko‘proq bag‘rikenglik, hamjihatlik, hamkorlik kabi mazmunda talqin etila boshlandi.
Totalitar lot. totalis-butun, to‘la, bir butun); davlat hokimiyati organlari tomonidan jamiyat hayotining hamma sohalarini nazorat qiladigan davlat shakli, amalda konstitutsion huquq va erkinliklarni tugatilishi; bu rejimda davlat hokimiyati biron-bir guruh (siyosiy partiya) qo‘lida to‘planib, mamlakatda demokratik erkinliklar va siyosiy muholifatni amal qilishi uchun imkoniyatlar bo‘lmaydi.
Transformatsiya lot. transformatio – o‘zgarish; tuzilmalarni, shakllarni va usullarni o‘zgartirish, faroliyatning maqsadli yo‘nalishini o‘zgartirish.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling