Ratsional – (lot. rationalis-oqilona); maqsadga muvofiq, asoslangan, dalillangan (eng to‘g‘ri yo‘l ma’nosida ham ishlatiladi).
Rejim fran. rejime; davlat tuzumi, idora etish obrazi.
Siyosiy jarayonlar – turli siyosiy institutlar, ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar individlar munosabati sifatida namoyon bo‘ladi.
Siyosiy qarashlar – siyosiy qarashlarning shakllanishi va qaror topishida o‘ziga xos an’analar mavjud bo‘lib, siyosiy hodisalar turli xil talqin etilgan.
Siyosiy madaniyat insonning siyosiy hodisalarga doir qadriyatlarga oid tasavvurlari va uning amaliyotda namoyon bo‘ladigan xulqi kodeksi yoki uning siyosiy hokimiyat subekti sifatidagi faoliyat uslubi. Shu ma’noda, siyosiy madaniyat fuqaroning umuminsoniy ahamiyatga molik bo‘lgan siyosiy faoliyat namunalarini qay darajada egallaganligini namoyish qiladi.
Siyosiy ong – turli ijtimoiy guruhlarning davlat hokimiyatiga, siyosiy tashkilotlar, ularning jamiyat hayotidagi roliga, boshqa davlat va millatlar bilan munosabatiga oid qarashlarning bir tizimga solingan nazariy ifodasi.
Siyosiy tashkilotlar – siyosiy partiyalar, turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning manfaatlari, maqsadlarini ifoda etadi.
Siyosiy tizim jamiyatda davlat hokimiyati va boshqaruvni shakllantirish va amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlar harakatlarida o‘z ifodasini topadi.
Sotsial – lot. socialis – ijtimoiy, jamoatchilik; jamiyat va ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘langan.
Sotsium lot. socium-umumiy, birgalikdagi; insonlar hayot faoliyati shart-sharoitlarini birligini xarakterlovchi ijtimoiy umumiylik, birlik.
Strata – (lot.stratum)-qatlam.
Struktura (lotincha ―structura –―tuzilma, ―tuzilish) – obektning bir butunligini va uning o‘ziga o‘zi aynanligini, ya’ni turli ichki va tashqi o‘zgarishlarda o‘zining asosiy xususiyatlarini saqlay olishini ta’minlovchi barqaror aloqalar yig‘indisidir.
Subordinatsiya – (lot.) tartibga keltirish; xizmat intizomi qoidalariga tegishli holda martaba darajalari bo‘yicha kichik mansabdorlarni katta mansabdorlarga bo‘ysunishiga qat’iy amal qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |