Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Download 1.7 Mb.
bet67/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

Kvintessensiya – (lot. beshinchi asos) biror narsaning asos, mohiyati; eng muhim, eng asosiy.
Kompetent – (lot. sompetentsloyiqlik, mutanosiblik); o‘z bilimi yoki vakolati bilan biron- bir qarorni qabul qilish, masalani yechish yoki ular yuzasidan hukm chiqarish uchun zarur bo‘lgan ilmga yoki qobiliyatga ega bo‘lishni anglatadi.
Konfessiya -lot. cōnfessio dinlar va uning shaxobchalari, tarmoqlari, mazhab, oqim va yo‘nalishlarini ifodalovchi umumiy tushuncha.
Konsepsiya lot. conceptio-idrok qilish, idrok, o‘zlashtirish; u yoki bu hodisalarga nisbatan qarashlar tizimi; qandaydir hodisalarni ko‘rib chiqish, nimanidir anglash usuli.
Kooperatsiya lot. cooperatio-hamkorlik; ko‘pchilik kishilarning birgalikda bitta yoki o‘zaro bir- birlariga bog‘lik o‘lgan bir necha faoliyatlardagi ishtiroki, mehnatni tashkil etish shakllaridan biri; ishlab chiqarish va mahsulot ayirboshlash sohasidagi jamoaviy birlashma.
Kosmopolitizm (yunon. kosmopolites — dunyo fuqarosi) — dunyo fuqaroligini da’vo qilish, shuningdek, milliy va davlat suverenitetini rad etish, turli milliy an’ana, madaniyat hamda vatanparvarlik tuyg‘usidan voz kechish g‘oyasini ilgari suradigan qarash. Kosmopolitizm ya’ni, qayerda yaxshi hayot bo‘lsa o‘sha yerni vatan deb bilish. Bu tamoyil insonda vatan hissini yo‘qotadi, g‘ururni o‘ldiradi. Bu esa har bir jamiyat uchun halokatlidir.
Kuchli davlat –omma faoliyatiga asoslangan kuchli boshqaruv tizimiga, rivojlangan iqtisodiyot, yuksak ma’naviyatga egabo‘lgan davlat. Bunday davlat mustahkam iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy asosga ega bo‘ladi.Uningqudrati fuqarolar hamjihatligi, jamiyatdagi do‘stlik va bag‘rikenglik, har bir fuqaroning onglilik darajasi, davlat boshqaruvidagi faol ishtirokiga asoslanadi.
Legitimlik – (lot. qonuniy) muayyan davlat hokimyatining qonuniyligini a) fuqarolar tomonidan; b) xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilishini anglatuvchi qadriyatiy tushuncha. Tarixan an’anaviy, xarizmatik, oqilona-qonuniy shakllarda nomoyon bo‘ladi.
Liberalizm – (lot. erkinlik) mafkura, ijtimoiy-siyosiy harakat. U ijtimoiy imtiyozlar va avloddan-avlodga o‘tuvchi hokimyatga qarshi chiqib burjua qatlamlarining qarashlarini o‘zida mujassam etadi. Asosiy tamoyillari: individualizm, erkinlik, bozor va raqobatning mutloqligi, davlatni cheklash zarurligi (asoschilari I.Bentam, J.Mill, A.Smit, G.Spenser). Liga lot. ligare-bog‘lamoq; ijtimoiy-siyosiy birlashma; davlatlar, tashkilotlar, alohida shaxslar ittifoqi.
Lobbi lot. lobyy-kuluar; jamiyatdagi ma’lum bir siyosiy doiralar, kuchli iqtisodiy tizilmalar manfaatlarini ifodalovchi, ana shu manfaatlarni amalga oshirish parlament va mansabdorshaxslarga bosim o‘tkazishga intilayotgan guruhlar.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling