Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Download 1.7 Mb.
bet65/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

Diversifikatsiya – lot. diversification – o‘zgarish, turli-tumanlik, faoliyatni har tomonlamava turli-tuman yo‘nalishlarda rivojlantirishga strategik mo‘ljal olish. Masalan, kapitalni diversifikatsiyalash – iqtisodiy tavakkalchilikning xavfli oqibatini kamaytirish maqsadida kapital mablag‘larni turli obektlar o‘rtasida bo‘lib-bo‘lib joylashtirish.
Diniy bag‘rikenglik bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o‘zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish va to‘g‘ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hurfikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi.
Diskurs ingl. discourse < lat. discursus – suhbat, muomala, monolog, dialog.
Differensiatsiya – (lot. differentia-farqlash, har xillik); taqsimlanish, nimanidir alohida turli xil unsurlargaajralishi, bo‘laklarga bo‘linish.
Dualizm – (lot.) ikki taraflamalik (shuningdek, falsafadagi dunyo asosida ikkita mustaqil bosh sabab – ruh va modda, ideallik va moddiylik mavjud degan qarashlar haqidagi ta’limot). Yevropotsentrizm G‘arbiy Yevropa madaniyati butun insoniyat uchun na’muna, deb qarovchi konsepsiya. Unga ko‘ra G‘arbiy Yevropa – jahon taraqqiyoti markazidir.
Jamiyat – insonlar munosabati va ijtimoiy aloqalar yig‘indisi. Jamiyat tarixiy, moddiy- ma’naviy hayot tarzidan kelib chiqqan holda umumiy orzu-maqsadlari bilan birlashgan insonlar uyushmasining alohida shakli. Jamiyat doimo o‘zgarish va rivojlanishda bo‘lib, uning asosini doimo insonlar tashkil etadi.
Jinoyat – qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish.
Identifikatsiya – (lot. o‘xshatmoq, tenglashtirmoq, baravarlamoq) monandlik. Siyosiy identifikatsiya u yoki bu siyosiy guruhga o‘zini boshqalardan ajratish imkonini beruvchi barqaror belgilar, xususiyatlar birligi.
Ijtimoiy hamkorlik – turlimillat, irq va dinga mansub kishilar va guruhlarning umumiy maqsad yo‘lidagi hamjihatligi.
Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling