Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar


Download 1.7 Mb.
bet66/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar -bu kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is’temol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Inson omili – inson mohiyatiga xos bo‘lgan eng muhim xususiyatlarni – insondagi jismoniy – ruhiy tomonlarning birligi.
Inson huquqlari unga tor ma’noda faqat davlat himoya qiladigan va kafolat beradigan huquqlar kirib, bu huquqlarga barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, yashash va jismoniy daxlsizlik huquqi, inson qadrqimmatini hurmat qilish, o‘zboshimchalik va noqonuniy ushlash yoki qamash, vijdon va din erkinligi, ota-onalarning o‘z bolalarini tarbiya qilish huquqlari kiradi. Keng ma’nodagi inson huquqlari esa o‘zida shaxs erkinligi va huquqlarining keng majmuasi va turlarini ifodalaydi
Insonparvar demokratik huquqiy davlatning o‘ziga xos belgilari birinchidan, jamoat va davlat turmushining barcha sohalarida huquq va qonunning ustuvorligi, qonun talablarining davlat hokimiyati va barcha organlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi; ikkinchidan, shaxs huquqlari va erkinliklarining realligi, uni erkin kamol toptirish ta’minlanishi, davlat bilan shaxsning o‘zaro mas’ulligi; uchinchidan, davlat hokimiyatini qonunchilik, ijrochilik va sudhokimiyatiga bo‘lish asosida amalga oshirish.
Institut lot. institutum-mahkama, idora, muassasa; tizimlashtirilgan, hammaga tanilgan, amalda qo‘llanilayotgan va e’tirof etilgan (har qachon ham o‘z rasmiy tasdig‘ini topavermaydigan), u yoki bu tarzda mustahkamlangan qoidalar va meyorlarga muvofiq o‘zaro xatti harakat qilish uchun qo‘llabquvvatlanayotgan ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan ijtimoiy agentlarning o‘zaro hatti harakatlari shakllari kiradi.
Integratsiya lot. integratio-tiklanish, bajarish; integer-bir butun; qandaydir qismlarning bir butunlikka birlashishi.
Kvazi... – lot. turli so‘zlar boshiga qo‘yiluvchi va «go‘yo», «soxta» ma’nolarini beruvchi qo‘shimcha. Masalan, kvazidemokratiya.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling