Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi


Manfaat – individ va ijtimoiy guruhlar faoliyatinting asosiy sababi. Manfaatlar


Download 1.7 Mb.
bet68/77
Sana18.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1211500
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   77
Bog'liq
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ

Manfaat – individ va ijtimoiy guruhlar faoliyatinting asosiy sababi.
Manfaatlar lot. interest ahamiyat kasb etish, muhim; obektiv ravishda ahamiyat kasb etgan, inson, jamoa, millat, jamiyat kabilar uchun zarur bo‘lgan zaruriy ehtiyojlar; kimgadir farovonlik bag‘ishlaydigan, kimgadir foyda keltiradigan narsalar.
Manfaatlar guruhlari unga a’zo bo‘lgan kishilarning manfaatlarini boshqa guruhlar va siyosiy institutlarning o‘zaro munosabatlarida, shuningdek, o‘z guruhi ichida ifoda qilish uchun tuzilgan ixtiyoriy tashkilotlar.
Marginal – (fr. ―marginal) ikkinchi darajali, oxirgi, chetda turuvchi; siyosatshunoslikda oldingi ijtimoiy aloqalarini yo‘qotgan, yangi hayot shartsharoitlariga hali moslasha olmagan, qandaydir ijtimoiy guruhlar orasida yoki eng chekkasida turgan ijtimoiy odam, jamiyatning sirtida qolgan: lyumpen, miskin va hokazo.
Ma’naviy barkamol inson – komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy barkamol inson tushunchasi sog‘lom avlod tushunchasi bilan ham bog‘lanib ketadi.
Ilmiy adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida ishlatilsa-da, mohiyatan ularning hammasi inson axloqi va odobini, ularda shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga bo‘lgan munosabatlaridan tortib, toki oilaga, ota-onaga va boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi.
Ma’naviy jasorat – yer yuzida barcha o‘lmas obidalarni, insoniyat hayotini tubdan o‘zgartirib yuborgan jamiki ulug‘ kashfiyot va ixtirolarni, mumtoz san’at va adabiyot durdonalari hamda mardlik va qahramonlik namunalarini ko‘rsatgan insonlarning mislsiz aql-zakovati vayuksak ma’naviy salohiyatini ifodalaydi.
Ma’naviy tahdid – tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion hurujlarni nazarda tutadi.
Ma’naviyatinsonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, imon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling