Теrmiz davlat universiteti “fuqarolik jamiyati” каfedrasi
Download 1.7 Mb.
|
2.УКУВ МАТЕРИАЛЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’rifat
- Millatlararo munosabatlar
- Millatchilik
Ma’naviyatga tahdid – inson qalbi va imon e’tiqodini susaytirishga qaratilgan hamda insonning o‘zligidan begonalashtirib, kelajagidan mahrum etishga yo‘naltirilgan yot va begona g‘oyalar.
Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlar – inson ongiga ta’sir ko‘rsatadigan, uning dunyoqarashi tafakkur tarzini muayyan yo‘nalishga soladigan, o‘zgartiradigan, jamiyat, millatga xos ma’naviy, madaniy va moddiy asoslar, an’analar, qadriyatlar, meros, turmush tarzi, g‘oyalar va qarashlarni umumlashtiruvchi tushuncha. Ma’rifat – ta’lim tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy va ma’naviy boyliklarning, ularni yanada ko‘paytirib hamda takomillashtirib borish usullarining majmui. Mentalitet fran.mentalite; lot mentalis-aqliy, ruhiy, ma’naviy, aql yo‘nalishi aql bichimi, akliy yetuklik, zakovat; ma’lum shaxs, ijtimoiy guruh (kichik, katta, milliy) uchun xarakterli bo‘lgan dunyoqarash, dunyoni anglash, atrof voqelikni qabul usuli; fikrlash tarzi. Millat — til, ma’naviyat, milliy o‘zlikni angash ruhiyati, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi iqtisodiy aloqalar bilan bog‘langan mustaqil subekt sifatida o‘ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi kishilarningetnik birligidir. Millatlararo munosabatlar — birga yoki ayri tarzda yashaydigan har xil millatlar o‘rtasida amalga oshadigan turli-tuman shakllardagi aloqalarni anglatuvchi tushunchadir. Millatlararo totuvlik g‘oyasi milliy mafkuraning asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lib, mamlakatimizda istiqomat qilib kelayotgan barcha etnik vakillari bilan, avvalambor, o‘zbek millati va shu bilan birga o‘zlarining o‘rtasida ko‘p yillarga mo‘ljallangan ezgulik, ishonchlilik, do‘stonalik, yakdillik, qarindoshlik, ma’naviy-axloqiy va mafkuraviy yaqinlik va birdamlik, murosalilik va boshqa insoniylik munosabatlari mavjudligini va kelajakda ham u yanada kamol topishini ifodalaydi. Millatchilik bu millat ayirish, bir millatni har tomonlama ulug‘lab, boshqalarining huquq, ehtiyoj va manfaatlarini nazar-pisand qilmaslik, ularni yerga urishdan iborat bo‘lgan nodemokratik mafkura. Milliy g‘oya – ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzuintilish va umid-maqsadlari yig‘indisi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling