Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan
II.5..Tabiiy gazlarni nordon komponеntlardan tozalashning absorbsion usullari
Download 4.47 Mb.
|
Gaz kimyosi majmua-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neftdan ajratib olingan gazlarni tozalash texnologik tizimi
- Gazni tozalash texnologik tizimi
II.5..Tabiiy gazlarni nordon komponеntlardan tozalashning absorbsion usullari
Neftdan ajraladigan yo‘ldosh gazlar va tabiiy gazlarning ekspluatatsion xossalarini pasaytiruvchi nordon komponentlarni asosan vodorodsulfid va uglerod dioksidi tashkil qiladi. Nordon komponentlar ajralish usullari ikki guruhga bo‘linadi: quruq – qattiq ko‘rinishdagi tozalovchi massa qo‘llanilishi bilan; nam – suyuq eritmalar qo‘llanilishi bilan. Sanoat qurilmalarida gazlar mujassamlashtirilgan usulda tozalanadi, ya`ni qattiq va suyuq yutuvchilarni qo‘llash orqali. Barcha qattiq yutuvchilar vodorodsulfid miqdori kam bo‘lgan gazlarni tozalashda foydalanadi. Gazlarda vodorodsulfid miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, suyuq yutuvchilar shuncha ko‘p ishlatiladi. Gazlarni tozalashda aminli spirtlar guruhiga mansub monoetanolamin (NH2CH2CH2OH); dietanolamin NH(CH2CH2OH)2; trietanolamin N(CH2CH2OH)3 keng qo‘llaniladi. Neftdan ajratib olingan gazlarni tozalash texnologik tizimi Jarayonni amalga oshirishdan maqsad - gazni navbatdagi qayta ishlashga tayyorlash, undan H2S va karbonat angidridni ajratish. Gazni tozalashda absorbstion va adsorbstion usullar qo‘llaniladi. Absorbstion usulda asosan kimyoviy absorbstiya jarayoni amalga oshirilib, gaz tarkibidagi H2S va CO2 moddalar turli kimyoviy brikmalar holida ajratib olinadi. Adsorstion usulda tozalash esa asosan aktiv ko‘mir va sintetik steolit vositasida amalga oshiriladi. Absorbstion usulda gaz tarkibidagi H2S ning 99 % (massa) gacha, adsorbstion usulda esa 98% (massa) gacha ajratib olinishi ta‘minlanishi mumkin. Absorbstion usulda H2S bilan bir vaqtda CO2 ham ajratib olinadi. Ushbu mavzuda gazni monoetanolamin eritmasi vositasida absorbstion tozalash texnologik tizimi ko‘rib chiqiladi. Bu tizim bo‘yicha jarayon quyidagi tartibda amalga oshiriladi (II.55-rasm): Gaz K-1 absorberning pastki qismidan beriladi va kolonna yuqorisidan berilayotgan 15% li monoetanolamin bilan kontaktda bo‘lib, absorbstiya jarayoni amalga oshiriladi. Tozalangan gaz kolonna yuqorisidan chiqarilsa H2S ga tuyingan suyuqlik fazasi kolonna pastidan chiqariladi. Ushbu suyuqlik past bosimli S-1 separatorga berilib, unda suyuqlikga yutilgan uglevodorod gazlari va gaz kondensati ajratiladi. Suyuq faza separatordan T-1 va T-2 isitgichlar orqali K-2 desorberga uzatiladi va unda suyuqlik tarkibida yutilgan H2S va СO2 ajratiladi. Tozalangan suyuq faza T-1 isitgich va X-1 sovitgich orqali o‘tib, zarur haroratgacha sovitiladi va E-1 sig‘imga, undan esa absorberga uzatiladi. Desorber yuqorisidan chiqarilgan H2S gazi va suv bug‘lari XK-1 sovitgich-kondensator orqali o‘tib E-2 sig‘imga yig‘iladiva undan H2S gaz holida chiqarilib, suv bug‘lari kondensati esa desorberga qaytariladi. II.55-rasm. Gazni tozalash texnologik tizimi tozalashga berilayotgan gaz; II-tozalangan gaz; III-uglevodorod kondensati; IV- H2S; V-etanolamin eritmasi; VI-bug‘; VII-suv. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling