1. MOD xalq xo’jaligining tarkib topishi.
Markaziy Osiyo davlatlarining xalq xo’jaligi yaqin yaqinlargacha “SSSR iqtisodiyoti - yagona xalq xo’jalik tizimi”ga moslashtirilgan edi. U har jihatdan Markazga tobe edi va shu “tizim”ga bog`lab tashlangan edi. Buning ma'nosi shu ediki, ular yuqori (markaz)ning ko’rsatmasi bilan o’zlarida xalq xo’jaligining ayrim turlarinigina rivojlantirish, ayrim turlarini esa har qancha qulay shart-sharoit bo’lsa ham rivojlantirmasliklari shart edi. Markaz bu borada aniq gektarni, aniq miqdorni ham belgilab berardi. Sotsializm va kommunizm quramiz shiori bilan o’tgan o’sha (1924-1991) yillarda Markaziy Osiyo hududidagi bugungi mustaqil davlatlar mamlakatning xom ashyo rayoniga aylantirilgan edi. Markaziy Osiyo xalq xo’jaligi bir tomonlma (faqat xom ashyo yetkazib beradigan tarzda) rivojlangan edi. U Sovet Ittifoqining yoqilІi (ko’mir, neft, gaz) va metallurgiya sanoati (rangli metall rudalari, noyob va nodir metallar), qurilish materiallari (tabiiy tosh, marmar) va oziq-ovqat hamda yengil sanoat xomashyolari (paxta tolasi, tabiiy ipak tolasi, jun tolasi, teri, don, meva, vino materiallar) yetkazib beruvchi asosiy rayonga aylangan edi.
Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar o’z iqtisodiyotini rivojlantirishning o’ziga xos markazga tobelik xususiyatlariga ega edi. Bu xususiyat “Rossiya imperiyasi”ning olib borgan siyosati natijasi edi. Markaziy Osiyoda xalq xo’jaligini rivojlantirish, yurgizish, uning asosiy sohalarida bir tomonlamalikka tayangan edi. Bugungi Markaziy Osiyo, ya'ni SSSR parchalanib ketgan, uning o’rnida mustaqil davlatlar vujudga kelgan bir palladagi Markaziy Osiyo iqtisodiyoti yaqin o’tmishning ushbu asoratidan kutilgan emas va bu asorat uning iqtisodiyotini rivojlantirishda uzoq vaqtlargacha o’z ta'sirini ko’rsatib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |