Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi markaziy osiyo davlatlari geografiyasi


Markaziy Osiyo hududining rel`yefi


Download 421.5 Kb.
bet4/54
Sana03.11.2021
Hajmi421.5 Kb.
#170376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
markaziy osiyo davlatlari geografiyasi

Markaziy Osiyo hududining rel`yefi.

Markaziy Osiyo releyefida tekislik va pasttekisliklar, qirlar va platolar, adirlar va baland tog`lar mavjud. Markaziy Osiyo hududining markaziy va g`arbiy qismini Turon pasttekisligi shimoliy-g`arbiy qismini Ustyurt platosi, chekka shimoliy qismlarini qir va platolar, janubiy va sharqiy qismlarini esa tog`lar egallagan. Markaziy Osiyo hududining 2\3 qismini tekislik va pasttekisliklar, 1\3 qismini esa tog`lar ishg`ol etgan. Markaziy Osiyoda quyidagi yirik tekislik va pasttekiliklar mavjud: Kaspiy bo’yi pasttekisligi, Qoraqum, Qizilqum, Mo’yinqum, Farg`ona, Zarafshon, Surxon-Sherobod, Qashqadaryo, Murg`ob, Tajan vodiylari, Ustyurt, Orqaunguz va Betpaqdala platosi. Markaziy Osiyodagi eng past nuqta (dengiz sathidan 132 metr past) Mang`ishloq yarim orolidagi Qoragiyo (Botir) botigidir. Tekisliklarda o’rtacha balandlik dengiz sathidan 55 metrdan 350 metrgacha boradi.

Markaziy Osiyoning janubi, janubi-sharqiy va sharqiy qismlarini tog` oldi qiyaliklari va adirlar egallagan bo’lib, ular dengiz sathidan 400-1000 metr balandlikda joylashgan. Shimolda joylashgan Qozog`iston past tog`lari dengiz sathidan 800-1200 metr balandlikda joylashgan.

Markaziy Osiyoning sharqiy va janubiy qismlarini Tyan-Shan, Oloy, Pomir, Oltoy, Kopetdog` tog` tizimlari (sistemalari) egallagan. Tyan-Shan tog` tizimi Qozog`iston, Qirg`iziston va O’zbekiston, Oloy va Pomir Tog` tizimlari Tojikiston, Qirg`iziston va O’zbekiston, Kopetdog` tog` tizimi esaTurkmaniston va Eron davlatlari hududida joylashgan.

Tyan-Shan tog` tizimi tarkibiga Farg`ona, Ko’kshag`altov, Markaziy Tyan-Shan, Qirg`iziston, Talas, Chotqol, Piskom, Ugom, Qurama, Ketmon, Kungay Olatovi, Jung`oriya, Orqa Ili, va boshqa ko’pgina tog` tizmalari kiradi. Tyan-Shanning eng baland cho’qqilari G`alaba (7439 m) va Xontangri (6995 m)dir. Tyanshan tizmasi shimoliy, markaziy, g`arbiy va sharqiy Tyanshan tizmasi shimoliy, markaziy, g`arbiy va sharqiy Tyanshanga bo`linadi. Sharqiy Tyanshan Xitoy hududiga to`g`ri keladi. Tyan-Shanda sirtlar ko’p. Sirtlar tog` oraligidagi baland tekis yerlar, platolar yoki baland va keng yassi tog`liklardir. Tyan-Shanda bir qancha vodiylar ham bor, bularga Chu, Talas, Ugom, Piskom, Ko’ksuv, Chotqol, Chirchiq, Ohangaron kabi vodiylarni misol qilish mumkin. Tyanshan tog` tizmalari orasida bir qancha tog` oralig`i botiqlari mavjud: Farg`ona, Issiqko`l, Norin va b. Norin botig`ida Sonko`l, Chatirko`l kabi k`ollar hosil bo`lgan. Norin botig`ining uzunligi 300 km ga yaqin, eni esa 50 km gacha, dengiz sathidan balandligi 1300-300 m vodiy va tog` oraliІi botiqlarida aholi zich yashaydi, shahar va qishloqlar ko’p. Tyan-Shan tog`lari Paleozoyda hosil bo’lgan. G`arbiy Tyanshanning asosiy tizmalaridan biri Talas Olatovidir. Talas Olatovi Talas va Chirchiq daryo vodiylarini bir-biridan ajratib turadi. Tizmaning eng baland nuqtasi Manas bo`lib, 4484 m ga ko`tarilgan. Talas Olatovining janubida Chotqol tizmasi joylashgan bo`lib, uning eng baland cho`qqisi 4305 m.

Markaziy Osiyoning ikkinchi tog` tizimi Oloy tog` tizimlaridir. Bu tog` tizimiga Oloy, Turkiston, Zarafshin, Hisor, Morguzar, Nurota, Boysun, Ko’hitang tog`lari tegishli. Oloy tizimidagi tog`lar Gertsin burmalanishida paydo bo’lgan va xuddi Tyan-Shan kabi Alp burmalanishida qayta ko’tarilgan. So`x daryosining boshlanish qismida Oloy tizmasidan Turkiston tizmasi ajraladi. Tizmaning eng baland nuqtasi 5621 m ga ko`tarilgan. Turkiston tizmasi Zomin daryosining yuqori oqimidan ikkiga bo`linadi. Uning janubiy qismi Chumqartog` deb atalib, eng baland nuqtasi 3401 m. Tizmaning shimoliy-g`arbiy qismi Morguzar nomi bilan ataladi. Uzunligi 80 km, eng baland nuqtasi 2622 m. Morguzarning shimoli-g`arbiy davomi Nurota tizmalari deb atalib, ularni bir-biridan Sangzor daryosidagi “Temurlang darvozasi” (Ilono`tti) ajratib turadi.

Shuningdek, Oloy tog` tizimiga Qizilqumdagi past qoldiq tog`lar Quljuqtog`, Ovminzatog`, Bo’kantog`, Sulton-Uvays, Tomditog` va boshqalar kiradi.

Pomir тog` tizimi Markaziy Osiyodagi eng murakkab тog` tizimlaridandir. Bu тog` tizimiga Oloy orti, Pyotr-1, Darvoz, Vanch(6083 м), Yazғulom(6974 м), Shug`non(5704 м), Shohdara(6726 м), Shimoliy Alichur, Janubiy Alichur, Muzko’l, Qorategin, Zulmat, Sariko’l, Fanlar Akademiyasi kabi тog` burmalari kiradi. Eng baland tizmalari uning shimoliy, sharqiy va janubiy qismlarida joylashgan. Umuman Pomirning eng baland tizmalari Xitoy hududidadir. Bu hududda Qashqar-7719 m, Muztog`ota-7596 m, Oqsoyboshi-6148 m, Toshqo`rg`on va b. tizmalar joylashgan. Pomirning markaziy Osiyodagi eng baland cho’qqisi - 7495 m. Pomir Markaziy Osiyoda eng baland tog` tuguni hisoblanadi va baland тog`lardan iborat bo’lgani uchun uni “Dunyoning tomi” ham deydilar. Pomir Alp тog` burmalanishida hosil bo’lgan eng yosh тog` tizimlaridan hisoblanadi. Bu yerda kuchli zilzilalar bo’lib turadi, sababi hali ham tog` hosil bo’lish jarayoni davom etmoqda.

Pomirning janubida shimoli-sharqdan janubi-g`arbga tomon 800 km masofaga cho`zilgan Hindiqush tog`i joylashgan. Uning eng baland nuqtasi Tirichmir deb atalib, 7690 m ga yetadi. Markaziy Osiyoning janubi-garbida Turkmaniston va Eron davlatlari o’rtasida Turkman-Xuroson тog` tizimi joylashgan. Uning asosiy qismi Eronda bo’lib, faqat Kopetdog` tizmasi Markaziy Osiyo o’lkasida joylashgan. Kopetdogning o’rtacha balandligi 1000-2000 m.bo’lib, eng baland nuqtasi Rizo cho’qqisi (2942m.) Kopetdogda nurash va eroziya jarayonlari natijasida paydo bo’lgan rel`yef shakllari ko’p uchraydi. Turkman-Xuroson tog` tizimida asosan Kopetdog`, Nishopur, Bandi-Turkiston, Safedko’h va Paropamiz tog`lari mavjud.

Nishopur Turkman-Xuroson tog`larining janubiy tarmog`i bo`lib, shimoli g`arbdan janubi-sharqqa 350 km cho`zilgan, eng baland nuqtasi Kengzoshk cho`qqisi 3314 m ni tashkil qiladi.

Markaziy Osiyoning shimolida Qozog`iston past tog`liklari joylashgan bo`lib, shimoldan G`arbiy Sibir tekisligi, g`arbda To`rg`ay supasimon platosi, sharqda Oltoy tizmalari, Zaysan botig`i, janubda esa Balxash-Olako`l botig`i va Betpaqdala cho`llari bilan chegaralangan.

Tayanch so`zlar.

Geologik eralar. Tog` jinslarining yoshi. Arxey, Proterozoy, Paleozoy, Mezozoy, Kaynazoy. Tetis dengizi. Plita. Geosinklinal. Gertsen burmalanishi. Kimmeriy burmalanishi. Alp burmalanishi. Kuchli zilzilalar. Tekislik va pasttekisliklar. Qirlar va platоlar. Adirlar va baland tog`lar. Tyan-Shan. Oloy. Pomir. Tyan-Shandagi sirtlar. Eng baland cho’qqilar va eng past botiqlar. Turkman-Xuroson tog` tizimi.


Download 421.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling