Shimoliy muz okeani havzasiga Irtish daryosi va uning irmoqlari Ishim, Tobol hamda Irtishga yetib bormaydigan Seleti, Shiderti, Ulenti kabi daryolar kiradi.
Irtish-Mo`guliston Oltoy tog`laridan boshlanib, Zaysan ko`liga quyilguncha Qora Irtish nomi bilan ataladi. Ko`ldan oqib chiqqach Irtish nomini oladi, umumiy uzunligi 4248 km. Asosiy irmoqlari Ishim, Tobol, Kurchum, Buxtarma va b. Irtish daryosida Ust-Kamenogorsk GESi, Buxtarma suv ombori va GESi qurilgan.
Qozog`iston berk havzasiga Qozog`istonning markaziy qismidagi Tengiz-Kurgalji hamda Qoraso`r ko`llariga kelib quyiluvchi-Nura, Kulanutpes, Taldi va boshqa daryolar kiradi. Nura daryosi Qoraqarali tog`ining g`arbiy qismidan boshlanib, Tengiz-Kurgalji ko`liga quyiladiva umumiy uzunligi 978 km. Asosan qor suvlaridan, qisman yer osti suvlaridan to`yinadi.
Balxash-Olako`l havzasiga Ili, oratol, Lepsa, Oqsu, Biyen, Ayago`z, To`krau, Bakanas, Urjar, Emel va boshqa daryolar kiradi.
Ili daryosi havzaning eng katta daryosi hisoblanib, Terskay Olatovining shimoli-sharqiy qismidan boshlanuvchi Tekes va Kunges daryolarining qo`shilishidan vujudga keladi. Ili daryosining uzunligi 950 km, Tekes bilan birga 1400 km.
Lepsa daryosi Jung`oriya Olatovidagi qor va muzlardan boshlanib, Balxash ko`lga quyiladi. Uzunligi 372 km bo`lib, qor-muz suvlaridan to`yinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |