Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi markaziy osiyo davlatlari geografiyasi
Download 421.5 Kb.
|
markaziy osiyo davlatlari geografiyasi
Tayanch so’zlar.
Mo’'tadil va subtropik iqlim mintaqalari. Keskin kontinental. Arktika havo massalari. Cho’l va chalacho’l. Absolyut maksimum va absolyut minimum. Yog`in-sochin miqdori. Issiqlik. Mahalliy shamollar. Iqlim resurslari. Shamol energiyasi. Mavzu: Markaziy Osiyoning ichki suvlari va suv boyliklari. Reja: Daryolar va ularning to`yinish tiplari Markaziy Osiyo daryolarining havzalari Ko`llari va suv omborlari Yer osti suvlari Muzliklar Suv resurslaridan oqilona foydalanish Markaziy Osiyo ichki suvlariga daryolar, ko`llar, yer osti suvlari, muzliklardagi suvlar, botqoqliklar, suv omborlari kiradi. Ichki suvlar hudud tabiat unsurlariga, xususan iqlimiga, relyefiga, geologik tuzilishiga, o`simlik qoplamiga bog`liq holda tarkib topadi. Hududning geologiк tuzilishi, relyefi, iqlimi va o`simlik qoplamining zichligi jihatidan bir xil emasligi oqibatida daryo, ko`l, yer ost suvlari, botqoqliklari va muzliklari nihoyatda notekis joylashgan. O`lka hududi o`zining gidrologik xususiyati jihatiadan ikki mintaqaga bo`linadi: 1-mintaqa tog`li qismi bo`lib, unda nam to`planib, oqim hosil bo`ladi. Hosil bo`lgan oqimning asosiy qismi daryolarni suv bilan ta`minlab tursa, qolgan qismi yer osti suvlariga aylanadi. Qattiq holda yoqqan qorlar muzliklarni to`yintirib turadi. Tog` muzliklarida 18000 km3 suv zahirasi bo`lib, ular oz navbatida, daryolarni suv bilan ta`minlab turadi. 2-mintaqa o`lkaning tekislik qismini o`z ichiga oladi. Bunda tog` mintaqasida hosil bo`lgan daryo suvlari bug`lanishga, shimilishga va sug`orishga sarflanib, kichik daryo suvlari ozayib, ma`lum havzaga yetmasdan cho`llar ichida yo`q bo`lib ketadi. Markaziy Osiyo daryolari to`yinish tipiga ko`ra 5 ga bo`linadi.
Muz qor suvlaridan Qor-muzlik suvlaridan Qor suvlaridan Qor-yomg`ir suvlaridan Cho`l yoki Qozog`iston turiga oid suvlardan (mavsumiy qorlardan) to`yinishga ega bo`lgan daryolar Olka tog`larining 4500 m dan balandda bo`lgan qismidan boshlanuvchi daryolar asosan muz va doimiy qorlarning erishidan to`yinadi. Bu tur to`yinishga Amudaryo, Zarafshon, So`x, Isfara, Norin, Chu kabi daryolar kiradi. Bu daryolar yillik oqimining 25-30% ini muzlarning erishidan hosil bo`lgan suvlar tashkiletadi hamda ularning suvi u yildan bu yilga kam o`zgaradi, to`lin suv davri iyul-avgust oylariga to`g`ri keladi. Suvning ozaygan davri dekabr-mart oylariga to`g`ri keladi. Tog`larning 3400-4500 m balandliklaridan boshlanuvchi daryolar qor-muzlik suvlaridan to`yinadi. Bunday tur to`yinishga Qoradaryo, Surxondaryo, Talas, Ili, Qoratol, Lepsa kabi daryolar kiradi. Bu daryolarning suvi may-iyun oylarida qorlarning erishi natijasida ko`payadi. Eng kam suv sarfi yozning oxiri va qishga to`g`ri keladi. Tog`larning 3400 m dan quyi qismidan boshlanuvci daryolar qor suvlaridan to`yinadigan turga kiradi. Bunga Qashqadaryo, G`uzordaryo, Sangzor daryolari kirib, to`lin suv davri mart-may oylariga, eng kam suv sarfi esa avgust-sentabr oylariga to`g`ri keladi. Qor-yomg`ir suvlaridan to`yinadigan turga Sheroboddaryo, Ohangaron, Keles, Aris, Atrek, Murg`ob, Tajan, Tobol, Ishim va boshqalar kiradi. Bu tur daryolarining suvi bahorda yomg`ir yoqqanda, qorlar eriganda ko`payadi va yillik suv sarfining 50-60 % ini oqizadi. Yozning oxiri va qishda suvi kamayadi. Qozog`iston past tog`laridan, Mug`ojar tog`idan va To`rg`ay platosidan boshlanuvchi Sarisuv, Nura, To`rg`ay, Shiderti, Sileti, Emba kabi daryolar cho`l yoki Qozog`iston tur daryolar to`yinishiga ega. Bu daryolarning suvi bahorda asosan qorlarning erishidan to`yinib, yozning oxiri va kuzda ularning suvi juda ozayib, yoki butunlay qurib qoladi. Tog`lardagi daryolar oqimi tezligi uchun ham muzlamaydi. Tekisliklardagi quyi qismi esa 1-2 oy muzlaydi. Markaziy Osiyo daryolari 7 ta mustaqil havzaga ajratilgan.
Download 421.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling