Termiz davlat universiteti magistratura bo‘limi
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi to`g`risida NIZOM
Download 1.21 Mb.
|
TaqdimotBino
- Bu sahifa navigatsiya:
- Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi to`g`risida NIZOM
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi to`g`risida NIZOM
6. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yurituvchi shaxslar qonun buzilishlarini ochgan taqdirda, bu haqda tegishli davlat organlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokuraturaga xabar berishga majburdirlar. 7. Mulk еgasi bo`lgan binolar va inshootlarga ashyoviy huquqlarga еga bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslar ularga tegishli bo`lgan bino va inshootlarga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi hujjatlarga еga bo`lishlari shart. Bino va inshootni davlat ro`yxatidan o`tkazish majburiyati mulk еgasiga yoxud bino yoki inshootga ashyoviy huquqlarga еga bo`lgan shaxsga yuklanadi. Ular bino yoki inshootni davlat ro`yxatidan o`tkazish bo`yicha barcha yoki ayrim majburiyatlarini uchinchi shaxslarga yuklashlari mumkin. Bu huquqlarni va majburiyatlarni ro`yobga chiqarish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi to`g`risida NIZOM 8. Ushbu Nizomning 7-bandida ko`rsatilgan shaxslar yoki ular tomonidan vakolat berilgan shaxslar bino yoki inshootga bo`lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar paydo bo`lgandan, o`zgargandan va to`xtagandan yoxud huquqiy holati o`zgargandan keyin bir oy muddatda bino va inshootga kadastr yig`majildini tayyorlash va uni davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko`chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga, huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanoma berishlari shart.7-bandida Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi to`g`risida NIZOM 9. Tumanlar va viloyatga bo`ysunuvchi shaharlar bo`yicha binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritish Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko`chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallariga yuklanadi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo`yicha kadastr malumotlarini umumlashtirish tegishli ravishda O`zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko`chmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. Umuman respublika bo`yicha kadastr malumotlarini umumlashtirish, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik qilish, shu jumladan ularni metodik jihatdan taminlash O`zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling