Termiz davlat universiteti moliya va turizm fakulteti «moliya» kafedrasi
Download 1.1 Mb.
|
22qbk nfq`h (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisobot himoyasi
- Talabaning malakaviy amaliyoti mazmuni.
Adabiyotlar ro’yxatida o’rganilgan masalalar bo’yicha qonuniy, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, monografiyalar, jurnal va gazetalardagi maqolalar, internet ma’lumotlari to’liq ko’rsatiladi. Adabiyotlar ro’yxatida mualliflarning alfavit bo’yicha nomi, bosmaxona, chop etilgan yili va sahifasi ko’rsatilishi shart. Jurnal va gazeta maqolalari ham alfavit bo’yicha maqola muallifi, maqola nomi, jurnal yoki gazeta nomi, yili, soni va sahifasi ko’rsatiladi.
Ilovalarda amaliyot ob’ekti yoki amaliyot ob’ektining ma’lumotlarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (kseronusxasi); amaliyot ob’ekti Nizomi, yillik hisobotlari, hujjatlar blankalari va boshqalar bo’lishi shart. Hisobotga ilova qilingan hujjatlar ketma- ketlikda raqamlanadi va yuqori o’ng tomonga «Ilovalar» deb yoziladi. Hisobot himoyasi Malakaviy amaliyoti hisoboti himoyasi paytida talaba amaliyot davrida amalga oshirilgan ishlari to’g’risida, xulosa va takliflarini; hisobot materiallari tarkibini; u tomonidan qabul qilingan xulosalarni va uning samaradorligini qisqacha tushuntirib, slaydlar asosida yoritib beradi va hisobot bo’yicha qo’shimcha savollarga javob beradi. Ma’ruza uchun 10-15 daqiqa vaqt ajratiladi, talabaning bajargan ishlariga, og’zaki javobiga, xulosa va takliflariga komissiya tomonidan baho beriladi. Ma’ruzachiga baho berishda talaba tomonidan rasmiylashtirilgan hisobot tarkibi va mazmuni, amaliyot rahbari va tashkilot tomonidan biriktirilgan rahbarning xulosasi, kundalik va boshqa hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilishi hisobga olinib, har bir komissiya a’zosi o’z bahosini qo’ygandan keyin komissiya raisi tomonidan baholar umumlashtirilib, yakuniy baho e’lon qilinadi. Amaliyot natijalari bo’yicha baho qaydnomaga va talaba reyting daftarchasiga qo’yiladi. Amaliyot bo’yicha dastur bajarilmasa hamda talaba tomonidan hisobot himoya qilinmasa talaba rektor buyrug’iga asosan talabalar safidan chetlashtiriladi. Talabaning malakaviy amaliyoti mazmuni. Malakaviy amaliyotining nazariy asosi bo’lib, 5230600 - «Moliya» (sirtqi) ta’lim yo’nalishi bo’yicha o’quv jarayoni davomida talaba tomonidan o’rganilgan quyidagi tayanch fanlari “Moliya nazariyasi”, “Mikromoliya”, “Makromoliya”, “Biznes rejalashtirish”, “Qishloq xo’jaligi moliyai”, “Statistika”, “Bozor moliyai va biznes asoslari”, “Bozor infratuzilmasi moliyai” va boshqa ishchi o’quv rejasida ko’rsatilgan fanlar hisoblanadi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling