Termiz davlat universiteti moliya va turizm fakulteti «moliya» kafedrasi


II. Tijorat banklari bo’limlarida malaviy amaliyotini o’tash bo’yicha dastur


Download 1.1 Mb.
bet7/12
Sana23.04.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1391194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
22qbk nfq`h (3)

II. Tijorat banklari bo’limlarida malaviy amaliyotini o’tash bo’yicha dastur





Mavzular nomi

Muddati kunlarda

1

Tijorat banki faoliyatining umumiy tavsifi

1

2

Yuridik shaxs bo’lgan xo’jalik sub’ektlarini kreditlash jarayoni

3

3

Yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan mijozlar va fuqarolarni kreditlash jarayoni

3

4

Bankda naqd pulsiz operatsiyalarni yuritish tartibi

3

5

Tijorat bankining kassa operatsiyalari

3

6

Tijorat bankining valyuta operatsiyalari

3

7

Bankda buxgalteriya hisobini yuritish jarayoni

6

8

Bankning depozit va qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalari

4

9

Bankning pul muomalasini tashkil etish tartibi

4

Jami:

30



MALAKAVIY AMALIYOTINI O’TASH BO’YICHA KENGAYTIRILGAN DASTURI
1-mavzu: Tijorat banki faoliyatining umumiy tavsifi.
Ushbu mavzu bo’yicha amaliyotchi o’zi amaliyot o’tayotgan tijorat bankining tashkil yetilish tarixi, bank faoliyatining asosiy yo’nalishlari, moliyani barqarorlashtirishda bankning vazifalari kabi masalalarni o’rganadi. Shuningdek, bank boshqaruvining tashkiliy strukturasi, bank filialining tarkibiy tuzilishi, mazkur bank bajaradigan asosiy operatsiyalar turlari, mijozlarga xizmat ko’rsatish sifati kabi bankning umumiy ko’rsatkichlariga tavsif beradi.


2-mavzu: Yuridik shaxs bo’lgan xo’jalik sub’ektlarini kreditlash jarayoni.
Bankning kredit siyosati, xo’jalik sub’ektlarini kreditlashning asosiy yo’nalishlari va kreditlash jarayonini ko’rib chiqadi. Bunda alohida yuridik shaxs misolida uning kredit so’rab murojaat qilishdan kredit va foizlar summasining qaytarilishigacha bo’lgan davrdagi faoliyati bilan tanishadi (ma’lumotlar haqqoniy (fakt) bo’lish shart yemas). Tahlil jarayonida mijozning kreditga layoqatliligi ko’rsatkichlarini aniqlash, kreditning ta’minot jarayoni, masalaning kredit qo’mitasida ko’rilishi, kredit shartnomasining turlari, kreditdan maqsadli foydalanishni nazorat qilish tartibi bilan tanishadi.
Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.


3-mavzu: Yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan mijozlar va fuqarolarni kreditlash jarayoni.
Ushbu mavzu bo’yicha talaba yuridik shaxs bo’lmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va dehqon xo’jaliklarini, shuningdek fuqarolarni kreditlash jarayonini ko’rib chiqadi. Hozirgi vaqtda tijorat banklari tomonidan berilayotga kredit turlari: ipoteka krediti, iste’mol krediti, ish o’rni yaratish maqsadida beriladigan imtiyozli kredit va bank plastik kartochkasi orqali beriladigan overdraft kreditlarini alohida-alohida ko’rib chiqadi. Mijoz tomonidan kredit so’rab murojaat qilish, kreditning asoslanganligi, kreditning ta’minoti, bevosita kredit berish jarayoni, hisob-kitoblarning yuritilishi, kreditdan maqsadli foydalanish nazorati, foizlar va kredit summasining qaytarilishi kabi ko’rsatkichlar ixtiyoriy bir mijoz misolida tanishadi.
Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.


4-mavzu: Bankda naqd pulsiz operasiyalarni yuritish tartibi.
Bank tomonidan mijozlarning naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish jarayoni ko’rib chiqiladi. Bunda, mijozlarga bank hisob raqamlarini ochish, hisob raqamlarga xizmat ko’rsatish, naqd pulsiz hisob-kitoblarning asosiy turlari, bank plastik kartochkalari orqali amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar, hisob-kitob shakllarini to’ldirish va taqdim qilish tartibi, ssuda hisob raqamlarining yuritilishi kabi masalalar bilan tanishadi. Bank mijoz dasturining ishlash tartibi va afzalliklarini o’rganadi.
Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.


5-mavzu: Tijorat banklarining kassa amallari.
Ushbu mavzu bo’yicha talaba banklarda kassa amallarining yuritilishi, kassa amallarini amalga oshirishda hujjatlarni rasmiylashtirish, naqd pullarni qabul qilish, naqd pullarni kassadan chiqim qilish, inkassatsiya xizmati orqali naqd pullarni qabul qilish va jo’natish tartibi bilan tanishadi.
Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.
6-mavzu: Tijorat banklarining valyuta operasiyalari.
Bank bo’limida va valyuta ayirboshlash shaxobchalarida amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari, valyuta hisob raqamlarining yuritilishi, ish faoliyati, xorijiy valyutada depozitlar jalb qilish, valyuta pozitsiyalari kabi masalalar ko’rib chiqiladi. Shuningdek, mijozlarning xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan yeksport-import shartnomalarini hisobga olish, ular bo’yicha nazorat o’rnatish tartiblari yoritilishi lozim. Chet mamlakatlar banklari bilan amalga oshirilayotgan onlayn konversiya operatsiylarini ko’rib chiqiladi.
Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.


7-mavzu: Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish jarayoni.
Bank bo’limida buxgalteriya xizmatining tashkil qilinishi, buxgalteriya balansi tarkibiy tuzilishi, balans hisob raqamlari tavsifi, operatsiyalarning buxgalteriya hisobida aks yettirilishi, har bir operatsiya bo’yicha o’tkazma (provodka) larning amalga oshirilishi, ko’p valyutali tizimda buxgalteriya balansining yuritilishi, bank ichki operatsiyalari va h.k.lar ko’rib chiqiladi. Bank buxgalteriyasining avtomatlashtirilgan tizimi bilan tanishadi.
Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.


8-mavzu: Banklarning depozit va qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan operasiyalari.
Jismoniy shaxslarning depozitlarini jalb qilish, depozitlar bo’yicha foizlarni hisoblash, bank tomonidan taklif yetilayotgan depozit turlari va h.k. batafsil ko’rib chiqiladi. Shuningdek, bankning qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalari, bank chiqargan qimmatli qog’ozlar turlari, qimmatli qog’ozlar emissiyasi hisobini yuritish, dividendlarni hisoblash va berish tartiblari ko’rib chiqiladi.
Ushbu mavzu bo’yicha bank bo’limida foydalaniladigan hujjatlardan namunalar ham hisobotga ilova qilinadi.


9-mavzu: Bankning pul muomalasini tashkil etish tartibi
Naqd pul aylanmasini xomcho’t (prognoz) qilish, pul muomalasini tashkil etish borasidagi ish, naqd pul muomalasini tashkil etish, naqd pullarni berish ustidan nazoratni tashkil etish, tovarlarni naqd pulsiz tartibda sotish, ustidan monitoringni tashkil etish, Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan tijorat banklarini naqd pul mablag’lari bilan ta’minlash tartibi ko’rib chiqiladi.
Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling