Termiz davlat universiteti moliya va turizm fakulteti «moliya» kafedrasi


Download 1.1 Mb.
bet6/12
Sana23.04.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1391194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
22qbk nfq`h (3)

Hammasi:

30


MALAKAVIY AMALIYOTINI O’TASH BO’YICHA KENGAYTIRILGAN DASTURI
1- mavzu: Korxona tashkiliy tuzilmasi, mulk shakli, yuqori strukturasi.
Amaliyot ob’ektining tashkil topishi. Amaliyot ob’ekti Nizomi, ta’sischilari, manzili, bankdagi hisob raqami, hozirgi kundagi xodimlar soni. Amaliyot ob’ekti tuzilmasi va uni belgilovchi omillar. Amaliyot ob’ektining davlat tomonidan ro’yxatga olinishi va unga modernizatsiyalash sharoitida belgilangan imtiyozlar. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari va funktsiyalari.


2-mavzu: Xo’jalik ichidagi, korxona filiallari va bo’limlari o’rtasidagi munosabatlar Faoliyat predmeti: ishlab chiqarayotgan mahsulot, ko’rsatayotgan xizmat hajmi, tarkibi va tuzilmasi
Amaliyot ob’ektining mulk shakli, boshqaruv usuli, O’zbekiston Respublikasining “Korxonalar tug’risida”gi qonun, undagi o’zgarishlar. Korxona faoliyatiga ta’aluqli normativ - me’yoriy hujjatlar. Korxona to’g’risidagi qonunchilikning takomillashuvi. Korxonada ish yuritish holati. Korxona tarkibi, bo’limlari vazifalari. Korxona ishlab chiqaradigan mahsulot turlari, assortimenti, korxonaning assortiment siyosati, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, marketing siyosati.


3-mavzu: Amaliyot ob’ektida ish yuritish hujjatlari bilan tanishish
Vazirlik, idora va mahalliy hokimiyatlan kelgan topshiriqlar va ularning ijrosi, o’zaro hamkor korxona va tashkilotlardan kelgan xatlar, ularning ijrosi, buyruqlar va ularning rasmiylashtirilishi
Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.


4-mavzu: Amaliyot ob’ekti biznes rejasi va uning tuzilishi
Amaliyot ob’ekti biznes-rejasi mazmuni, mohiyati, tarkibiy qismlari. Korxona boshqaruvida rejalashtirish jarayonlari va rejaning bajarilishi nazorati, monitoring va unga o’zgartirishlar kiritish tartibi. Istiqbolli rejalari va ularning amalga oshirilishi.
Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.


5-mavzu: Amaliyot ob’ektida mahsulot ishlab chiqarish kalkulyatsiyasi va uning o’ziga xos xususiyatlari
Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot turlari bo’yicha kalkulyatsiyani hisoblash tartibi, mahsulot tannarxi strukturasi, moliyani modernizatsiyalash va diversifakitsiyalash sharoitida amaliyot ob’ektida mahsulot tannarxini pasaytirish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.
Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.


6-mavzu: Korxonada buxgalteriya hisobotlarini yuritish tartibi.
Korxonada buxgalteriya hisobi ma’zmuni, tuzilishi. Korxonada buxgalteriya hisobini yuritish tartibi. Xo’jalik jarayonlarini buxgalteriya schetlarida aks ettirish, hisobga olish tartibi va uning tahlili. Hisobotlarni tahlil qilish, ishlab chiqarish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi va muddatlari. Mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, ombordagi mahsulotlar hisobi. Korxona ob’ektida inventarizatsiya o’tkazish tartibi va amalga oshirish jarayoni.
Korxonada audit tekshiruvini tashkil etish, tayyorlash, o’tkazish tartibi.


7-mavzu: Korxonaning mehnatga haq to’lash tizimi
Kadrlar tarkibi, strukturasi, kadrlar qo’nimsizligi. Ish haqqi to’lash tartiblari. Vaqtbay ish haqi, ishbay ish haqi, moddiy rag’batlantirish moddiy yordam berish tartiblari.
Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.
8-mavzu: Amaliyot ob’ektining davlat soliq organlari va byudjet tashkilotlari bilan aloqasi.
Korxona to’laydigan soliq turlari. Belgilangan soliq turlari, to’lash tartibi va ular bo’yicha hisobotlarni rasmiylashtirish. Korxonaning byudjet tashkilotlari bilan aloqasi va ular bilan o’zaro hisob-kitoblar.
Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.


9-mavzu: Korxonaning tijorat banklar bilan aloqasi
Tijorat banklarida hisob raqamlari ochish tartibi. Korxonada tijorat banklari pul o’tkazmalarini amalga oshirish va ular bilan o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi.
Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.
10-mavzu: Korxonaning moliyaviy natijalari: sotishdan tushgan tushumni hisoblash, sotishdan ko’rilgan foyda, balans foydasi tarkibiy tuzulmasi
Korxonaning moliyaviy natijalari, balansi mohiyati, tuzilishi. Aktiv qismining tuzilishi va tasnifi. Passiv qismining tuzilishi va tasnifi.
Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.


11- mavzu: Korxona moliyaviy resurslari tarkibi va tuzulmasi. Korxona mulki tahlili. Asosiy fondlar holati.
Asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlari mazmuni va mohiyati. Korxonaning asosiy fondlari tarkibi. Asosiy fondlarni baholash (boshlang’ich qiymat bo’yicha, tiklanish qiymati bo’yicha, qoldiq qiymati bo’yicha). Asosiy vositalar aktiv qismining umumiy aktivlardagi ulushi, eskirish koeffitsienti, yangilanish koeffitsienti, yaroqlilik koeffitsienti hamda ularni hisobdan chiqarish tartibi.


12-mavzu: Aylanma mablag’lar tarkibi. Aylanma mablag’larni moliyalashtirishning amaldagi tartibi
Korxonada aylanma mablag’larning mazmuni, turlari, shakllanish manbai, harakati. Aylanma ishlab chiqarish fondlari, muomala fondlari, o’z mablag’lalari, qarzga, kreditga olingan mablag’lari va boshqa aylanma mablag’lar holati tahlili.


13- mavzu: Korxona foydasi tarkibi tuzilishi va uni qayta taqsimlash
Korxona foydasi mazmuni klassifekatsiyasi va turlari. Foyda normasi. Foydaga ta’sir etuvchi omillar. Foydani rejalashtirish. Foydani taqsimlash tartibi.



Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling