Termiz davlat universiteti moliya va turizm fakulteti «moliya» kafedrasi
Download 1.1 Mb.
|
22qbk nfq`h (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kafedra mudiri: ____________T.A. Mamadjanova
- Fakultet Kengashi raisi:_____________ Z.O.Samatov
- I.Umumiy qoidalar
- Malakaviy amaliyotining bosh maqsadi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI MOLIYA VA TURIZM FAKULTETI «MOLIYA» KAFEDRASI 5230600 - «moliya» (sirtqi) ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabalari malakaviy amaliyoti uchun DASTUR Termiz -2022 y. 5230600 - «Moliya» (sirtqi) ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabalari malakaviy amaliyoti uchun DASTUR Tuzuvchilar: T. Mamadjanova I. Bobomurodov E.Xurramov T.Mamatqulov Taqrizchi: A.Q.Mirzaev Ushby dastur “Moliya va menejment” kafedrasining 2021 yil 26-avgustdagi № 1-sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan. Kafedra mudiri: ____________T.A. Mamadjanova Mazkur dastur Moliya va menejment fakulteti Kengashining 2021 yil “___” avgustdagi “___” - sonli majlisida muhokamadan o’tgan va universiteti o’quv-uslubiy Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan. Fakultet Kengashi raisi:_____________ Z.O.Samatov Mazkur dastur Termiz davlat universiteti O’quv-uslubiy kengashining 2021 yil “___” avgustdagi “___” – sonli majlisida muhokama qilish va foydalanishga tavsiya etildi. O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i ______________K.Yadgarov KIRISH Mazkur dastur “Ta’lim to’g’risida”gi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda 5230600 - «Moliya» (sirtqi) ta’lim yo’nalishi Davlat ta’lim standartiga hamda “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi Nizom”ga (OO’MTV 1998 yil 30 oktyabr 305-sonli buyruq bilan tasdiqlangan), O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 16 sentyabrdagi № 387-sonli buyrug’iga asosan ishlab chiqildi. Bugungi kunda zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim berish va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borib, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog’lashdek dolzarb masalalardan biridir. Mutaxassislik fanlar bo’yicha bilimlar majmuasini o’zlashtirgan, nazariy va amaliy mashg’ulotlar uzviyligida malaka hamda ko’nikmalarni mukammal shakllantirishda, yetuk kadr bo’lib etishishda malakaviy amaliyotining o’rni beqiyos hisoblanadi. Shu bilan birga, yosh iqtisodchi - mutaxassislarni real ishlab chiqarish sharoitlariga tayyorlash eng muhim shartlardan biri hisoblanadi. Mazkur dastur moliyani modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida 5230600 - «Moliya» (sirtqi) ta’lim yo’nalishi bo’yicha 4-kurs talabalari malakaviy amaliyotini tashkil etishning asosi hisoblanadi. Malakaviy amaliyotini o`tash talabada nazariy bilimlarni yanada mukammal darajada amaliyot bilan bog’lashga hamda kelgusida BMI bo’yicha unga tegishli bo’lgan ma’lumotlarni to’plab, tayyorlab borish imkoniyat yaratib, yoshlarni yetuk kadr hamda o’z sohasining mukammal mutaxassisi bo’lishga olib keladi. I.Umumiy qoidalar Ushbu dastur O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaviy amaliyoti haqida Nizom” bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda moliya sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlar tugrisida”gi PQ-3151-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2017 yil 29 iyuldagi 07/1-1786-son topshirig’i, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 avgustdagi 527-sonli buyrug’iga asosan asosan ishlab chiqilgan bo’lib, Termiz davlat universitetida 5230600 – Moliya (sirtqi) talim yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan 2-kurs talabalariga malaviy amaliyoti uchun tavsiya etiladi. Termiz davlat universiteti rektorining “Malakaviy amaliyotiga chiqarish to’g’risida”gi buyrug’iga asosan tayinlangan rahbarlar ya’ni, “Moliya va menejment” kafedrasi professor-o’qituvchilari olib boradilar. Bunda umumiy rahbarlik “Moliya va menejment” kafedrasi mudiri zimmasiga yuklatiladi. Amaliyot joyida malakaviy amaliyoti rahbarlari bo’lib korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlarining buyrug’i asosida tayinlangan yetakchi mutaxassislar, bo’lim boshliqlari bo’lishi mumkin. Malakaviy amaliyotining bosh maqsadi Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling